6-bosqich. Fan va texnika eng rivojlangan bu asrda tabiiy fanlar soni ko’paydi,
dunyo haqidagi fikrlarimiz o’zgarib, oydinlashdi. Eng muhim mavzu- dunyoning paydo bo’lishi haqida butun yer yuzi olimlari ma’lum bir fikrga keldilar. O’simliklar va hayvonlarning kelib chiqish markazlari aniqlandi, biotexnologiya, sinergitika, kibernitika fan sifatida shakllandi. Tabiatdagi voqyealarning yo’nalishsiz va aniq qonunlarsiz o’z holigacha rivojlanishi, dunyoning paydo bo’lishidagi global evolyusiyaning aniqlanishi kabi qonuniyatlar ilmiy jihatdan amaliy fanlarda aksini topdi.
asrni to’liq ishonch bilan fan va texnika asri, deb atay olamiz. Bu asrda fan va texnika yo’nalishlarida birgalikda kashfiyotlar qilindi, izlanishlar olib borildi. Tabiatshunoslik fanlari qator texnik asbob-uskunalar yordamida aniq natijalarga erishdi. Tabiiy fanlar laboratoriyasi radioteleskop, kompyuter texnikasi, elektron mikrokoplar va eng aniq asboblar bilan jihozlandi. Bularning hamasi tabiiy fanlarni zamon talabiga mos ravishda ravojlanishiga yordam beradi.
Avesto» va fan
Zardushtiylik ta’limoti va undagi tabiiy materialistik dunyoqarash qadimgi Yunon fani, falsafasi va ularning birinchi faylasuf olimlari-Fales, Anaksimen, Anaksimandr, Xeraklit, ular orqali Platon va Aristotel ta’limotlarining shakllanishida hal etuvchi rol o’ynagan. Zardushtiylar davridagi fan va falsafa grek fani va falsafasining rivojlanishiga ochiq-oydin ta’sir ko’rsatadi. Iste’dodli olima F.Sulaymanova, o’rta asrlardagi jahonga mahshur olimlar
«Avesto» kitobining ta’sirida, o’z ajdodlari ijodini o’rganish ta’sirida yetuklikka erishdilar, deydi. Yevropa olimlari esa ularni grek olimlari va faylasuflari kitoblarini o’qib-o’rgangandan so’ng o’z davrining mashhur asarlarini yozdilar, deyishadi. Chunki
«Avesto» faqat zardushtiylarning diniy kitobi emas, balki o’sha davr ilm-fani, falsafasi, tarixi, adabiyoti, astronomiya, tabobat, jug’rofiya, ekologiya, tabiat va qishloq xo’jaligiga oid ma’lumotlar to’plami edi.
«Avesto»da Mitra haqida shunday afsona bor: Mitra qoyada tug’iladi. Uni cho’ponlar tarbiyalagan. Mitra Quyosh bilan kurashadi va bu kurashda hyech kim g’alabaga erishmaydi. Ikkalasi oxiri Mitra va Quyosh ittifoq tuzishadi. Mitra oq otda Quyosh odida unga yo’l ko’rsatib borishni bo’yniga oladi. Axura Mazda dastlabki jonivor-ho’kizni bunyod etadi. Mitra esa uni tutib olib, qilich bilan so’yadi, uning qonidan insonlarga foyda keltiruvchi hamma o’simliklar o’sib chiqadi, yer esa hosildorlik xususiyatiga ega bo’ladi. (F.Sulaymonova). Demak, «Avesto»da o’simliklar va hosildorlik haqida gap boradi. Shuningdek, Mitrani Xorazmda «Suv beruvchi», «O’simliklarni o’stiruvchi», «O’g’il beruvchi», «Hayot bag’ishlovchi» deb ham ataydilar. «Suv beruvchi», «o’simlikni o’stiruvchi» degan so’zlar tabiiy fanlarning«Avesto»dagi birinchi ildizlaridir.
«Avesto»ning «Vendidod» qismi (kitobi)da professor H.Homidovning keltirishiga shunday so’zlar bor: «Chorva mollari uchun yaylovlar mo’l bo’lgan bu sarzaminlarga olqishlar bo’lsin!, chorvachilik rivojlangan, bug’doylari mo’l hosil beradigan ekinzorlarni olqishlaymiz!».
«Avesto»da dehqonchilik ulug’lanadi, dehqonlar esa e’zozlanadi. Bu paytlarda Turonzaminda sun’iy sug’orish qo’llanilar edi.
Bu qimmatli manbada dehqonchilikni rivojlantirish usullari bayon qilingan, yerning zaxini qochirish, sho’rini yuvish, kanallar qazish, ariq-zovurlarni tozalash va ekini o’z vaqtida ekishga e’tibor bilan qarash haqida atroflicha fikr bildirilgan. Demak, o’sha davrda ham ariq va anhor suvlaridan isrof qilmay foydalanish, suvni tejash, botqoqliklarni quritish kabi ishlarni har yili ommaviy tarzda o’tkazish talab qilingan.
Yuqorida aytganimizdek, har bir inson ijtimoiy foydali mehnat qilishi lozim. Zardusht dehqoni eng toza, sara urug’larni sepmog’i, meva beradigan va soyali daraxtlarni, shamollardan ximoya qiladigan ihota daraxtlarni ekish lozim deb biladi.
«Avesto»ning bir bo’limi «Visparad»da «O’z vaqtda yerga toza urug’ sepmoq 10 ming ibodatdan, har qanday qurbonlikdan afzal», deyilgan. Unda shuningdek, «Qum sahrosini o’z mehnati bilan serhosil yerga aylantirgan komil inson dindordir. Dashtu sahroda 10 yil tarkidunyo qilib yurgan odamdan ko’ra, o’sha cho’lga bir tup ko’chat o’tqazib ko’kartirgan inson afzaldir», deya qayd etilgan.
Zardushtiylik diniga o’tilgach, qadim yurtimizda ta’lim-tarbiyaga e’tibor yanada kuchayadi. Ibodatxona-otashkadalar huzurida maxsus maktablar ochilib, ularning ta’lim tizimi ishlab chiqildi. Ta’lim jarayoniga matematika, astronomiya, tib ilmi, tarix, huquqshunoslik, gigiyena singari fanlar kirib keldi. Bundan tashqari yosh avlodning ma’naviy kamolatiga ham katta e’tibor beriladi.
«Avesto»da ustozlarga juda katta e’tibor berilgan. Unda shunday deyilgan:
«Yaxshi ustozlar, sog’lom, aqlli-hushli farzandlarni, jasur, dono va turli tillarni biladigan o’g’il-qizlarni, elni balo-qazolardan himoya qila oladigan o’g’lonlarni yaxshi kelajak porloq hayotni ravshan ko’z bilan ko’ra oladigan avlodni tarbiyalaydi». Ustozlar, tarbiya orqali yoshlarda o’z xalqi, vatani, diniga mehr uyg’otib, ulardan o’z mehnatlari bilan non-tuz yeyishga, do’stlariga mehribon, oqibatli, hamjihat va hammaslak bo’lishga o’rgatishi, ustozlar eng ardoqli inson sifatida qadrlanishi ta’kidlanadi.
Shuningdek, «yomon ustoz hayot chirog’ini sindiradi, u o’zining loqaydligi, farosatsizligi, uquvsizligi, o’z bilimini, hunarini takomillashtirmaganligi bilan, zahmat chekmaganligi bilan yosh avlodni, umuman, odamlar zehnini o’tmaslashtirib, aqlini zanglatadi, hayotga va turmushga bo’lgan munosabatini susaytiradi, imon-e’tiqodini susaytirib, ma’naviy jihatdan qashshoqlashtirib qo’yadi» deya ta’kidlanadi.
Ha, ustoz o’ta yuksak sifatlarga ega komil inson bo’lishi kerak. Yoshlar qanday ustoz qo’lida tarbiya topganiga, qanday ustozdan ta’lim olishiga qarab shakllanadi.
«Avesto»da ta’lim va bilimning ko’pgina jihatlari, yoshlarni mehnatga undash, halollik, rostgo’ylik, adolat, poktiynat bo’lish, kam uxlab, ko’p mehnat qilish haqidagi fikrlar, yaxshi ustoz va yomon ustoz ta’riflari bugun ham o’z qimmatini yo’qotgani yo’q.
O’tmishimizning muhim qo’lyozmasi-«Avesto»da yozilishicha, ko’hna Turon va Eron tibbiyot ilmining qadimiy o’chog’i hisoblanadi. «Avesto» yozuvlarining barcha qismlarida, ayniqsa, «Vendidod»da o’sha davrning tabiblari, ularning vazifalari, bilim darajasi, kasalliklar, ularning belgi va alomatlari, paydo bo’lish sabablari, tashxis qo’yish, davolash usullari, dorivor o’simliklar, bu o’simliklarning morfologik belgilari, qimmatbaho dorivor o’tlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
«Vendidod»da qator kasalliklarning nomlari, ularning kelib chiqish sabablari aniq qayd etilgan. O’lim, qo’qqisdan paydo bo’ladigan dard, bezgak, isitma, bosh miyaning og’rig’i, ojan, ajhu, ilon chaqish, xafaqon, ruhiyat marazi, pusidagi va gandidagi qayd etilgan. O’sha davrda hozirgi (suyak chirish) kasalligi «po’sidagi» va (rak, o’sma)
«chandidagi» deb nomlangan. Bu kasalliklar inson urug’ini dunyodan quritish uchun ataylab paydo qilingani ta’kidlangan. Ularga chalingan bemorlarni davolash usullari bayon etilgan.
Shuningdek, tabibning bilimdonligi, tajribasi, kasbiga fidoyiligi, uning mehnatini qadrlash kabi masalalarga alohida e’tibor berilgan. Tabib jarrohlik yo’li yoki tig’ bilan davolashi mumkinligi ham qayd etilgan.
«Sharqshunos olim Bahromiy ta’kidlashicha- deb yozadi H.Homidov «Avesto» mingdan ziyod dorivor o’simlikning nomi sanalib va ulardan qaysi paytda qanday dori tayyorlashishi ko’rsatilgan». (Axir bu tabiiy fan emasmi?)
«Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, ko’hna tabiat haqidagi bilimlar Turonzaminda Xorazmda boshlangan, Rimliklar, yunonlar va arablar bu boradagi bilimlarni bizdan o’zlashtirishgan.
Tibbiy bilimlar haqida «Vendidod»da quyidagi fikrlarni o’qib hayron qolasiz:
Tashrex (anatomiya) va mizoj (fiziologiya).
Bemorlikning oldini olish usullari.
Kasallik haqida ma’lumotlar.
Bemorni davolash usullari.
Tabiblarning ahloqi va tabobatga oid qonun qoidalar.
Bundan tashqari inson organizmi, mushak, suyak, teri, miya, asab, badan, jun, tomir, qon, asab va miya yerga, badan tuki daraxtga o’xshatilgan, badandagi tomirlar qora qonli tomirlar, qizil qonli tomirlar va qonsiz oq tomirlarga (asab)ga bo’lingan.
Bu qimmatbaho yodgorlikda eramizgacha bo’lgan davrda ota-bobolarimiz barcha sohalarda kuzatishlar olib borishgani, ekologiya, tuproq ekologiyasi, o’simlik ekologiyasi, uy-joy ekologiyasi va tozalik haqida ko’pgina nodir fikrlar qoldirishgani qayd etilgan.
«Avesto» eramizgacha bo’lgan yettinchi asrning oxiri va oltinchi asrning birinchi choragida Turonzaminda yozilgan. U insoniyatning ilmiy, ma’naviy, falsafiy, diniy yo’nalishdagi birinchi bitigidir.
Mashhur «Avesto»shunoslar 2 ming teridagi «Avesto»ga tegishli bitiklarda tabibning qasamyodi va jomga zaharini to’kayotgan ilon tasviri ham bo’lganligini yozib qodirganlar. Biz esa, bugun shifokorlar qasamyodi Gippokrat nomi bilan bog’liq deb bilamiz. Tibbiyot timsoliga aylangan belgi ham shifokorlar qasamyodi ham zardushtiy bobolarimiz tomonidan yaratilgan. Fan ildizlari qayerda rivojlana boshlagan, degan savolga javobni ham qadimiy bebaho yodgorlik-«Avesto»dan axtarishimizga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |