1-mavzu: “MA’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni reja



Download 237,36 Kb.
bet40/50
Sana08.04.2023
Hajmi237,36 Kb.
#925999
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
1-mavzu “MA’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’ (1)

Sunna bosqichi.
8-9 asrlarda islom mintaqa madaniyatining tashkil topishi
Islom ma’naviyatining eng oliy nuqtalaridan biri qabilachilik xurofotlariga uzil-kesil barham berganligi, urug‘ jamoasi, yagona ajdodga borib taqaluvchi irsiy birodarlik o‘rniga tavhid e’tiqodi asosidagi insoniy birodarlik jamoasi "umma" tushunchasining kiritilishi bo‘ldi. Bu hodisa ahli bashar ma’naviy takomilida eng muhim burilish nuqtasidir, ammo ushbu g‘oya hanuz ham mukammal anglab etilgan, deb bo‘lmaydi.
Islom ma’naviyatining mintaqa ma’naviyatiga aylanishi osonlik bilan bo‘lgani yo‘q, buning uchun ba’zi siyosiy masalalar to‘g‘ri hal bo‘lmog‘i zarur edi. Payg‘ambarimiz umrining oxirlariga borib arab dunyosida "umma" g‘oyasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, arablar qabilachilikdan yagona millat darajasiga ko‘tarila boshladi. Bu jarayon ilk xalifalar Abu Bakr va Umar (raziallohu anhuma) davrlarida nihoyasiga etdi. YAgona arab davlati shakllandi. Islom qo‘shni mamlakatlarni ham fath eta boshladi. 642 yilda oxirgi Sosoniy Ezdigerd 3 Nahovand yaqinidagi jangda engilib, Xurosonga qochdi. 674 yilda arab qo‘shini birinchi marta Amudaryoni kechib o‘tib, Buxoroga kirdi. Qutayba ibn Muslim (705—717) davrida Movarounnahr arablar tomonidan asosan ishg‘ol qilindi. Agar tarixiy voqelikni to‘g‘ri idrok etadigan bo‘lsak, bu davrga kelib qadim Turon o‘lkasida muayyan siyosiy parokandalik holati hukm surar, turli kichik hukmdorlar bir-biri bilan olishib yotar, Buyuk Turk xoqonligi tanazzulga yuz tutib, turkiy va eroniy qavmlardan biri arablarga keskin qarshilik ko‘rsatsa, ikkinchisi murosasozlik yo‘lini tutardi. Bari-bir bosqinchilikka qarshi milliy ozodlik kurashi to‘xtamadi, islom dini ham dastavval mahalliy xalq ongiga juda qiyinchilik bilan singib bordi. Ammo ilg‘or tavhid e’tiqodi eski xurofiy aqidalar ustidan asta-sekin g‘olib kelishi tabiiy edi. Bir qator turkiy va eroniy qavmlar arablar bilan yagona e’tiqod asosida ittifoqlashuv yo‘lini tutishga moyil bo‘lib borardilar. Faqat ummaviy xalifalardan aksariyati mahalliy ajam xalqlarini arablar bilan teng ko‘rmaslik siyosatini tutar va bu bilan xalqlarning ixtiyoriy ravishda imon keltirishlariga ma’naviy jihatdan to‘sqinlik qilardi. Bu orada Rasulullohning qarindosh va avlodlari, birinchi navbatda, kuyovlari hazrati Ali (raziyallohu anhu) va amakilari hazrati Abbos (raziallohu anhu) avlodlari nomidan xalifalik taxtiga da’vogarlik boshlandi. Abbosiylar o‘z maqsadlariga erishish uchun Xuroson va Movarounnahrdan yordam istadilar. Asli ajamlik Abu Muslimni imom Ibrahim qullikdan ozod qilib, Xurosonga Abbosiylar foydasiga targ‘ibot olib borishga jo‘natdi. Abu Muslim juda tez vaqt ichida ajam xalqlaridan katta qo‘shin to‘plab, Ummaviylarga qarshi kurash boshladi va 750 yilda Ummaviylar sulolasi yo‘q qilinib, Abbosiylar xalifalik taxtiga o‘tirdilar. Abu Muslim qo‘zg‘oloni g‘alabasi mintaqa tarixida hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Abbosiylar ajam xalqlari bilan hamkorlikda g‘alabaga erishdilar. G‘olib qo‘shin tarkibida arablardan ko‘ra ajamliklar, ya’ni fors va turklar ko‘proq edi. Xorun ar-Rashid zamonidan xalifaning shaxsiy qo‘riqchilari turkiy xalq vakillaridan, saroy kotiblari va vazirlar ko‘proq eroniy xalq namoyandalaridan tayinlanadigan bo‘ldi.
SHunday qilib, 8 -asr ikkinchi yarmi 9 asr boshlaridan mintaqaning uch buyuk xalqi — arab, fors va turkiy elatlararo siyosiy qudratda o‘ziga xos muvozanat holati vujudga keldi. Islomning asl g‘oyasi-musulmon ummatining tengligi amalda joriy bo‘lishiga voqe imkon tug‘ildi. SHu davrdan boshlab mintaqa xalqlari orasida islom dinining nufuzi tez osha boshladi. Islom mintaqa madaniyatining shakllanish jarayonini shu sabablarga ko‘ra 8 asr o‘rtalari-Abu Muslimning ummaviylar ustidan g‘alabasi va abbosiylar xalifaligi o‘rnatilishidan boshlash maqbul ko‘rinadi. Ushbu mintaqa madaniyati 13 asr boshlarigacha shiddat bilan yuksaldi, mo‘g‘ullar bosqini bir muddat madaniy taraqqiyotga monelik qilgan bo‘lsa ham, bari-bir, 16 asr boshlarigacha mintaqada ma’naviy yuksalish davom etdi. Ammo 16 asr boshlarida yuz bergan katta siyosiy o‘zgarishlar natijasida butkul o‘zgacha holat vujudga keldi. Kichik Osiyoda usmoniylar, eronda safaviylar, Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar, Afg‘oniston va SHimoliy Hindistonda boburiylar sulolasi bir necha yuz yilga mustahkam o‘rnashib, yaxlit islom madaniy mintaqasi o‘rniga alohida davlatlar hududida milliy-madaniy o‘ziga xoslik shakllana boshladi. O‘zaro ta’sir ma’lum darajada saqlanib qolgan bo‘lsa ham, asta-sekinlik bilan mintaqaviy umumiylikdan ko‘ra milliy o‘ziga xosliklar quvvati oshib bordi. Biroq bu holat darhol bilingani yo‘q, balki bir necha yuz yillarga cho‘zilgan jarayon bo‘ldi. Aytish mumkinki, XX asr boshlarida ham SHimoliy Afrikadan SHarqiy Turkistongacha, Volga bo‘ylaridan Bengaliyagacha yoyilgan islom mintaqa madaniyatining yirik va nufuzli namoyandalari bir-birlarini bilar, o‘zaro ijodiy-ma’naviy hamkorlik rishtalarini uzmagan edilar. Buyuk Britaniya va Rossiya imperializmi ham udasidan chiqmagan niyatga SHo‘ro hukumati erishdi-qadim Turonzamin xalqlarining qo‘shni xalqlar bilan necha mingyillik madaniy-ma’naviy aloqalarini butunlay uzib tashladi, nafaqat qo‘shnilar bilan, balki o‘z o‘tmish madaniyati bilan ham bevosita munosabatda bo‘lish imkonini keskin kamaytirib, milliy ma’naviyatimizni g‘ariblikka mahkum etdi. Mana endi bugungi mustaqillik sharoitida biz necha yillar ko‘zimizdan yashirin bo‘lgan ulkan ma’naviy zaxiralarni yangidan kashf etmoqdamiz.
Islom mintaqa madaniyatining eng yuksak qadriyati tavhid e’tiqodini butun qudrati, mazmuni, amaliy mohiyati va ko‘lami bilan anglab etish mintaqaning ilg‘or ziyo egalari uchun necha asrlik yumush bo‘ldi. Bu yo‘lda mintaqa ma’naviyati kamolot yo‘lining bir qator pillapoyalarini bosib o‘tdi. Ulardan dastlabki pog‘onasini sunna bosqichi, deb atash mumkin.

Download 237,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish