3. Materiallarning yonish va portlash bo'yicha tasnifi.
Yonish—murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo'lib, u yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi kislorodning o'zaro reaksiyasi ta'sirida yuzaga keladi. Yonish sodir bo'lishi uchun albatta yonuvchi modda, kislorod va yonish manbai bo'lishi kerak. Agar havo tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo'lsa, yonish jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10% bo'lganda esa tutash yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8% bo'lganda esa tutash ham to'xtaydi.
Yong'in manbaini ikki turga ajratish mumkin, ya'ni ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar) va yashirin (kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo'ladigan issiqlik miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorbsiyasi, adibatik siqilishlar, ishqalanish, zarba).
Yong'inni o'chirishning mohiyati, yuqorida ta'kidlangan uchta yonish jarayonini tashkil etuvchilarning o'zaro ta'sirini to'xtatishdan iborat.
Haroratining tb dan tyo oralig'ida materialning erishi, bug'lanishi ro'y beradi. Harorat tyo dan ortgandan so'ng, oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta'sirida harorat tez o'sadi. Tutash, o't olish haroratida esa butun material tutashi kuzatiladi va nihoyat harorat ta ga yetgach, alangalanish boshlanadi. Natijada, harorat ortib, yonish harorati (tyo) ga yetadi. Bu vaqtda tashqi manba olinganda ham yonish davom etadi.
Tutash, o't olish harorati (t,)—bu yonuvchi moddaning eng quyi harorati bo'lib, bunda buyumning ustida gaz va bug'lar hosil bo'ladi va ular tashqi manba ta'sirida alangalanadi. Lekin, ularni hosil bo'lish tezligi, manbai yonish jarayonini kechishi uchun kam hisoblanadi. Alangalanish haroratida ta esa yonuvchi material tashqi manba ta'sirisiz ham yonadi. Shu sababli, har doim tt harorati ta haroratidan kichik bo'ladi.
Materialga issiqlik (yonish manbai) ta'sir etgan vaqtdan alangalanish davrigacha bo'lgan vaqt oralig'i induksiya davri deb ataladi.
Ayrim modda yoki materiallar ma'lum haroratda o'z-o'zidan alangalanish xususiyatiga ega bo'ladi. Ularning bu xususiyati havo, suv va material (modda)larning o'zaro ta'sirida yuzaga kelishi mumkin.
Alangalanish haroratiga bog'liq holda yong'inga xavfli suyuqliklar tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarga bo'linadi. Tez alangalanuvchi suyuqliklarning bug'lari 45° C haroratda, yonuvchi suyuqliklar esa 45°C dan yuqori haroratda alangalanadi. O'z-o'zidan alangalanish harorati turli xil material va moddalarda turlicha bo'ladi, masalan, kerosin uchun 250—265°C, benzin uchun A-66- 255°C, dizel yoqilg'isi uchun DZ-240°C va h.k.
Materiallarning yonish va portlash bo'yicha tasnifi:
Barcha qurilish materiallari yonish xususiyati bo'yicha quyidagi uch turga bo'linadi:
— yonmaydigan materiallar — tashqi yong'in manbai ta'sirida yonmaydi;
qiyin yonuvchi materiallar — tashqi manba ta'sirida yonib, manba olingach, mustaqil yonmaydi;
Materiallarining yonish bo'yicha darajasi.
№
|
|
|
Nomlanishi
|
Alangalanish
|
Turg'un yonish
|
Erish
|
1.
|
Qog'oz gazet uchun
|
2-3
|
3-4
|
-
|
2.
|
Oq qog'oz uchun
|
8-10
|
15-18
|
-
|
3.
|
Quruq somon uchun
|
8-12
|
17-20
|
-
|
4.
|
To'kilgan barg
|
10-14
|
18-28
|
-
|
5.
|
To'q rangli paxtadan tayyorlangan material
|
8-10
|
16-25
|
-
|
6.
|
Och rangdan paxtadan tayyorlangan materiallar
|
-
|
-
|
-
|
7.
|
Avtomobil, traktor rezinasi
|
6-10
|
15-20
|
-
|
8.
|
Brezent
|
10-12
|
15-20
|
-
|
9.
|
Quruq yog'ochdan tayyorlangan bino
|
12-16
|
40-45
|
-
|
10.
|
Quruq yog'ochdan va archa yog'och
|
12-16
|
40-50
|
-
|
11.
|
Oq rangga bo'yalgan yog'och
|
40-45
|
100-150
|
-
|
12.
|
To'q ranga bo'yalgan yog'och
|
6-10
|
20-30
|
-
|
13.
|
Tol ruberoid
|
14-20
|
25-40
|
-
|
14.
|
Shiferli qoplama
|
-
|
-
|
700
|
15.
|
Temir qoplama
|
-
|
-
|
250
|
16.
|
Deraza oynasi
|
-
|
-
|
700
|
17.
|
Palatka uchun brezent
|
10-15
|
20-25
|
-
|
18.
|
Ochiq idishdagi benzin
|
0.8-1
|
-
|
-
|
19.
|
G'ishtli temir-beton devorlar
|
-
|
-
|
700
|
20.
|
Dermantin
|
6-14
|
-20-25
|
-
|
21.
|
Oq rangga bo'yalgan sisterna
|
-
|
-
|
70
|
yonuvchi materiallar — tashqi yong'in manbai olingach, mustaqil yonish xususiyatiga ega bo'ladi.
Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug'lanish natijasida portlovchi aralashma muhit hosil qiladi. Bundan tashqari, ayrim changlarning havo bilan aralashmasi portlashga xavfli hisoblanadi. Ular yonish va portlash xavfliligi bo'yicha portlashga xavfli (aerozol holatida) hamda yonishga xavfli (aerogel) turlarga bo'linadi va quyidagi to'rt sinfga ajratiladi:
sinf — portlashga o'ta xavfli changlar, alangalanishning quyi chegarasi—15 g/m3 gacha bo'lgan muhit;
sinf — alangalanishning eng quyi chegarasi 16 dan 65 g/m3 gacha bo'lgan, portlashga xavfli muhit;
3 va 4-sinf — alangalanishning quyi chegarasi 65 g/m3 dan yuqori bo'lgan yonishga xavfli muhit. 3-sinfdagi changlarning alangalanish harorati — 250°C, 4-sinfga taalluqli changlarniki esa — 250°C dan yuqori.
Yong'inga xavfli zonalar — bu bino yoki ochiq maydonning yonuvchi moddalar saqlanadigan qismi. Ular 4 sinfga bo'linadi, ya'ni P-I, P-II, P-IIa va P-III.
P-I sinfdagi zona — gaz va bug'larining 61°C dan yuqori haroratda portlash ehtimoli bor suyuqliklar saqlanadigan binolar;
P-II sinfdagi zona — yonishga moyil chang va gazlar ajralib chiqadigan ishlab chiqarish binolari;
P-II a sinfdagi zona — qattiq va tolasimon yonuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish binolari;
P-III sinfdagi zona — qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan hamda bug'larining portlash harorati 61°C dan yuqori bo'lgan suyuqliklar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ishlab chiqarish bino va maydonlari.
2 - ilova.
Do'stlaringiz bilan baham: |