Meyozning ahamiyati
Jinsiy usul bilan ko`payadigan organizmlarda bir hujayradan 4ta gametalar hosil bo`lib, ularning har biri ota-ona hujayralariga nisbatan ikki marta kam xromosomalarga ega. Urug`lanish natijasida ikkita gameta qo`shilib, shu tur uchun xos xromosomalar soni tiklanadi. Meyoz bo`lmaganda gametalar qo`shilishi xromosomalar sonining ikki hissa oshishiga olib kelar edi.
Meyoz gametalarda genlarni yangi kombinasiyalarini hosil bo`lishiga olib keladi. Bu esa avlodlarning genotipi va fenotipida o`zgarishlar yuzaga kelishigaolib keladi. Demak, meyozning biologik roli jinsiy ko`payish xususiyatiga ega organizmlarda avloddan –avlodga xromosomalarning o`zgarmas (doimi) soni saqlanadi. Meyoz hayvonlarda gametalar hosil bo`lishda va o`simliklarda sporalar hosil bo`lishida ro`y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |