3-bosqich. VIII va XII asrlarni o’z ichiga oladi. VIII asrlarga kelib, Sharqda takroran fanga e’tibor berila boshlandi.
«Tabiatshunoslik» rivojiga hissa qo’shgan ilk olimlardan biri Ahmad ibn Nasr Jayxoniydir. VIII-IX asrlarda bu ulug’ inson Markaziy Osiyo, Xitoy, Xindiston mamlakatlarining o’simliklar va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ilmiy fikrlar, shuningdek, shu mintaqalarda tarqalgan o’simlik va hayvonlardan aholi tomonidan foydalanilishi va ularning insonlar hayotidagi ahamiyati haqida yozib qoldirilgan.
Qomusiy olimlardan biri bo’lgan Al-Xorazmiy VIII-IX asrlarda yashadi. Xivada tug’ilgan bu olim, Bag’dod akademiyasining asoschilari va rahbarlaridan biri sanaladi.
Xorazmiy tabiiy fanlardan, «Astronomiya» va «Geografiya» fanlari rivojiga katta hisa qo’shgan, u «Algebra» fanining asoschisi. «Algebra» so’zi uning «Al-kitob al muxtasar fi-hisob aljabr va al muqobila» risolasidan olingan.
Abu Nasr Forobiy ham astronomiya fanining asoschilaridan biri. U Bog’dodda birinchi observatoriyani qurgan va ilmiy darsliklar yozgan.
Abu Nasr Forobiy tabiiy, ilmiy, ijtimoiy, falsafiy bilimlarga bag’ishlangan 150 dan ziyod asar yozib qoldirgan.
Ahmad al-Farg’oniy sharqning IX asrlarda yashab, ijod qilgan buyuk allomalaridan biri bo’lib, matematika, astronomiya, geografiya fanlarining asoschilaridan hisoblanadi, «Bayt ul hikma» ilmiy markazining tashkilotchilaridan biri.
Abu Ali Ibn Sino faqat tibbiyot ilmining asoschisi bo’lib qolmasdan, matematik, astronom, faylasuf, tabiatshunos olim hamdir.
Abu Rayxon Beruniy 160 dan ziyod asar yozib qoldirgan. Ular astronomiya, fizika, geografiya, geologiya, botanika, tibbiyot, etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga oid asarlardir.
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»sida Andijondan Hindistongacha bo’lgan joylarning tabiati, iqlimi, o’simliklari va hayvonlari haqida ma’lumot berdi.
Ulug’bek Samarqandda ilmiy madrasa ochib, uning boshchiligida astronomiya fani rivojlandi, yulduz yilining uzunligi 365 kun, 6 soat, 10 minutu 8 sekundligini aniqladi. Texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda aniqlangan yulduz yili uzunligi bilan Ulug’bek aniqlangan bu muddat orasidagi bu farq bori-yo’g’i 1 minutu 2 sekunddir.
O’rta asrlarda Sharqda ilm-fan juda tezlik bilan rivojlandi. Sharq olimlari yunon olimlarining ilmiy asarlarini o’rgandilar va ularni o’z tillariga tarjima qildilar. O’rta asrda birinchi arab universitetlari va akademiyalari ochildi.
Yevropa olimlari esa qadimgi grek olimlarining asarlari bilan arablarning tarjimalari orqali tanishdilar, xalos.
Do'stlaringiz bilan baham: |