10 BASE 2 uskunasi
Ingichka koaksial kabelining yo‘g‘on kabel turidan farqi: ikki hissa ingichka (diametri 5 mm atrofida), ancha egiluvchan, montajni amalga oshirish ancha oson, narxi arzon (taxminan uch hissa). Uni asosidagi tarmoqlar ko‘p tarqalganligi taajjubli emas, albatta. Ingichka kabelning ham to‘lqin qarshiligi 50 Om va 50 Om.li moslashishni talab qiladi. Agarda, yo‘g‘on kabelni, albatta, devorga yoki polga puxta mahkamlash kerak bo‘lsa, ingichka kabelni osma montaj qilish mumkin, sababi bir xona chegarasida kompyuterlar joyini bemalol o‘zgartirish imkonini beradi.
Ingichka kabelning eng katta kamchiligi tarmoq qismining (segment) kam uzunligidir (185 metrgacha). Ba’zi hollarda tarmoq adapterini ishlab chiqaruvchilari segment uzunligini 200 m yoki 300 metr qilib ko‘rsatadi. Bunday tarmoq adapterlarini boshqa turdagi tarmoq adapterlari bilan ulab bo‘lmaydi, sababi - bu vaziyatda standart bo‘lmagan signallar ishlatiladi. RG-58A/U — ingichka koaksial kabel turi eng ko‘p tarqalgandir.
Ingichka kabelda ishlatiladigan uskunalar (7.4-rasm) yo‘g‘on kabel uskunalariga nisbatan ancha sodda. Tarmoq adapteridan tashqari, kerakli uzunlikdagi kabel, razyomlar, T-konnektorlar va terminatorlardan (bittasi yerga ulanadigan turi) iborat. Har bir juft abonent o‘rtasida ikki uchida BNC turdagi razyomli alohida kabel bolagi o‘tkaziladi. Bu kabel bolagining eng kam uzunligi (abonentlar o‘rtasidagi minimal masofa) — 0,5 metr. Kabel bo‘laklarini o‘zaro ulash uchun ruxsat etilmasa ham BNCI — konnektori (Barrel— konnektor) yordamida ulashni amalga oshiriladi. Razyomlarni kabelga kavsharlash usuli bilan ham ulanadi, lekin ko‘pincha maxsus siqish orqali ulaydigan asbob yordamida kabelni razyomga ulash amalga oshiriladi, ammo e’tibor qilish kerakki, siqish asbobi razyom turiga mos ravishda tanlanishi kerak.
3.4-rasm. 10 BASE 2 uskunasi.
Adapter platasida BNC- razyomi bo‘lishi kerak, unga BNC T — konsentratori ulanadi, bu esa adapter platasi ikki bo‘lak kabel bilan ulanishini amalga oshiradi (7.5-rasm). Tarmoq adapteri tarkibida kerakli tartibga o‘rnatish moslamasi bo‘lsa «Ethernet-Cheapernet», u holda adapterni «Cheapernet» tartibiga (bu 10 BASE 2 segment nomini tarqalgani va shuningdek, ingichka koaksial kabelning ham nomidir) o‘rnatish lozim. Galvanik ajratishni adapterning o‘zi amalga oshiradi, himoya (izolatsiya) kuchlanishi 100 V. ni tashkil qiladi, yo‘g‘on kabel holatiga nisbatan ancha kam.
3.5-rasm. Adapterni ingichka koaksial kabeliga ulash.
Kimgadir adapter razyomi bilan BNC T— konnektor o‘rtasiga kabel bo‘lagini ulab, adapter va kompyuterdan ulangan tugunni (T— konnektor va ikkita BNC — razyomini) uzoqroq joylashtirish qulaydek tuyuladi. Bunday qilish mumkin, albatta, lekin standart tomonidan bu uzunlik 4 sm.dan oshmasligi ta’kidlangan. Bunday uzunlikdagi kabel bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi, albatta. shuning uchun 6.5-rasmda ko‘rsatilgani kabi ulanishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, Rossiyada ishlab chiqariladigin SR—50 turidagi razyom bilan ham ulashni amalga oshirish mumkin, lekin bu holda razyom o‘lchamlaridagi ozgina farq borligi ulash ishlarida kuch ishlatishga olib keladi, bu esa, adapter platasining butun qolishiga xavf tug‘diradi. Shuning uchun bir turdagi razyomlardan foydalanilgan ma’quldir, ayniqsa, razyomlar narxi hozirda uncha qimmat ham emas (0.5 dollar atrofida).
Agarda, butun tarmoq ingichka kabel yordamida amalga oshirilsa. u holda standartga ko‘ra segmentlar soni 5 tadan oshmasligi kerak. Tarmoqning umumiy uzunligi u holda 925 metrna tashkil etib. to‘rtta repiter lozim bo‘ladi. Bir segmentda abonentlarning eng ko‘p soni (repiterlar bilan) 30 tadan oshmasligi kerak. Ya’ni ingichka kabel yordamida amalga oshirilgan tarmoqda abonentlarning umumiy soni 150 tadan ortiq bo‘la olmaydi.
Kompyuterlarni tarmoqqa ingichka kabel yordamida ulashni 7.6-rasmda ko‘rsatilgan. Bu yerda ham, yo‘g‘on kabel ishlatilganidek standart «Shina» topologiyasidan foydalaniladi.
3.6- rasm. Kompyuterlarni tarmoqqa ingichka sim orqaii ulash.
Ingichka kabelda hosil qilingan bir segmentli tarmoq uchun eng kam uskuna va qurilmalar to‘plami quyidagilardan iborat bo‘ladi:
tarmoq adapterlari (tarmoqqa o‘rnatilgan kompyuter soni bilan teng bo‘ladi);
ikki uchiga ulangas BNC— razyomlar bilan kabel bo‘laklari, ularning umumiy uzunligi tarmoqdagi hamma kompyuterlarni ulashga yetarli bo‘lishi kerak;
BNC—T konnektorlar (tarmoq adapterlar soni bilan teng);
bitta BNC terminatori yerga ulash moslamasiz;
bitta BNC terminatori yerga ulash moslamali.
Agarda, tarmoq bir necha bo‘lakdan tashkil topsa va ularda repiter hamda konsentratorlardan foydalanilsa, u holda hisobga olish kerakki, ba’zi bir konsentratorlar tarkibida joylashgan 50 Om.li terminatorlar ham bo‘ladi (bu hollarda o‘chirib qo‘yilgan), bu esa, moslash muammosini hal qilishni osonlashtiradi. Agarda, bunday terminatorlar bo‘lmasa, u holda tashqi terminatorlardan foydalanish kerak. Bu qurilma segmentning ikki uchiga o‘rnatilganligi uchun, har bir segmentlar uchlariga bunday qurilma kerak bo‘ladi.
Yaqin vaqtgacha 10 BASE 2 uskunasi eng taniqli va keng tarqalgan edi. Kabellar, razyomlar, adapterlar ular uchun juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilar edi, bu hol u uskunalarni doimiy narxi tushib turishini ta’minlardi. Hozirda esa 10 BASE-T uskunasi uni siqib chiqarmoqda, ko‘pchilik hollarda bu esa asoslanmagan ravishda ro‘y bermoqda. Katta bo‘lmagan tarmoqlar uchun 10 BASE 2 uskunalari eng qulay va arzon yechim.
Qachonki, «Shina» qulay bo‘lib, «Passiv yulduz» qulay bo‘lmagan vaziyatlarda, 10 BASE 2 uskuna qismlarini bir necha konsentratorlar ishlatilgan murakkab tarmoq tarkibiga ham qo‘shish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |