1-mavzu: kursning maqsadi, vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi. Yuqori malakali magistrlarni tayyorlashda kursning tutgan o‘rni



Download 51,17 Kb.
bet3/7
Sana06.01.2022
Hajmi51,17 Kb.
#321455
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu

Fan o’rganadigan obyekt- bu boradagi izlanishlarning yo’nalishi hisoblanadi. Chunonchi, uning uchun tabiat, jamiyat, odamlar, texnika, madaniyat, ba’zan nisbiy tarzda fanning o’zi ham o’rganish obyekti bo’lishi mumkin.

O’rganishga ajratilgan obyektning alohida bir tomoni fanning predmeti sanaladi. Masalan tabiatning o’zi fizik, ekologik, astronomik, biologik nuqtai-nazardan o’rganish obyekti bo’lishi mumkin. Shuni ham aytish kerakki bu fanlardan har birining o’rganish predmeti boshqa-boshqa. binobarin ulardan har birini tabiatning shu fanga xos tomonlarigina qiziqtiradi.

Tabiatshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari



Barcha fanlar kabi “Tabiatshunoslik” fanining rivojlanish jarayoni 6 bosqichga bo’linadi.

1-bosqich. Eramizgacha bo’lgan 8-6 asrlarni o’z ichiga oladi. “Tabiatshunoslik” fani rivojlanishining birinchi bosqichini shu kungacha aytilgan barcha fikrlarni inkor qilgan holda “Avesto” ma’lumotlariga asoslanib, “Avestoni” astronomiya, tabiat, ekologiya, qishloq xo’jaligi va tabiat haqidagi ilmlar birinchi bo’lib yozib qoldirilganini bilamiz. “Avesto” faqat diniy tushunchalar haqidagi bitiklardan iborat emas, balki yuqorida qayd etilgan fanlarning dastlabki ildizlari yozilgan manba hamdir.

Biz “Avesto” haqida bilmagan, uning yodgorliklari hali insoniyatga ma’lum bo’lmagan paytlarda, hamma kabi fanning rivojlanishini Gresiyadan boshlangan, deb ishonardik. Ammo yer yuzi bo’ylab, ayniqsa Yevropada “Avesto”shunos olimlar paydo bo’lib, ular grek-yunon olimlari tabiiy fanlar haqida dastlabki ilmni “Avesto”dan ko’chirib, grek-yunongacha tarjima qilib o’zlariniki qilib o’zlashtirib olganlarini yozib qoldirganidan so’ng, dunyoviy fanlar rivojlanishining birinchi bosqichi yoki dastlabki ildizlari bizning yurtimiz Markaziy Osiyoda deb aytishga haqlimiz. Bu o’rinda ta’kidlash joizki, fanning rivojlanishi eramizgacha bo’lgan IV asrdan emas, balki VIII- asrdan boshlangan. Hali bu borada ko’pgina fikrlar aytilishi aniq.

  1. bosqich. Eramizgacha bo’lgan 5-1 asrlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki,

«Tabiatshunoslik» fani yoki dunyoviy fanlar haqidagi ilmiy tasavvur va kuzatishlar Gresiyada rivojlandi. Grek olimlari «Tabiatshunoslik» faniga ilmiy asos soldilar. Eramizgacha bo’lgan IV asrda Aristotel, Platon Yevdoks, Knidskiy, Ptolomey dunyoning geomarkazini tuzdilar, Empedokl, sababsiz hyech narcha hosil bo’lmasligini va hech narsa izsiz yo’qolib ketmasligini aytdi.

Levkinn, Demokrit, Epikur dunyoning atomlardan tuzilganligi haqida farazni bildirishdi. Pifagor dunyoning Sharsimon ekanligini, Eratosfen esa yerning radiusini aniqladi, Giparx yerdan Oygacha bo’lgan masofani o’lchadi. Aristarx Samosskiy, Eratosfen, Gipparx, Arximed va Ptolomeylar birinchi bo’lib yulduzlar bizdan juda olisda ekanligini ma’lum qilishdi, yerdan yulduzlargacha, yerdan qo’yoshgacha bo’lgan masofalarni o’lchashdi.

Ptolomey yerning dumaloqligini isbotlaydigan geografik karta tuzdi, Aristotel esa anatomiya, botanika, sistematika va hayvonlar embriologiyasini ilmiy asosladi.

Galen va Gippokrat kasalliklarning kelib chiqishini o’rgandi va kasalni emas, balki kasallikning kelib chiqishini davolash kerak, degan so’zni aytdi.

Dunyoda «Tabiatshunoslik» fanining rivojlanishiga turtki bo’lgan asarlar jumlasiga Yevklidning «Boshlanish»i va Ptolomeyning «Buyuk qurilish» kabilar kiradi.

Bu davrdagi olimlar tabiatshunoslik sohasida katta tajribalar olib borishmagan bo’lishsada, kuzatish va fikrlash asosida uni rivojlantirdilar.

Qadimgi Gresiya insoniyatga ilm va fanning buyuk darg’alarini yetkazib berdi. Ularning kuzatishlar natijasida yozib qoldirgan ayrim durdona fikrlar hozirgacha ahamiyatini yo’qotgan emas. Oradan ming yillar o’tganiga qaramasdan ularning fikrlari odamlarning dunyoga bo’lgan munosabatida, ma’naviyat va madaniyatida alohida o’rin egalaydi. Tabiatshunoslikka u davrlarda kam e’tibor berilgan bo’lsa, hozir taraqqiyotni, tabiatni, odamlarni va jamiyatning quvvatini belgilaydigan kuchga aylandi.


Download 51,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish