Nutq nuqsonlari
Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning meyorlaridan chetga
chiqishi deb ta‘riflanadi. Nutq nuqsonlari quyidagicha xarakterlanadi:
1. Nutq nuqsoni о‗z-о‗zidan barham topmaydi, balki vaqt о‗tgan sari yanada
mustahkamlanib boradi.
2. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi
3. Nutq nuqsonlari bо‗lgan kishilar logopedik yordamga muxtoj bо‗ladi.
4. Og‗ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki umumiy rivojlanishiga
ham salbiy ta‘sir kо‗rsatadi.
Alohida yordamga muhtoj anomal bolalar toifalari- Bolaning xoh ona
qornida, xoh tugilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bо‗lgan ma‘lum
shartsharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya‘ni jismoniy yoki psixik
nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Inklyuziv ta‘lim ijtimoiy adabtatsiya, reablitatsiya ishlari- Inklyuziv ta‘lim bu
maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga
qarab о‗zgaruvchan, g‗amxо‗rlik bilan yondasha oladigan ta‘lim tizimidir. Ushbu
ishlar oddiy, sog‗lom bolalar о‗quv muassasalarida amalga oshiriladi. Inklyuziv
jalb etish (vklyucheniye) degan ma‘noni anglatadi, ya‘ni jismoniy yoki Psixik
rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog‗lom tengdoshlari bilan о‗zaro bog‗lanib,
birgaliqda ta‘lim olishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda "Maxsus ta‘lim zaruriyati" nomli xujjatga
javoban SVR —Reabilitatsiya tashkiloti tashkil etildi. Tashkilot nogironlar
jamiyati, nogironlar oilalari, Sog‗liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta‘minot vazirligi
hamda kasaba uyushmalarining vakillarini о‗z ichiga qamrab olgan. Uning asosiy
maqsadi — jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni
himoyalash,
huquqlarini
tiklash,
vakolat
berish,
ta‘limtarbiya tizimini
shakllantirish, jamiyat va rahbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir.
Shaxs, ta‘lim xizmatlarining ishlab chiqaruvchisi sifatida bilim va tajribani
magistrga tushuntirishda, moddiy ishlab chiqarish muxiti sharoitida, shuningdek,
fan, madaniyat va xizmatlar kursatish soxalarida xam faol ishtirok etadi. Shu
sababli, ta‘limning belgilangan vazifalaridan biri magistrlarni yukori saviyada
о‗qitishni ta‘minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta‘lim dasturlari asosida
о‗qitishdan iborat. Ta‘lim muassasasi usib kelayotgan shaxsni о‗qitish jarayonida
ularga bulajak mutaxassisliklari bо‗yicha ta‘lim olish sharoitlarini yaratadi.
Magistrlarning pedagogik va psixologik bilimga bulgan extiyojlari va
kobiliyatlarini shakllantirish xamda rivojlantirishning bosh maksadga yunaltirilgan
bulishi professor о‗qituvchi faoliyatining ma‘suliyatini oshiradi. Oliy ta‘lim
muassasasi о‗qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlarni urganish
natijasida vujudga keladigan ikki kirraga ega bulishi lozim va doimo: ―Nima uchun
о‗qitish kerak?‖, ―Kdnday о‗qitish kerak?‖ degan savollarga javob izlashi, topishi,
shuningdek, ta‘lim-tarbiya xususiyatlari e‘tiborga olingan maxsus bilimlarga
asoslangan bulishi lozim.
Oliy ta‘lim muassasalarida, defektologiya, logopedagogi mutaxassisligi
bо‗yicha ta‘lim olayotgan magistrlarga muljallangan zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etiladigan interfaol darslarni utishda ijodiy
foydalanish mumkin bulgan takdimot materiallari keltirilgan
Pedagog - olimlarning pedagogik tajribasi davomida oliy pedagogik ta‘lim
tizimida:
Nega о‗qitamiz?
Nimani о‗qitamiz?
Kanday о‗qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda, kanday qilib
samarali va natijali о‗qitish mumkin? - degan savoliga xam javob kidirdilar.
Bu esa, professor о‗qituvchilarni о‗quv jarayonini texnologiyalashtirishga,
ya‘ni о‗qitishni ishlab chiqarishga oid anik kafolatlangan natija beradigan
texnologik jarayonga aylantirishga urinib kuriit mumkin, degan fikrga olib keldi.
Bunday fikrning tugilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiyalar
yunalishshini yuzaga keltirdi.
Xozirgi davrda oliy pedagogik ta‘lim muassasalarining о‗quv- tarbiyaviy
jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishga aloxida e‘tibor
berilayotganining asosiy sababi kuyidagilardir:
Birinchidan, yangi pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi
ta‘limni amalga oshirish va bulajak pedagog mutaxassislarni tayyorlash
imkoniyatining kengligida. Shuning uchun xam ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi Qonun va
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da oliy pedagogik ta‘limni takomillashtirish
masalasiga aloxida e‘tibor karatilgan.
Ikkinchidan, yangi pedagogik texnologiyalar oliy pedagogik ta‘limdagi
о‗quv-tarbiya jarayoniga tizimli yondashuvni chukur joriy etish imkoniyatini
beradi.
Uchinchidan, yangi pedagogik texnologiya professor о‗qituvchilarni ta‘lim-
tarbiya jarayonining maksadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzittt va bu jarayon
kechishini nazorat qilishgacha bulgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib
olishga undaydi.
Turtinchidan, yangi pedagogik texnologiya zamonaviy ta‘lim vositalari va
axborot usullarini о‗quv jarayonida kullashga asoslanganligi
sababli, ulardan samarali foydalanish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖
talablarini amalga oshirishni ta‘minlaydi.
О‗quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning о‗quv jarayoniga
keng joriy etilishi о‗qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslaxatchi
sifatida faoliyat yuritishini talab kiladi. Bu esa magistrdan о‗quv materiallarini
uzlashtirishda kuprok mustaqil fikrlashni, ijodiy yondashuvni va irodaviy sifatlarni
talab etadi.
Maxsus maktab va maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarida
tarbiyalanuvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan
shaxs bо‗lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishida nutqning tо‗g‗ri rivojlanishi juda
katta ahamiyatga ega.
Hozirgi davrda ta‘lim sohasida eng muhim vazifalar eskirgan tamoyillar va bir
qolipdagi о‗qitish metodlaridan voz kechib, zamon talablariga javob beradigan yangi
yо‗nalishlarni izlashni taqozo etmoqda.
О‗qitishning eng samarali yо‗li - mashg‗ulotlarda о‗quvchilarning haqiqatni
bilishga, fikrlashga, erkin muloqotga, hamkorlikka intilishidir. Darslarda bu ruh
bо‗lmasa, bunday mashg‗ulotlar jonsiz, zerikarli va samarasiz bо‗ladi.
Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qо‗yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha
ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa
vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni о‗quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum
faoliyat yuzasidan kо‗nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan
bilim, kо‗nikma hamda malakalar darajasini baholash о‗qituvchidan yuksak pedagogik
mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuvni talab etadi.
Ta‘lim jarayonida о‗qituvchi о‗quvchi shaxsiga mos metodlarni qо‗llay olmasa,
о‗quvchi shaxsini о‗zgartirish uchun sharoit yaratilmasa, uning tarbiyasida chekinish yuz
beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |