1-mavzu: konstitutsiya va inson harakatlari erkinligi. Darsning maqsadi


Kashandalikka barham berish — sog’lom turmush tarzining muhim sharti



Download 120,14 Kb.
bet7/40
Sana21.04.2022
Hajmi120,14 Kb.
#570778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
7-sinf kons dars ishlanma . . .(1)

Kashandalikka barham berish — sog’lom turmush tarzining muhim sharti
Eng ko’p tarqalgan zararli odat tamaki chekish va nos otish hisoblanadi.
Tamaki tutuni tarkibida 3800 turdagi zaharli kimyoviy moddalar bor. Jumladan, nikotin, qatron, stianid kislota, ammiak, is gazi, benzol, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, ko’rg’oshin, margumush kabilar. Bularning zaharli ta’siri borasida to’xtalsak:
- nikotin arterial qon tomirlarini toraytirib, arterial qon bosimini oshiradi;
- is gazi (uglerod oksidi) qondagi kislorod bilan birikib, miya, yurak, ichki sekrestiya bezlari va boshqa a’zolarning kislorod bilan ta’minlashini izdan chiqaradi, ularning funkstiyasini buzilishiga olib keladi;
- tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 turdagi konsterogen moddalar bor;
- sigareta filtrining sariq-qo’ng’ir rangga bo’yalishiga sabab, tamaki tutunidagi konsterogen modda hisoblangan qatronning smola moddasidir. Kuniga bir quti sigareta chekadigan kashanda bir yilda bir kilogramm qatron yutgan bo’ladi. Qatron rak kasalligining asosiy sababchisidir;
- rak kasalligi bilan ro’yxatga olingan bemorlarning 30 foizi, o’pka raki bilan hastalanganlarning esa 80 foizi kashandalardir;
-tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar kashandaning miya, yurak, o’pka, jigar, me’da kabi hayotiy muhim a’zolarini zaharlab, turli xil surunkali kasalliklarni yuzaga keltiradi. Uni vaqtidan ilgari nogironlikka duchor qilib, umriga zavol bo’ladi.
Jumladan, kashandalar orasida miokard infarkti kabi og’ir kasallik tufayli hayotdan ko’z yumganlar tamaki chekmaydiganlarga nisbatan 5 marta ko’p;
tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy erkak urug’donida, ayol tuxumdonida ishlab chiqariladigan jinsiy hujayralarning irsiy tuzilmalarini zararlab, bo’lajak avlod genofonini kasallantiradi. Miya to’qimasi hujayralarining xromosoma va genlari zararlanishi oqibatida tug’ilgan bolalarning aqliy qobiliyati zaif, fe’l-atvorida asabiylashish, xomushlik, xayoli parishonlik kabi belgilar namoyon bo’ladi.
Tamaki chekishni tashlashga ahd qilgan odam bu rejani 1-1,5 oydan oshmagan muddatda bajarishi kerak. Kashandalikdan voz kechgan odamda paydo bo’ladigan noxush sezgilarni engishda yordam beradigan vositalar (usullar)dan quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
- xumor tutganda bu tuyg’uni engish uchun ko’proq ochiq havoda piyoda yurib, sayr qilish, gimnastika mashg’ulotlari bilan shug’ullanish.
Asosiy natija odamning irodasi, sog’lom bo’lish istagi, o’zining va oila a’zolarining sog’lom bo’lishiga g’amxo’rligi, atrofdagilarga, yoshlarga yaxshi o’rnak ko’rsatish uchun ma’naviy yuksaklik darajasini namoyon qila olishi.
Sog’lom turmush tarzining ma’no-mazmunini to’g’ri anglagan odam chekish va boshqa zararli odatlardan voz kechadi.

Download 120,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish