Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars tipi; aralash, ananaviy.
Darsda foydalanadigan jihozlar; 7- sinf darsligi, tarqatma materiallar, qo`shimcha ma`lumotlar, qog’ozlar, marker, internet ma`lumotlari.
Darsning borishi;
I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni so`rashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.
Zararli odatlar va sog’lom turmush tarzi haqida
2011-yil 4-oktabr qabul qilingan «Alkogol va tamaki mahsulotlari tarqalishi va iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi.
Ushbu hujjat alkogol va tamaki mahsulotlarining fuqarolar salomatligiga zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan qonuniy hujjatlarning navbatdagisi bo‘ldi.
Alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizatsiya qilinishini, shuningdek, tarkibidagi inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zararli moddalar miqdori yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori me’yordan ortiq bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotini import qilish taqiqlanishini tartibga soluvchi huquqiy normalar belgilab qo‘yilayotgan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun hujjatiga ko‘ra quyidagi yangi tartiblar joriy etildi:
– Pivo alkogol mahsulotlari tarkibiga kiritildi.
– Davlat organlariga alkogol va tamaki mahsulotlari cheklovi uchun vakolat berildi.
– Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish faqatgina yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Turli mustaqil rastalarda (maktab va metro atrofida tamaki sotayotgan mayda tadbirkorlar ham) bu mahsulotlarni sotish qonunan taqiqlanadi.
– Alkogol va tamaki mahsulotlarining zarari haqidagi yozuv etiketkaning 40% maydonini egallashi lozim (avval 20% edi).
– 20 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
– Ta’lim, sport va diniy muassasalardan 500 metr kam radiusda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
– Ochiq pachkadan donalab sigaret sotish taqiqlanadi (bolalar uchun olish imkoni bo‘lmasligi maqsadida)
– Alkogol va tamaki mahsulotlarining har qanday reklamasi taqiqlanadi.
– Alkogol va tamaki mahsulotlarining har qanday ochiq va yashirin targ‘iboti taqiqlanadi. Klip, film, plakat, fotografiya va badiiy postanovkalarda alkogol va tamaki targ‘ib etilmasligi kerak.
– Jamoat joylarida (ish joyi, ko‘cha, stadion, maydon, park, jamoat tarnsporti) alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi.
– Ish joylari, sog‘liqni saqlash, ta’lim muassasalari, sport-sog‘lomlashtirish maskanlari, yong‘inga xavfli joylar, avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalari, jamoat transportida tamaki mahsulotlari iste’moli taqiqlanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda alkogol mahsulotlari iste’moli bilan bog‘liq kasalliklar va jarohatlardan har yili 2,5 million odam vafot etadi, ulardan 320 ming nafari yoshlardir. Tamaki mahsulotlarining iste’moli 2008 yilda dunyo bo‘yicha 5 milliondan ortiq odamning o‘limiga sababchi bo‘lgan.
Salbiy chekish (o’zi chekmay, tamaki tutunidan ta’sirlanish) yiliga 600 000 kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, chekish tufayli vafot etayotganlarning yuzdan biriga tengdir. Ushbu sababdan o‘layotganlarning uchdan ikkisi Afrika va Janubiy Osiyoga to‘g‘ri keladi. Bolalarning salbiy chekishga duchor bo‘lishlari ko‘pincha uylarida sodir bo‘ladi. 2004 yili dunyo bo‘yicha salbiy chekishga duchor bo‘lganlarning 40% bolalar, 33% chekmaydigan erkaklar va 35% chekmaydigan ayollardir. Mutaxassislarning aytishlaricha, mazkur salbiy chekish tasiridan o‘lganlarning 379 000 qalb kasaliga, 165 000 nafas olish yo‘llari bemorligi, 36900 astma va 21400 o‘pka sili bilan o‘lganlar.
Zararli odatlar deganda biz alkogolli ichimliklarni me’yoridan oshirib, muttasil iste’mol qilish, tamaki va nosvoy chekish, giyohvandlik kabilarni tushunishga o’rganib qolganmiz. Aslida, zararli odatlar tushunchasi birmuncha keng bo’lib, o’z doirasiga ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik, organizm ehtiyojiga qaraganda ko’proq ovqat eyishga o’rganib qolish, dangasalik va ishyoqmaslik, badjahllik, axloqsizlik, ust-bosh, hovli va uy xonalari iflosligi bilan ko’nikib yashash, o’z hayotini jamiyatda qabul qilingan me’yor va o’lchamlar asosida tashkil qila bilmasdan, pala-partish o’tkazish va hech bir maqsadsiz yashash, madaniyatsizligi va johilligi tufayli vegetativ turmush tarzida yashash bilan chegaralanib qolish kabi odatlarni ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |