4-bosqich. XV va XVIII asrlarda Kopernik, Jordano Bruno, G.Galiley, I.Nyuton, I.V.Lomonosov, P.S. Pallas, A.G.Verner, S.Geyls, Ch.Darvin, K.Volf, J.Lamark va boshqalar tomonidan tabiatshunoslikni o’rganish borasida inqilob yoki buyuk kashfiyotlar qilindi: ilmiy tarjribalar boshlandi, muomalaga «tabiatni o’rganuvchilar» atamasi kirib keldi. Bu olimlar tomonidan tabiiy fanlardan-ximiya, biologiya, fizika, geologiyaning birinchi tabiiy-ilmiy poydevoriga asos solindi. Tabiat haqidagi fanlarning empirik qonuniyatlari aniqlandi.
asrlarda Yevropa mamlakatlarida birinchi akademiyalar va keng qamrovda bilim beradigan universitetlar ochildi. Tabiiy fanlarga qiziqish doirasi juda kengaydi. Fan jamiyat rivojida o’ziga xos o’rin egalladi. Ammo texnik fanlarning rivojlanishi hali juda sust edi.
Bu davrlarda Yevropada tabiiy fanlar haqida dastlabki to’g’ri fikrlarni aytgan olimlar inkivizatorlar qahriga uchrab, ilmiy ishlari uchun joni bilan to’lov to’ladilar.
Tabiiy fanlar asrdan-asrga shu tarzda rivojlanib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |