Adabiyotlar (asosiy, yordamchi va qo‘shimcha), internet manbalari
1) M.M. Musayev, A. A. Qahhorov, M.M. Karimov «Kompyuter tarmoqlarini yig‘sh» T– 2006.
2) I. S. G‘aniyev, A. A. G‘aniyev «EHM va tarmoqlari» T. 2008.
mavzu: Lokal (mahalliy) tarmoqni tarmoq topologiyasi
Reja:
Tarmoq topologiyasi tushunchalari, «halqa», «shina», «yulduz» topologiya turi
Kompyuter tarmoq topologiyalarini tasniflanishi
Ma’lumot uzatishni fizik muhitiga kirish usullari kompyuter tarmoqlari klassifikatsiyasi
Boshqa topologiyalar,
Tarmoq komponentlari (Hub, Repeater va boshqalar) tarmoqni tashkiliy tuzilishi va funksional roli
Tayanch iboralar: «Halqa», «Shina», «Yulduz», analogli (uzluksiz), raqamli, simleksli, yarim dupleks, dupleksli.
Kompyuter tarmog‘ining topologiyasi jovlashtirilishi, tuzilishi, tarkibi deganda, odatda, biz bir-biriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va aloqa yo‘llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya tushunchasi, avvalam- bor, mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud. Global tarmoqlarda esa, aloqaning tuzilishi foydalanuvchidan berkitilgan va bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o‘zining alohida yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo‘yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo‘lishi mumkin bo‘lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo‘lmasa-da, topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, hamma bilishi kerakdir.
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir:
«Shina» (bus), hamma kompyuterlar bitta aloqa yo‘liga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o‘zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi (4.1.1-rasm);
4.1.1-rasm. «Shina» tarmoq topologiyasi.
«Yulduz» (Звезда, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyuterlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o‘z aloqa yo‘llaridan foydalanadi (4.1.2-rasm);
4.1.2-rasm. «Yulduz» tarmoq.topologiyasi.
«Halqa» (кольцо, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kornpyuterga uzatadi, axborotni esa, zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyuterdan oladi va bu zanjir yopiq, ya’ni halqasimondir (4.1.3-rasm).
4.1.3-rasm. «Halqa» tarmoq topologiyasi.
Amalda ba’zi hollarda asosiy topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatilishi mumkin, lekin ko‘pchilik tarmoqlar sanab o‘tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadi. Endi sanab o‘tilgan tarmoq turlarining xususiyatlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |