5-bosqich. XIX asrga kelib, tabiiy fanlar har tomonlama taraqqiy etdi, endi yerda hayotning paydo bo’lishi, turlar, tabiiy tanlanish, o’simliklar sistematikasi haqida ilmiy asarlar yozildi, hujayra kashf qilindi, makon va zamon haqida klassik mexanikaga asoslanib asosiy fikrlar ishlab chiqildi. Ko’pgina ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ishlar olib borilib, muayyan xulosalar olindi, olimlar ayrim kashfiyotlarni 2-mamlakatda bir- biridan bexabar tarzda kashf etdilar (Masalan Mendel va Morgan).
Tabiiy fanlarga qiziqish sekin-asta nihoyatda kuchayib bordi, barcha fanlar bo’yicha tabiiy fanlar bilan bog’liq holda izlanishlar olib borildi.
asrning ikkinchi yarmida dunyo mamlakatlaridagi fan namoyondalari bir- birlari bilan o’zaro bog’lanishib, o’z kashfiyotlarini o’rgana boshladilar. Shu tariqa o’zaro hamkorlik boshlandi. Halqaro kongresslar o’tkazilib, olamshumul nazariya va xulosalar birgalikda muhokama qilindi.
Bu davrdagi birinchi halqaro kongresslar kimyo fani bo’yicha 1860 yili Karlsrueda, geografiya bo’yicha 1871 yili Antverpenda, geologiya bo’yicha 1878 yilda Parijda o’tkazildi. Ch.Darvinning buyuk kashfiyotlariga ona bo’lgan XIX asr «Darvin asri» deb ham nomlanadi.
Fandagi samarali natijalar xalq xo’jaligining hamma sohalarida qo’llanilaboshladi. Endi nazariyalardan amaliy tajribalarga tayangan holda xulosalar chiqarishga o’tildi. Bu borada kuzatishar olib boriladigan, laboratoriyalarga ega, texnik, biologik yo’nalishdagi universitetlar tashkil etildi. Hotin-qiz olimalarga ham amaliy fanlar bilan shug’ullanishlari uchun qator tajribalardan so’ng imkoniyat yaratildi (Sofiya Kovalevskaya, Mariya Kyuri).
XIX asr tabiatshunosligida termodinamika va elektrodinamika, energiyaning saqlanish va aylanish qonuni, turlararo tabiiy tanlanish qonuni, fotosintez, elektron va kvant nurlanishlar, galaktika va undagi yulduzlar, neptun planetasi, tirikdan tirik paydo bo’lishi kabi nazariyalar kashf etildi.
Elektrlarning davriy tuzilishi, atom va molekula, moddalar tuzilishining kimyoviy nazariyasi asoslari, fizik-kimyo, organik va anorganik moddalarning asosi birligi aniqlandi.
Bu asrda dunyoning hozirgi ko’rinishiga to’liq ta’rif berildi, geoxronologik shkala ishlab chiqildi, tuproqshunoslik fan sifatida dunyoga keldi, dunyo tuproqlarining to’liq ta’rifi o’rganib chiqildi.
Hujayra kashf etildi va hujayrashunoslik fan sifatida yuzaga keldi, genetika fanining ilmiy asosi shakllandi, tashqi muhit va unda yashovchi tirik organizmlarning birligi asoslandi, asab tizimining butun organizmni boshqarishi isbotlandi. Seleksiya, fiziologiya, o’simlikshunoslik, mikrobiologiya va boshqalar rivojlanib, fan sifatida to’liq shakllandi.
XIX asr boshlarida birinchi avtomobil yaratildi, parovoz, paroxod yaratildi, temir yo’llar, shu asrning ikkinchi yarmida hatto, metroyo’llari qurilib ishga tushirildi. Insoniyat uchun eng zarur bo’lgan elektr toki ham, birinchi yozuv mashinkasi, telegraf orqali uzatish, telefon va boshqalar ham shu asr olimlarining izlanishlari mahsulidir.
asrni tabiatshunoslik rivojlanishida burilish yasalgan asr deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |