1-Mavzu: Kirish. Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari



Download 15,56 Mb.
bet96/131
Sana27.01.2022
Hajmi15,56 Mb.
#412534
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131
Bog'liq
maruza matn 2020

Uyga vazifa topshiriqlari:
Yong’in xavfsizligi to’g’risida klasster tuzish. [1] F.Yormatov, Y Isomuhamedov “Mehnatni muhofaza qilish” 312 - 318bet. [2] M. Sodiqov, B. Yusupov “Mehnat muhofazasi” 98bet. [3] Yo’ldashev O’.R, Rahimov O.D va boshqalar “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi” O’quv qo’llanma 24-25 bet.

1 - ilova.



Mavzu: Yong‘in xavfsizligi tizimiga qo‘yiladigan talablar va yong‘inga qarshi himoya tizimi.

Reja:


1. Yong’in muhofazasini tashkil etish.

2. Yong’inga qarshi suv ta’minoti.

3. Yong'indan xabar beruvchi moslamalarning turlari bilan tanishish.

4. Evakuatsiya yo’llari.


1. Yong’in muhofazasini tashkil etish.

Tashkilot, korxona va xo'jaliklarda yong'in muhofazasini tashkillashtirish va obyektlarning yong'inga qarshi holatini ta'minlash o't o'chirish tashkilotlarining rahbariga yuklatiladi. U har bir ishlab chiqarish bo'limi uchun buyruq bilan javobgar shaxsni belgilashi va uning ishini nazorat qilib borishi zarur.

Xo'jalik yoki korxonalarning ma'muriy-texnik xodimlari o'zlariga tegishli obyektlarni ko'rish va ulardan foydalanish davrida yong'inga qarshi barcha tadbirlarni to'liq amalga oshishini ta'minlashlari, yuqori yong'in muhofazasi tashkilotlarining ko'rsatmalari hamda qarorlarini bajarilishini nazorat qilib borishlari zarur.

Vujudga kelishi mumkin bo`lgan yong`innioldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

-tashkiliy (ko`ngilli o`t o`chiruvchi drujinalari yoki yong`indan muhofazalash drujinalari tuzish, omma orasida tushuntirish ishlari olib borish);

- texnikaviy tadbirlarga ishlab chiqish (yong`in yoki portlash jixatidan xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektr jixozlar o`rnatish, nosoz pechlar, mashinalar, elektr jixozlardan, shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda

-olovdan foydalanishni taqiqlab qo`yish, yashin kaytargichlar o`rnatish; chiqqan yong`inning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida ob'ektlarni o`tga chidamli materiallardan qurish;

- binolar orasidagi yong`inga qarshi oraliqlarga rioya qilish; y yonayotgan binolardan odamlar, hayvonlar va qimmatbaho xo`jalik buyumlarini muvaffaqiyatli ravishda ko`chirishga imkon beradigan choralarni ko`rish (kerakli mikdorda eshiklar, zarur kengliqda yo`laklar qurish va ularni to`sib qo`yishni man etish; yong`inni o`chirishni osonlashtiradigan tadbirlarni ko`rish (yong`inni o`chirish, narvonlar, kuzatish minoralari, suv havzalari va binolarga kelish yo`llari qurish, yong`inga qarshi avtomatlashtirilgan uchirish vositalarini hamda signalizasiyasini o`rnatish).

Yong‘in bilan kurash muvaffaqiyatli o‘tish har bir kishining yong‘inda harakat qilinishining ketma-ketlikligiga rioya qilishlariga bog‘lik.

Har bir ob’ektning xususiyatiga ko‘ra yong‘inga qarshi o‘ziga xos rejim o‘rnatiladi:

-ob’ektlarga olib chiqadigan yo‘llar tartibliligi;

-materiallarni, tayyor mahsulotni saqlash normalari;

-ochiq olovni ishlatish qoidalari;

-ob’ektga transportni kirish-chiqishi;

-yong‘inga qarshi asbob-uskunalarning yetarliligi;

-korxonaning yong‘inga qarshi kurash haqida boshqa me’yoriy hujjatlari va ko‘rsatmalariga rioya qilinishi.

Umumiy qoidalar asosida tsex, uchastkalar, omborlar, bo‘limlarda yong‘inga qarshi rejimlar belgilanadi:

-eng dastavval yong‘inga qarshi kurashish qoidalari;

-yong‘in boshlanganda ishchi va xizmatchilarning burch va vazifalari;

-yong‘in chiqqanda korxonadan odamlarni evakuatsiya qilish tartibliligi;

-yonilg‘i moylarni saqlash qonun-qoidalari.

Yong‘in paydo bo‘lganda, dastlabki harakat uning manbaini tugatishga qaratilishi kerak, shu bilan birga elektr manbalarini o‘chirmasdan suvdan foydalanib bo‘lmaydi, aks holda, inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.



Ishlab chiqarishni portlash va yong’in xavfliligi bo’yicha kategoriyalari. Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan moddiylarning yonish xususiyati bo’yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi va ular - A, B, V, G, D, E ko’rinishlarida shartli belgilanadi.

A-kategoriyadagi ishlab chiqarish, portlash-yonishgaxavfli ishlab chiqarish bo’lib, ungabug’larining alangalanish harorati 28°S dan kam bo’lgan va havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli havo yoki moddiylar bo’lgan hamda suv, kislorod, havo yoki o’zaro ta’sirda alangalanuvchi moddiylar ishlatiladigan ishlab chiqarish kiradi.

B-kategoriya - portlash-yonishgaxavfli ishlab chiqarish. Bunga bug’larining alangalanish harorati 28 dan 61°S gacha bo’lgan suyuqlikar. Havo tarkibida 10 % gacha portlashgaxavfli siqilgan gaz, changlar bo’lgan, shuningdek 5 % gacha pastki portlash miqdori Npv>65 g/m3 bo’lgan changlar mavjud ishlab chiqarishlar kiradi.

V-kategoriya – yonishga xavfli ishlab chiqarish, alangalanish harorati 61°S dan yuqori bo’lgan suyuqlikar ishlatiladigan va Npe>65 g/m3 miqdordagi yonuvchi chang, gazlar mavjud havo muhiti bo’lgan, shuningdek qattiq yonuvchi moddiylar ishlatiladigan ishlab chiqarishlardir.

G-kategoriya - yong’ingaxavfli ishlab chiqarish. Yonmaydigan moddiylarga issiqlik yoki alangata’sirida ishlov berish ko’llaniladigan ishlab chiqarish.

D-kategoriya - yong’inga va portlashgaxavfsiz ishlab chiqarish. Bunda yonmaydigan moddiylargasovuq holatda ishlov beriladi (yig’ish, ajratish, yuvish tsexlari).

E-kategoriya – portlashga xavfli ishlab chiqarish. Yonuvchi gaz va bino hajmining 5 % miqdorida portlashga moyil bo’ladi. O’t o’chirish uskunalari: qo’lda ishlatiladigan birlamchi vositalar, bir joyda muqim o’rnatiladigan va mehanik yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar, har hil masofadagi hududlarda harakatlana oladigan ko’chma uskunalar va boshqalarga bo’linadi.

Mamuriy binolarda va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar yonida, yong’in xavfi mavjud bo’lgan joylarda o’t o’chirishda qo’llaniladigan asboblar o’rnatilgan bo’lishi shart.

Birlamchi o’t o’chirish vositalariga tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong’ln navbatchisi a’zolari tomonidan ishlatishga mo’lajallangan yong’inga qarshi qalqonlarda izohlangan oddiy asboblar va uskunalar kiradi. Unda yong’in havfsizligi me’zonlariga ko’ra quydagi o’t o’vhirish vositalari va asboblari zarur bo’lganda oson olinadigan olinadigan qilib osib qo’yilgan bo’lishi zarur: ikki dona qo’lda ishlatiladigan ko’pikli va korbanat angidiridli o’t o’chirgich, ikki dona bolta, ikki dona suv sepish elastik shlankasi va suv sepish stvoli, suv bo’chkasi, qum solingan quti, ikki dona konussimon chelak, ikki dona belkurak,ilgakli changak, mis uchli lom, yong’in xavfsizligi qoidalari, yong’in o’chiruvchi navbatchining ish jadvali.

Bunday qalqonlar mamuriy binoning hovli tomonida, binoga kirish eshigi yaqinida joylashtiradi. Ishlab chiqarish korxonalarida yong’in havfi mavjud bo’lgan sexlar va omborxonalarga kirisheshiklariga yaqin joyda joylashtiriladi.Himoyalanayotgan hududning har 5000 m2 ga 1 ta qalqon o’rnatiladi.


Download 15,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish