1-mavzu: kursning maqsadi, vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi. Yuqori malakali magistrlarni tayyorlashda kursning tutgan o‘rni


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni



Download 51,17 Kb.
bet2/7
Sana06.01.2022
Hajmi51,17 Kb.
#321455
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Bo‘lajak magistrlar o‘zlarining ishlab chiqarish hamda ilmiy faoliyatida, jumladan dars berish jaryonida maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha bilimlar, malaka va ko‘nikmalar hosil qilishadi. Bundan tashqari fanlar bo‘yichaturli qonuniyatlarini o‘rganishlarida, muayyan masalalarni baholashlarida, yechimini topishlarida, iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat olib borish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishlarida ushbu fandan olgan bilimlariga tayanadilar. Shu jihatdan mazkur o‘quv fani yuqori malakali magistrlari tayyorlash tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi.


Xar bir fanning maqsad va vazifasi bo’lganidek zamonaviy fanlar tabiiy konsepsiyasi faning maqsad va vazifasi bizning qamrab turgan atrof olamni yaxshi bilishni uniga mehr-muhabbat ko’zi bilan qarashni talab etadi. Bu fanni o’qish davomida talabalar fan yutuqlari ularni zamonga bog’lash va ekologiya, yer, suv, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishadi va fanning qadimgi markazlari to’g’risida bilimga ega bo’ladi. Markaziy Osiyo, qadimgi Gresiya va Rimda yashagan olimlarning fikrlaridan bahramand bo’lishadi.

Insonni o’zi yashab turgan dunyoni bilish va o’rganish masalasi juda qadimdan qiziqtirib kelgan. Darhaqiqat, bizni o’rab turgan havo qatlami, oyog’imiz ostidagi yer, tirikligimiz asosi havo, butun borliqning hayot manbai Quyosh, Koinot, yulduz, o’simlik va hayvonot dunyosi juda ham qiziqarliligi bilan e’tiborni tortmay qolmaydi. Shu bois borliq olam va undagi tirik organizmlar, bu organizmlarning yashash tarzi, oziqlanish, ko’payish tartiblari, odamning paydo bo’lishi, atom molekulalari, hujayra, bir hujayrali organizmlar va ularning shaklanishi fanda alohida ahamiyatga ega.

XIX asrga kelib, fanning taraqqiyoti o’ta jadallashdi, u qator bo’limlarga, shuningdek, gumanitar va tabiiy fanlarga bo’lindi. Tabèiy fanlar barcha fanlarning boshlang’ich nuqtasi bo’lib, u dunyoning boshlanishidan hozirgacha bo’lgan jarayonlarni insonga bog’liq holda emas balki tabiiy ravishda rivojlanishini o’rgatadi.

“Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” fani oliy ta’lim tizimida yangi fan bo’lib, qator tabiiy fanlarni o’z ichiga oladi. Bu fan haqida yozishga chog’lanar ekansan o’ylab qolasan, o’zinga o’zing yashab turganimiz organik dunyoni va uning barcha tabiiy fanlarini mukaìmal bilamanmi, deya savol berasan. Yo’q, ularni hali hyech kim mukammal bilmagan, bilmaydi ham.



Lekin bu borada o’rganishlar, izlanishlar davom etayapti, davom etaveradi... Va bu jarayonda ishtirok etayotganing taskin beradi.

Tabiiy fanlarning hammasi aniq fanlar bo’lib, inson bu fanlarning rivojida to’g’ridan-to’g’ri yoki nisbiy holda ishtirok etadi. Fan keng va jadal taraqqiy etgan bugungi sharoitda, tabiiy fanlarni bilmagan va o’rganishga qiziqmaganlarni tom ma’noda ma’lumotli deb bo’lmaydi. Chunki odamning o’zi tabiat ilmi yoki fani bilan yonma-yon qadam qo’ymoqda. Qolaversa, odam o’zi tashkil topgan hujayra va oqsillarga qiziqishi va ularni bilishga harakat qilishi lozim. “Hujayra”, “oqsil” yoki “elektr” so’zlarining o’zi odamga deyarli hyech narsa bermaydi. Fanga qiziqish ularni nazariy jihatdan o’rganishga intilgandagina boshlanadi

Ushbu fan, ijtimoiy gumanitar sohalardagi talabalarga biz yashab turgan organik olam va tabiatning bir butunligining tirik organizmlar va jismlarning o’zaro bog’liqligini, aloqasini tabiiy fanlar vositasida o’rgatadi.

Gumanitar fanlarni tabiiy fanlarga bog’lab, yashab turgan dunyomizdagi bog’liqlikni talabalarga o’rgatish ularning tabiiy-ijtimoiy ongini boyitadi deb o’ylaymiz. Hozirgi zamon tabiiy fanlarini o’rganishda nimalarga e’tibor qaratiladi?

Ma’lumki bunda avvalo biologiya, genetika, ijtimoiy biologiya, nisbiylik nazariyasi, sinergetika, ekologiya, etalogiya, astronomiya va boshqa fanlarni o’rganishga ahamiyat beriladi.

Ko’p qirrali bo’lgani uchun ham bu fandan dars berish o’qituvchidan katta bilim va izlanishni talab qiladi. Har bir mavzuni bayon qilishda ham, unga aloqador turli misol va nazariy tushunchalar, tajribalar hamda voqyelikni yetkazishda ham tegishli sohalardagi buyuk olimlarning fikrlariga tayaniladi.

Ta’kidlash kerakki, hayotimizdagi ko’p narsalar ilmiy uslubga asoslangan. Turmush tarzimizda va ish faoliyatimizda bilib-bilmagan holda ilmga asoslanib yashaymiz. Qolaversa, faoliyatimizning ko’p tomonlari ilm bilan bog’liq. Har bir insonga tabiiy fanlar u yoki bu darajada kerak.

Bugungi talaba faqat ijtimoiy gumanitar fanlar bilan cheklanib qolmasligi kerak. aks holda dunyoning rivojlanishini va voqyelikni ijtimoiy, falsafiy jihatdangina anglaydi. Dunyoviy fanlarni yaxshi o’rganish uchun gumanitar va tabiiy fanlarni bir- biriga bog’liq holda o’rganish lozim. Bu vazifani ta’lim tizimiga yangi kirib kelgan- Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi fani bajaradi. Bu fan tabiiy va gumanitar fanlarning bir-biri bilan chambarchas bog’liqligini, biz yashab turgan olamni o’rganishdagi, bilishdagi ahamiyatini, bu haqda umumiy tushuncha berish uchun xizmat qiladi.

Bu fan nomidagi “konsepsiya” so’zi nimani anglatadi? Ma’lumki qator tabiiy fanlar bir-biri bilan o’zaro bog’liq. Bu o’rinda eslatib o’tish kerakki, shu bilan birga barcha fanlarning rivojlanish jarayonlaridagi ilmiy izlanishlar va kuzatuvlarning natijalarida nazariyalarda, qonunlarda, gipoteza yoki farazlarda, modellar, yo’nalishlar, empirik umumlashmalar tarzida bo’ladi. Bu tushunchalarning hammasini qamrab oladigan ibora “konsepsiya”dir.

Tabiiy fanlar yerda odamzod paydo bo’lishi bilan birga rivojlanib, katta yo’nalish hosil qildi. Ammo shuni yoddan chiqarmaslik kerak-ki, bu fanlar insonlar ishtiroksiz ham rivojlana oladi.

Tabiiy fanlarning rivojlanishi texnika olamini juda katta yutuqlar bilan boyitdi. Ulkan samolyotlar, tezyurar, baquvvat suv osti atom kemalari yaratildi, kosmosni o’rganish, kosmosdan turib yer shari bo’ylab kuzatishlar olib borish, megadunyoni kuzatish yo’lga qo’yildi, oyga odamning qo’nishi va hokazolar shular jumlasidandir. Tibbiyotda aql bovar qilmas natijalarga erishildi: dunyoning hamma mamlakatlarida odamlarning o’rtacha yoshi uzaydi, inson a’zolarida transplantatsiya ishlari olib borildi, Siam egizaklarini muvaffaqiyatli ajratishlarga muvaffaq bo’lindi. Biologiya fanining yutuqlari yerda xayot paydo bo’lishi, genetikaning yutuqlari gen injeneriyasi, klonlashtirishning boshlanishi kabi fan yutuqlarida ijobiy jihatdan ifodasini topdi. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, tabiat va insoniyat uchun xavfli kashfiyotlar, biologik kasalliklar, biokimyoviy qurollar ham fan izlanishlarining mahsulidir.

Ming yillar davomida tabiat va jamiyatni o’rganish bo’yicha bitta fan naturfalsafa fani mavjud bo’ldi. Natur-tabiat so’zini anglatsa, grekcha Phileo-sevaman va Sophia- donishmandlik ma’nosini bildiradi.

Tabiat-so’zi tabiatni yoki tabiat haqidagi fanni o’rganishni bildiradi. Bu so’zlar asosida “Naturfilosofiya” yoki “Tabiatfalsafasi” degan so’z bo’lib chiqadi.

Tabiatshunoslik-tabiatdagi turli hodisa va jarayonlarni obyektiv bilimlarning rivojlanishini va uni insonning ta’sir kuchi bilan tizimga soladi. Tabiatshunoslikda kuzatish, tajriba o’tkazish yordamida fanlarni o’rganadi, uning natijasi dunyoning tabiiy-ilmiy ko’rinishini ilmiy bilimlarni bir tizimga soladi.

Tabiatshunoslikning maqsadi-tabiatdagi hodisa va jarayonlarni, o’rganadi, tahlil qiladi va aniqlaydi.

Haqiqatni bilish uchun his qilishning ahamiyati va idrok qilish murakkab falsafiy savoldir.

Fanda haqiqiy deb hisoblangan narsalar yoki ma’lumotlar tajriba natijasida qayta ko’rib isbotlanadi.

Tabiatshunoslikning asosiy qoidalari tabiat iqlimini emperik kuzatuvdan o’tkazishdir.

Tabiatshunoslikni ongli ravishda organik va noorganikka bo’lamiz, aslida, tabiatdagi narsalar tirik va notirikka bo’linadi. Tabiatshunoslikda quyidagi zanjir hosil bo’ladi.

Fizika ximiya noorganik (notirik tabiat) organik (tirik tabiat) biologiya.

Tabiatdagi hodisalar quyidagi tartibda boradi: Astronomiya Geologiya Geografiya Biologiya.

Bu fanlar tabiatshunoslikning poydevori bo’lib hisoblanadi, ammo bugun yangi- yangi fan bo’g’imlari paydo bo’lmoqda, shunday yangi bo’g’im-psixologiya fani hisoblanadi, unda ko’pgina tushunchalar aql, ong bilan idrok etiladi.

Tabiatshunoslikning uchta bosh yo’nalishi bor.

  1. Juda katta, kengni o’rganish

  2. Juda kichkinani o’rganish

  3. Juda murakkabni o’rganish

Juda kattani astronomiya fani o’rganadi, astronomik asboblar yordamida Borliqni o’rganib, bizni nima kutayapti, biz Borliq bilan birgamizmi yo’qmi va boshqa savollarga javob topishga xarakat qiladi.

Juda kichkinani fizika o’rganadi. Atomlar va zarralar dunyosi, tuzilishi, xodisalar, kuch, saqlanish qonuni va boshqalar.

Juda murakkabni biologiya fani o’rganadi, tirik xujayralar, kimyoviy elementlar, ko’p xujayralilar, genetika tafakkur tirik va atomlar dunyosidagi bog’lanish, kosmosning ta’siri va boshqalar.

“Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” fanini o’rganar ekanmiz, avvalo, u qanaqa fan, qachon va qanday paydo bo’lgan, uning tarixi, tarkibi va rivojlanish jarayoni qanday bormoqda, degan savollarga javob izlaymiz. Ustiga ustak bu jarayonda qadimgi zamon fani, o’rta asrlar fani, hozirgi zamon fani, Sharq va /arb olimlarining fandagi xizmatlari, ijtimoiy, falsafiy va tabiiy qarashlari, borliqning va odamning paydo bo’lishiga oid bir-biriga zid fikrlarga duch kelamiz. O’qituvchi bunday paytda talabalarga bu boradagi ijobiy fikrlarini yetkazishi, ular orasida o’zaro qizg’in bahs olib borilishiga turtki berishi, uni asosli fikrlarga tayangan holda o’zi xulosalashi zarur.



Mashg’ulotlar davomida talabalarga, dastlabki ilm-fan xususida aniq fikrlar bayon etilgan “Avesto”ni va undagi ilmiy tushunchalar, yunon, grek va italiya olimlari, VIII asrdan boshlab Markaziy Osiyolik olimlar, Temur va temuriylar, Bobur va boburiylar davri, o’rta asrlarda Yevropa olimlari hamda XIX-XX asrlardagi fan darg’alari, ularning tabiiy fanlar rivojiga qo’shgan hissalari haqida ma’lumotlar beriladi. “Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” kursi institut va universitetlarning ijtimoiy-gumanitar fakultetlarida, texnika va diniy o’quv yurtlarida o’qitilmoqda. U har bir mutaxassislik uchun shu mutaxassislik yo’nalishidan kelib chiqqan holda o’rgatilishi

lozim.

Fanning vazifasi yashab turgan dunyomizda voqyelik to’g’risidagi amaliy bilimlarni o’rganish, ushbu voqyelikni kuzatish va bu jarayonda olingan natijalarni ilmiy jihatdan bir tizimga solishdan iborat.

“Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” kursining maqsadi-amaliy fanlarda empirik kuzatishlar orqali inson tafakkuri doirasidagi bilimlarni o’rganish, aniq xulosalar chiqarish va ilmiy xulosalardan insonlarning ijtimoiy turmush tarzini yaxshilash yo’lida foydalanish. Bu boradagi hamma ilmiy xulosalar insonning yaxshi yashashi, sog’lom va uzoq umr ko’rishi uchun xizmat qilishi lozim.




Download 51,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish