darajadagi qulog‗i og‗ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4 – 6 metr, ovozsiz
shivirlab gapirilgan gapni 1-3 metrmasofadan eshitadi. Og‗ir darajadagi zaif
eshituvchi bolalar о‗rta meyorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2
metr, shivirlab gapirilgan gapni 0,5 metrmasofadan eshitadi xolos.
Qulog‗i og‗irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi:
lug‗atining kambag‗al bо‗lishi, grammatik komponent rivojlanmagan – gap ichida
sо‗zlarni tashlab ketish, sо‗zlarni notо‗g‗ri eshitish, ularni о‗zaro bog‗lay olmaslik,
kelishik, sо‗z yasovchi, sо‗z о‗zgartiruvchi qо‗shimchalarni ishlata olmaslik;
tovushlarni notо‗g‗ri talaffuz qilish – о‗xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir
biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir. Bola
nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim
tarbiyachi va о‗qituvchilar bolani dangasa, ma‘suliyatsiz, bezori deb, unga
notо‗g‗ri munosabatda bо‗ladilar, natijada bola injiq, yig‗loqi, serjaxl, gap о‗tmas
bо‗lib qoladi, ya‘ni unda ikkilamchi ruxiy о‗zgarishlar paydo bо‗ladi.
Engil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‗lom tengdoshlari qatorida
ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta‘lim – tarbiya olishi
mumkin. Biroq unga aloxida munosabatda bо‗lish, ular uchun qulay shart –
sharoitlar yaratish talab etiladi. Uzluksiz ta‘lim tizimida О‗zbekistonda eshitishda
nuqsoni bо‗lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va kasb
– xunar kollejlarida maxsus Guruhlar faoliyat kо‗rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi
bolalar uchun tashkil etilgan maktab – internatlarda maktabgacha tarbiya bо‗limi
hamda umumta‘lim maktab bо‗limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta‘lim
umumta‘lim 9 yillik ta‘limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga
oshirilidadi. Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar
katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal bolalar maxsus kechki
maktablarda ta‘lim olganlaridan keyin oliy о‗quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli
bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan barobar
mexnat qilmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, tо‗la
kompensatsiyalash, mumkin. Tarbiyachi va о‗qituvchilarning asosiy vazifalari –
sog‗lom bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib, ularga aloxida yondashish,
zarur bо‗lsa, ularning ―maxsus muassasalar‖ da ta‘lim – tarbiya olishini yoki
integratsiyalashgan ta‘limga jalb etishni taminlashdan iborat. Kar va zaif
eshituvchi о‗quvchilarda sо‗zlashuv (og‗zaki, yozma) nutqni shakillantirish
yuzasidan dars va mashg‗ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida о‗qituvchi
va о‗quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarni barcha turlarini nutqiy
jarayonga moslay olish talab etadi.
Nutqiy materiallarning amaliy egallanishi ta‘minlash uchun maxsus sodir
etilgan muammoli nutuqga (gapirish, yozip tushuntirishga) extiyojini tug‗duruvchi
vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bо‗yicha о‗quv
dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bо‗ladi, ya‘ni korreksion –
pedagogik jarayon muayyaan tizim asosida amalga oshiriladi. Xozirgi kunda
surdopedagogikada kar va zaif eshituvchi bolalarning maxsus ta‘lim bilan erta
qamrab olinishi, rivojlanishi, korreksiya – kompensatsiya qilinishi masalalari
dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: