Nazorat savollari
1) Ethernet tarmog‘i qaysi firma tomonidan qachon ishlab chiqarila boshlangan?
2) Ethernet tarmoq paketining tuzilishi qanday?
3) Ethernet paketiga qanday maydonlar kiradi?
4) Token-Ring tarmog‘i qachon va kim tomonidan ishlab chiqilgan?
5) Token-Ring tarmog‘i qanday maqsad uchun loyihalashtirilgan?
6) Token-Ring tarmoq topologiyasi.
7) Token-Ringning tarmog‘ining asosiy texnik ko‘rsatgichlarini sanab bering.
8) Token-Ring tarmoq markerining o‘lchami qanday?
9) Tarmoqqa ega bo‘lishni boshqarish bayt formati qanday {Token-Ring tarmog‘i uchun)?
10) Token-Ring tarmoq paketining o‘lchami qanday tuzilgan?
Adabiyotlar (asosiy, yordamchi va qo‘shimcha), internet manbalari
1) M.M. Musayev, A. A. Qahhorov, M.M. Karimov «Kompyuter tarmoqlarini yig‘sh» T– 2006.
2) I. S. G‘aniyev, A. A. G‘aniyev «EHM va tarmoqlari» T. 2008.
3) B. L. Broydo «Ofis texnikasi» - Toshkent «Mehnat» -2001y.
mavzu: Tarmoq sistemasi o‘rtasidagi eng so‘nggi faol va sust uskunalarini tanlash
Reja:
1) 10 BASE 5 uskunasi
2) 10 BASE 2 uskunasi
3) 10 BASE-FL uskunasi
4) 10 BASE-T uskunasi
5) 100 BASE – TX
6) 100 BASE–T4
7) 100 BASE –FX uskunasi.
Tayanch iboralar: koaksial, o‘ralgan juftlik, shisha tolali, BASE, BNC-razyomini, T-konnektor, AUI – razyom, DIX razyom, Transiver, Barrel-konnektor.
10 BASE 5 uskunasi
Yo‘g‘on kabel Ethernet tarmog‘i ilk bor ishlab chiqarilganda ishlatilgan, keng tarqalgan kabel turi edi. Hozirda u uncha ko‘p ishlatilmaydi, vaholanki, u «Shina» topologiyali tarmoqda eng uzun shina aloqa yo‘lini ta’minlay oladi. Keng ishlatilmasligining birinchi sababi narxi nisbatan qimmat va montaj ishlarini olib borishdagi qiyinchiliklardir.
Yo‘g‘on koaksial kabel, bu — 50 Om.li kabel bo‘lib, diametri 1 sm atrofida va qattiqligi bilan ajralib turadi. U, asosan, ikki turdagi qobiq bilan ishlab chiqariladi: sariq rangdagisi PVC standartda (masalan, Belden 9880 kabeli) va teflonli Teflon qovoq-jigarrangli (masalan, Bolden 89880). RG-11 va RG – 8 turidagi yo‘g‘on kabellar keng tarqalgan (RG-11 kabelining markaziy tolasiga - kumush qoplangan, RG – 8 dan shunisi bilan farq qiladi).
Yo‘g‘on kabel eng qimmat axborot uzatish muhitidir (boshqa kabellarga nisbatan uch hissa qimmatdir). Lekin yo‘g‘on kabelning quyidagi texnik ko‘rsatgichlari: shovqinlardan himoyalanganligi, signallarning so‘nishi kam, yuqori mexanik chidamliligi bilan boshqa kabellardan ajralib turadi.
Standart bo‘yicha kabelning bir bo‘lagiga (500 metrgacha) 100 ta abonentdan ortiq ulanishi mumkin emas. Ularni ulanish nuqtalarining oralig‘i 2,5 metrdan kam bo‘lmasligi lozim, aks holda, signalda o‘zgarish hosil bo‘ladi. Shuning uchun foydalanuvchiga qulaylik tug‘dirish maqsadida ko‘pincha kabel qobig‘iga har 2,5 marta qora rangda belgi qo‘yilgan bo‘ladi.
10 BASE 5 uskuna vositalari 3.1-rasmda keltirilgan. Ular o‘z tarkibiga quyidagi vositalarni oladi: kabel, razyomlar, terminator, transiver va transiver kabelini.
Koaksial yo‘g‘on kabel bo‘laklarini va ularga terminatorlarni ulash uchun N — turidagi razyomlar ishlatiladi. Bu razyomlarni o‘rnatish ancha murakkab va maxsus asboblar bo‘lishi lozim (aks holda, ulangan joylarda signal o‘zgarishi mumkin). Ikkita N – turidagi razyomlar Barrel — konnektor yordamida ulanib, kabel uzunligini oshirish mumkin.
Yo‘g‘on kabeldan foydalanib, tarmoq yig‘ilganda iloji boricha kabelni bir bo‘lagidan yoki bir vaqtda ishlab chiqarilgan bitta partiyadagi kabellar bo‘lagidan foydalanish kerak. Aks holda, turli xil kabellar ulangan joylarda signalni o‘zgarishi ro‘y berishi mumkin. Agarda, bir necha bo‘lak ishlatilishga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, signalni aks sadosini kamaytirish maqsadida 23,4 metr, 70,2 metr va 117 metrli (0,5 metr xatolik bilan) kabel bo‘laklaridan foydalanish tavsiya etiladi. Yo‘g‘on kabelda, hech qanday holda bir nuqtadan bir necha tarafga tarqatish va bir necha tarafdan yig‘ish ruxsat etilmaydi. Kabelning har ikki uchiga N - turidagi 50 Om.li terminatorlar o‘rnatilishi lozim va ulardan faqat bittasini yerga ulash kerak.
3. 1-rasm. 10 BASE 5 uskunasi.
Yo‘g‘on kabelni hech qachon to‘g‘ri kompyuterlarga ulanmaydi, albatta, bunday qilish murakkab va foydalanishga noqulay hamda kompyuterlarni butunlay qo‘zg‘atib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi. U kabelni devorga mahkamlab o‘rnatiladi yoki xona polidan o‘tqaziladi. Tarmoq adapterlarini yo‘g‘on kabelga ulash uchun maxsus transiverlardan foydalaniladi (7.2-rasm). Transiver (MALI- Medium Attachment Unit — устройство присоединения к среде) to‘g‘ri yo‘g‘on kabelga ulanib. transiver kabeli yordamida adapterga ulanadi. Transiverni yo‘g‘on kabelga ulash uchun ko‘pincha AMR korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan maxsus ulash qurilmasi ishlatiladi. Bu maxsus qurilmani ulash uchun kabel qobig‘ini ochib o‘tirmay, sanchish yo‘li bilan qobiq va himoya qatlamlarini teshib o‘tiladi, shu tariqa markaziy sim va ekran to‘qimasi bilan mexanik hamda elektr ulanishi hosil qilinadi. Ularga «vampir» nomi berilgan. Yana boshqa ulash qurilmasi ham mavjud, uni yo‘g‘on kabel bilan ulash uchun kabel qobig‘ini kesish talab etiladi va kabelni ikki uchiga razyomlar o‘rnatish kerak bo‘lgani uchun ko‘p tarqalmagan. Transiver kabeli egiluvchan ko‘p signalli kabel bo‘lib, diametri 1 sm atrofldadir, 4 ta ekranlangan o‘ralgan juftlikdan iborat. Oddiy transiver kabelining uzunligi 50 metrgacha bo‘ladi, ancha egiluvchan va ingichkaroq transiver kabelini ofis uchun mo‘ljallab ishlab chiqarilgan, uzunligi 12,5 metr bo‘lib, kompyuterlarni xonada bemalol o‘rnini almashtirishga qulaylik yaratadi. Transiver kabel uchlariga 15 ta kontaktli razyomlar o‘rnatiladi («vilka» turidagi DIX— razyomlari, DB-15P). Transiver kabeli, ya’ni AUI – kabeli deb (Attachment Unit Interface) yoki Drop-kabel deb ataladi, uning razyomini ham — AUI razyomi, deb ataladi. Transiver kompyuterning ichki +12 V elektr manbayidan ta’minlanadigan bo‘lgani uchun tokni 0,5 A dan ortiq qabul qilmasligi kerak.
3.2-rasm. Adapteri yo‘g‘on kabelga ulash.
Yo‘g‘on kabel bilan ulangan tarmoq adapter tashqi 15 kontaktli AUI— razyomiga ega bo‘lish kerak («rozetka» turidagi DIX razyomi, DB—15S). Bu razyom kontaktlarining vazifalari 71-jadvalda keltirilgan. Aloqa uchun ekranlangan uchta juft differensial signaldan foydalaniladi: adapter uzatadigan axborot (TX+, TX — va U ekran RX ekran), va shuningdek, kolliziya mavjudligi haqidagi signal (CD+, CD va CD ekran). Tashqi yo‘naltirishlarni kamaytirish uchun manba simi ham ekranlanadi. Bu holatda galvanik ajratish transiver ichida amalga oshiriladi. Abonentlar o‘rtasidagi himoya 5 kilovoltgacha etishi mumkin.
3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |