1-mavzu: Kompyuter tarmog‘i



Download 1,43 Mb.
bet16/41
Sana15.03.2023
Hajmi1,43 Mb.
#919062
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
100 BASE – TX

Kompyuterlarni 100 BASE-TX tarmogiga ulash amaliy jihatdan 10 BASE-T tarmog‘iga ulash sistemasidan hech farq qilmaydi (3.15-rasm). Lekin bu holda ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlik (UTP) 5 yoki undan yuqori toifadagi kabellardan foydalanish zarur.



3.15-rasm. 10 BASE- T standarti yordamida kompyuterlarni birlashtirish chizmasi.
Kabellarni ulash uchun 10 BASE-T holidagidek 8-kontaktli RJ-45 turidagi razyomlardan foydalaniladi. Lekin bu razyomlar (5-toifadagi) 3-toifadagi razyomlardan biroz farq qilad. Xuddi 10 BASE-T kabi, kabel uzunligi 100 metrdan osha olmaydi, markazida konsentratori bo‘lgan «Passiv yulduz» topologiyasi ishlatiladi. Faqat Fast Ethernet tarmoq adapterlari bo‘lishi kerak va konsentrator 100 BASE-TX segmentini ulash uchun hisoblangan bo‘lishi kerak. Shuning uchun 10 BASE-T tarmog‘ini o‘rnatilayotganda bir vaqtning o‘zida 5-toifadagi kabelni ham o‘tkazishga maslahat beriladi. Tarmoq adapterlari va kabellar o‘rtasiga tashqariga chiqarilgan transiverlar o‘rnatilishi mumkin.
Vaholanki, 10 BASE-T kabelining va 100 BASE-TX kabelning ham maksimal uzunligi 100 metr bo‘lsa ham, bu uzunliklarni cheklash sabablari ikki tarmoq uchun turlichadir.
10 BASE-T kabeli uzunligining 100 metrgacha chegaralanishining sababi, kabelning sifati yomonligida (aniqrog‘i, undagi signalning so‘nishi). Lekin 150 metrgacha kabel uzunligini oshirish mumkin, agarda, sifatli va ko‘rsatgichlari yaxshi kabel ishlatilsa. 100 BASE-TX kabeli uzunligining 100 metr bilan chegaralanishining sababi, axborot aloqasining vaqt talablariga ko‘ra o‘rnatilgani (aloqa yo‘lidan signalni ikki marotaba o‘tish vaqtiga qo‘yilgan chegara) va hech qanday shart bilan ham uzunlikni o‘zgartirib bo‘lmasligi. Standart aytib o‘tilgan ko‘rsatgichni ta’minlash uchun segment uzunligini 90 metr bilan chegaralashni talab qiladi (10 % li zaxiraga ega bo‘lish uchun).
RJ-45 razyomining 8 ta kontaktidan faqat 4 tasigina ishlatiladi (3.3-jadval): ikkitasi (TX+ va TX-) axborotni uzatish uchun va ikkitasi (TX+ va TX-) axborotni qabul qilish uchun. Uzatish


3.3-jadval
RJ-45 turidagi razyom kontaktlarining taqsimlanishi

Kontakt

Vazifasi

Simning rangi

1
2
3
4
5
6
7
8

TX+
TX+
RX+
Ishlatilmaydi
Ishlatilmaydi
RX+
Ishlatilmaydi
Ishlatilmaydi

Oq/qovoqrang
Qovoqrang/oq
Oq/yashil
Yashil/oq




differensial signallar yordamida amalga oshiriladi. Standartda, shuningdek, ekranlangan ikkita o‘ralgan juftlik kabelidan ham foydalanish hisobga olingan (to‘lqin qarshiligi 150 Om). Bu holda 9 kontaktli ekranlangan DB-9 razyomi ishlatiladi, bu razyomni STP IBM 1 tur razyomi, deb ham yuritiladi (3.16-rasm), Token-Ring tarmog‘idagi kabi. Razyom kontaktlarining vazifalari 3.4-jadvalda keltirilgin.


3.4-jadval DB-9 razyom kontaktlarining taqsimlanishi

Kontakt

Vazifasi

Simning rangi

1
2
3
4
5
6
7
8

RX+
Ishlatilmaydi
Islilatilmaydi
TX+
RX-
Islilatilmaydi
Islilatilmaydi
TX-

Qovoqrang
Qizil
Qora
Yashil

100 BASE-TX tarmog‘ida ham 10 BASE-T tarmog‘idagi kabi ikkita kabel turi ishlatilishi mumkin: to‘g‘ri va chorraha (3.17-rasm). Ikkita kompyuterni konsentratorsiz ulash uchun standart chorraha (crossover — перекрёстный) kabelidan foydalaniladi. Kompyuterni konsentratorga ulash uchun to‘g‘ri (direct — прямой) kabeli ishlatiladi, razyomlarining bir xil kontaktlari ikkinchi razyomning shu turdagi kontaktlari bilan ulangan bo‘lishi kerak. Agarda, chorraha ulanish konsentrator ichiga olingan bo‘lsa, tegishli porti «X» harfi bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda ham xuddi 10 BASE-T kabidir.



3.16-rasm. DB-9 razyomi.



3.17-rasm. 100 BASE-TXsegmenxida ishlatiladigan to‘g‘ri va chorraha kabellar.

100 BASE-TX tarmog‘ida tarmoqning ishga layoqatliligini tekshirish uchun ikki paketlarning orasidagi vaqt davomida maxsus signallar (FLP—Fast Link Pulse) uzatilishi ko‘zda tutilgan va ular shuningdek, qurilmalarning tezligini avtomatik ravishda moslash vazifasini ham bajaradilar (Ayto – Negotation — автоматическое согласования).





Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish