Telofaza
Xromosomalarning qutblarga tortilib bo`lgandan kеyin boshlanadi. Erta telofazadaxromosomalar dekondensasiyalanadilar (iplari yoyiladi) va hajmlari ortadi. Ularning sitoplazmadagi pufakchalarga tegib turgan joyida yadro membranasi hosil bo`la boshlaydi. Yadro qobig`i tiklangandan kеyin xromosomalarning SAT zonalaridan yadrocha shakllanadi.
Bo`linish duki buzilib uning moddalari hujayraekvatorida fragmoplastni hosil qilib, undan o`z navbatida yangi plazmatik membranaelementlari hosil bo`lib, ikkita hujayraorasida to`siq hosil qiladi. Endoplazmatik to`r elementlari anafazada hujayraekvatoriga joylashib, bu еrda zich o`ramni hosil qiladi va qiz hujayralarning orasida to`siq hosil qilishda ishtirok etadi.
Telofazaning muhim hodisasi- sitokinez. O`simliklarda hujayra ichida to`siq hosil bo`lishi bilan boradi. Hujayra markazida endoplazmatik to`r elementlaridan tuzilgan fragmoplast hosil bo`ladi. Endoplazmatik to`r elementlari pektin moddasini sintezlay boshlaydilar, ular pufakchalar ko`rinishida hujayra markazida to`planib chekkalarga qarab tortiladi. Vakuolalar qo`shilib plastinkani hosil qiladi. Plazmatik membrana plastinka bilan qo`shilib yangi membranani hosil qiladi.
Hayvonlarda plazmatik membrananing ichkariga botib kirishi haqida “qisqaruvchi xalqa” farazi mavjud. Unga asosan hujayraning kortikal qatlamida plazmatik membrananing ostida mushak hujayralaridagi fibrill tolalariga o`xshash tuzilmalar joylashgan bo`lib, ularning qisqarishi plazmatik membrananing ichkariga botib kirishini ta`minlaydi. Mitoz har doim ham sitokinez bilan tugamaydi. Ba`zi hujayralarda (endosperm) bir necha marta bo`linish sikli takrorlanib, sitokinez ro`y bermaganligi uchun yirik ko`p yadroli hujayralar hosil bo`ladi.
Hujayra va yadro bo`linishini stimullovchi faktorlarga DNK , RNK vaoqsillarning faol sintezi, tashqi muhitning ijobiu ta`siri, moddalar almashinuvi jarayonining yuqori darajada bo`lishi kiradi. Mitozni tormozlovchi faktorlarga keskin harorat (shok), zaharli moddalar, narkotiklar kiradi.
Mitoz butun hujayraning bo`linishi bo`lgani uchun hujayraning hamma komponentlari bunda ishtirok etadi. Endoplazmatik to`r membranalari maydaelementlarga, Golji apparati alohida diktiosomalargaajraladi. Hujayra markazi mikronaychalar bilan to`lgani uchun hujayra komponentlari vaorganoidlari chekka qismlarga suriladi. Hujayra bo`lingandan kеyin organoidlar passiv ravishda ikkita hujayraga taqsimlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |