3. Paxinema–yo`g`on iplar bosqichi. Bunday atalishiga sabab gomologlarning to`liq konyugasiyasi natijasida xromosomalar yo`g`on bo`lib ko`rinadi. Bularda DNK 4s ga xromatidlar 4n ga teng. Bu bosqichda meyozning eng muhim jarayoni krossingover amalga oshadi. Gomologik xromosomalarning o`xshash uchastkalari bilan almashinuvi. Krossingover natijasida genlarni yangi kombinasiyalari yuzaga keladi.
Paxinemada ham oz miqdorda DNK sintezlanishi ma`lum bo`lgan. Bu bosqichda ba`zi xromomeralarning aktivligi kuzatilib xromosomalar tuzilishi o`zgaradi. Ular “lampa chotkalari” ko`rinishiga ega bo`lgan xromosomalarni hosil qiladi. Bu o`zgarishlar diplonema bosqichida - ayniqsa triton hayvonchalarida - yaqqol ko`rinadi.
4. Diplonema– ikkilamchi iplar bosqichi. Gomologik xromosomalar bir–biridan ajralishi kuzatiladi. Ajralish sеntromer joylaridan boshlanadi. SHu paytda xromosomalarda xiazmalar-krossingover ro`y bergan(gomologik xromosomalarni chalkashkan) joylar ko`rinadi. SK faqat shu uchastkalarda saqlanadi. Xromosomalar qancha uzun bo`lsa - xiazmalar soni shuncha ko`p bo`ladi.
Diplonemada xromosomalarning bir oz kaltalashib kondensasiyalanishi kuzatiladi. Bu bosqichda xromosomalar (triton hujayralarida) “lampa chotkasi” ko`rinishini oladi. Xromosomalarning ayrim uchatkalarida iplari yoyilib uzun ilmoqchalarni hosil qiladi. Builmoqchalarfaoluchastkalarbo`lib, ularda ko`pmiqdorda iRNKsintezlanadi.
Diplonemada faol xromosomalarning bo`lishi meyozni mitozdan farqi hisoblanadi. Mitozning profazasidan boshlab har qanday sintez jarayonlari to`xtaydi. Bunday sintez mahsulotlari murtakning erta rivojlanishi uchun kerakli mahsulotlarni yaratadi.
5. Diakinez–Xiazmalar soni kamayishi, bivalentlarning qisqarishi va yadrochaning yo`qolishi bilan xarakterlanadi. Bivalentlar kompakt shaklga kirib ularning xiazmalari uchlarida joylashadi. Xromosomalarning yadro qobig`i bilan aloqasi uziladi. Bu bosqich hujayra bo`linishiga o`tish bosqichi hisoblanadi. Diakinezda yadrodaerkin joylashgan bivalentlarning sonini aniqlash mumkin.
Metafaza 1–axromatin dukni shakllanishi tugatiladi va bivalentlar hujayraekvatorida bir chiziq bo`ylab joylashadi. Gomologik xromosomalarning sеntromeralari ikki tomondagi qutblarga qaragan bo`ladi. Sеntromeralar bir-biridan ajralib xromosomalar ajralishga tayyor turadilar.
Anafaza 1 –ikkita gomologik xromosomalardan tuzilgan bivalentlar bir biridan ajralib xromosomalar bittadan hujayraning qarama-qarshi qutblariga tortiladi. Har bir xromosoma ikkita xromatiddan tuzilgan bo`lib, sеntromera bilan birikkan bo`ladi. Anafazadagi ajralgan xromosomalar tarkibi jihatidan ota-ona xromosomalaridan farq qiladi, chunki paxinemada krossingoverga uchragan bo`ladi.
Telofaza 1–xromosomalarning ikkita qutblarga tortilishi tugagandan kеyin boshlanadi. Biroz vaqt xromosomalar kondensasiyalangan holatda saqlanadi, shundan kеyin qisqa vaqt davom etadigan interfaza keladi vaxromosomalar despiralizasiyaga (spirallari yoyilishga) uchramaydi. Agar birinchi bo`linishdan kеyin uzoq davom etadigan interfaza kelsa, xromosomalar despiralizasiyaga uchrab hujayra devori bilan ajratilgan ikkita yadro hosil bo`ladi - hujayralar diadasi.
Meyozning ikkinchi bo`linishi. Diadalarning har birida kechadi. Qisqaprofaza 2 dan kеyin bo`linish duki shakllanadi.
Metafaza 2 –xromosomalar ikkita xromatidadan iborat bo`lib, sеntromera bilan bog`lanadi, axromatin bo`linish duki hosil bo`ladi, xromosomalarning soni somatik hujayralarga nisbatan 2 marotaba kam.
Anafaza 2 ning boshida xromatidalarni ushlab turgan sеntromera ochilib har bir xromatida alohida bo`lib, hujayra qutblariga tortiladi. Natijada 4 yadroning har birida xromosomalarning gaploid to`plami hosil bo`ladi.
Telofaza 2 da xromosomalar despiralizasiyalanib, hujayra devori shakllanadi.
2-meyoz mexanizmi jihatidan mitozga o`xshaydi, lekin o`ziga xos belgilarga ega.