1-mavzu: konstitutsiya va inson harakatlari erkinligi. Darsning maqsadi


Dars o’tish; uslubi; mustaqil ishlash. Dars turi



Download 120,14 Kb.
bet4/40
Sana21.04.2022
Hajmi120,14 Kb.
#570778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
7-sinf kons dars ishlanma . . .(1)

Dars o’tish; uslubi; mustaqil ishlash.
Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars tipi; aralash, ananaviy.
Darsda foydalanadigan jihozlar; 7- sinf darsligi , tarqatma materiallar, internet ma`lumotlari, qog’ozlar va marker.
Darsning borishi;
I. Tashkiliy qisim.
Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II. O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni sorashda foydalanishda interfaol usullar.
III. Yangi mavzu bayoni.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiyhuquqiy hujjat. 1992 yil 8 dek.da 12chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1-sessiyasida qabul qilingan. "Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida"gi Konstitutsiyaviy qonun (1991 yil 31 avg .) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990 yil 20 iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10-sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhOila kodeksiama etilgan. 
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va adolatni ta’minlashdek ulug‘vor maqsadlar mujassam. Joylarda mazkur hujjat mazmun-mohiyati va ahamiyati chuqur o‘rganilmoqda. 
Jinoyat kodeksi - har qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini aniqlab beradigan, uni sodir etganlik uchun jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralarini belgilaydigan jinoyat qonunlari majmui. Unda jinoyat qonunining meʼyorlari muayyan tizimga solinib, Jinoyat Kodeks shakliga keltirilgan. OʻzR Jinoyat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan meʼyorlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Hozirgi Jinoyat Kodeksi 1994 y. 22 sent.da tasdiqlangan va 1995 y. 1 apreldan amalga kiritilgan. 2 qismdan — umumiy qism va maxsus qismdan iborat, ular yagona jinoyat qonunini tashkil etadi. Umumiy qismda jinoyat qonunining umumiy qoidalari, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlar, jazo va uni tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari belgilab berilgan. Maxsus qismda jinoyatlarning turlari va ular uchun tegishli jazolarni tayinlaydigan meʼyorlar koʻrsatilgan. Umumiy qismda Maxsus qismdagi huquqiy meʼyorlarni amalda tadbiq qilish yoʻllari bayon etilgan.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks -maʼmurii huquqbuzarliklar va maʼmurii jazoga oid qonunlarning muayyan tizimga solingan majmui. OʻzRning Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 1994 yil 22 sentabrda qabul qilinib, 1995 yil 1 apreldan kuchga kirgan. Ma`muriy jinoyat Kodeksi 5 boʻlim, 31 bob va 348 moddani oʻz ichiga oladi. Kodeksning umumiy qoidalari bayon qilingan 1-boʻlimida maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ularning vazifalari, mazkur hujjatlar sohasida OʻzRning , Qoraqalpogʻiston Respublikasining va-kolatlari, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish borasida mahalliy davlat hOila kodeksiimiyati organlarining vakolatlari, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish kabi masalalar bayon qilingan. 2-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik va maʼmuriy javobgarlik masalalariga bagʻishlangan, 3-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar), 4-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish: 5-boʻlim maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishga bagʻishlangan.
Fuqarolik kodeksi - fuqarolik huquqlarining eng muhim va asosiy qoidalarini belgilaydigan kodifikatsiyalashtirilgan normalardan iborat qonun hujjati. Fuqarolik Kodeksi fuqarolik huquqining asosiy manbai hisoblanib, fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari unga zid boʻlmasligi kerak. Fuqarolik Kodeksi fuqarolik muomalasi ishtirOila kodeksichilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning , intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va oʻzga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan borlik shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi 2 qismdan iborat boʻlib, uning 1qismi 1995 yil 21 dekabrda, 2qismi 1996 yil 29 avggustda qabul qilingan.Faqat ikkala qismi ham bir vaqtda — 1997 yil 1 martda kuchga kirgan. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi 6 boʻlim, 71 bob va 1199 moddadan tashkil topgan. Fuqarolik Kodeksining 1qismida fuqarolik huquqining umumiy qoidalari, tamoyillari, fuqarolikhuquqiy munosabatlar subʼyektlari, mazmuni va obʼyektlari, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va daʼvo muddati, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, majburiyat huquqining umumiy qoidalari, shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar belgilangan boʻlsa, kodeksning 2 qismida majburiyatlarning aloxida turlari hisoblangan fuqarolikhuquqiy shartnomalarni, shartnomadan tashqari majburiyatlarni, intellektual mulk huquqi obʼyektlari bilan bogʻliq munosabatlarni, vorislik huquqini va xalkdro xususiy huquq normalarini fukerolik xuquqiy munosabatlarga tatbiq etilishini tartibga soluvchi qoidalar mustahkamlangan.
Oila kodeksi – oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila aʼzolari (yaʼni, er-xotinlar, ota-onalar, bolalar, shuningdek, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar va oilaning boshqa aʼzolari) oʻrtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi qonun hujjati. Huquqning alohida tarmogʻi hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Oila Kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 30 apreldagi qarori bilan tasdiqlanib, ushbu yilning 1-sentabrdan amalga kiritildi. Eʼtiborlisi, Oila Kodeksi mamlakatimizda "Oila yili" deb eʼlon qilingan yilda qabul qilindi. Kodeks 8 boʻlim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Amaldagi Oila Kodeksi bir qator oilaviy huquqiy munosabatlarni yan-gicha hal etgan. Chunonchi, milliy ne-gizlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindoshurugchilik, bobo-buvilar va nabiralar oʻrtasidagi munosabatlarning yangicha talqini), umuminsoniy qadriyatlar aks etganligi (nikoh shart-nomasi intining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi) kabi hollar.



Download 120,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish