2. Yonish jarayonining mohiyati.
Yonish jarayoni - bu yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisadir.
Yonuvchi modda deyarli hammaj oyda b or: bular har xil yog‘och mahsulotlari va jihozlari, qog‘oz mahsulotlari, kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va har qanday organik moddalardir.
Yondiruvchi muhit - bu bizni o‘rab turgan havo tarkibidagi kislorod bo‘lib, u ham hamma vaqt mavjud.
Ba’zi bir hollarda yonishj arayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro‘y berishi mumkin.
Yonish jarayoni asosan ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisida qattiq jismlar yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda bo‘ladi. Kislorod bilan birikish yonish joyidagi issiqlik natijasida sodir bo‘ladi va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan holatda yuqoriga qarab yo‘naladi va o‘z o‘rniga havo bilan kislorodning qizdirishiga sababchi bo‘ladi, bu holat yonuvchi modda tamom bo‘lguncha davom etishi mumkin. Bu yonish havo harakati natijasida yonishni kislorod bilan ta’minlaganligi uchun diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonishni yog‘och, ko‘mir, sham va boshqalar yonganda kuzatish mumkin.
Yong‘inlar ham asosan diffuziya tartibida bo‘ladi. Yonishning ikkinchi xili - yonuvchi gazlar, yonuvchi suyuqliklarning bug‘lari va yonuvchi moddalarning changlari havo bilan aralashgan holatdagi yonishi — gigiyenik yonish deb ataladi. Bunday yonish hajmiy yonish jarayonida o‘tadi, ya’ni shu ma’lum hajmdagi modda baravar yonadi. Yonish tezligi modda miqdor zichligiga, haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bunday yonish yopiq hajmlarda yoki idishlarda bo‘lsa, portlash hodisasi ro‘y beradi.
Yonish jarayonining turlari:
Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
chaqnash - yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib -o‘chishi. Bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyorlashning zarurati yo‘q;
qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi;
alangalanish - yonishning alanga olib davom etishi;
o‘z-o‘zidan yonish - moddalar ichida asosan organik moddalarda ro‘y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o‘z-o‘zidan yonib ketishi;
o‘z-o‘zidan alangalanish - o‘z-o‘zidan yonganligi bilan davom etishi;
portlash - o‘ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o‘tishi.
Yonuvchi modda ma’lum haroratlarda o‘zidan yonuvchi nurlar ajratib chiqarishi natijasida muhim alangalanish ta’minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb yuritiladi.
Ishlab chiqarish va hayot faoliyati davomida yong`inni kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin:
a) isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarining buzilishi;
b) ishlab chiqarishda yoki uyda olovni ehtiyotsizlik bilan ishlatish;
c) kerosinda ishlaydigan yoritish yoki qizdirish asboblarini noto`g`ri o`rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish;
v) yashin yoki statik elektr razryadlar, mashinalar va ishlab-chiqarish jihozlarining nosozligi hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (ichki yonuv dvigateldaridan chiqadigan uchqunlar, elektr qurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki ularning yyerga ulanib qolishi, elektr simlarida zo`riqishning yo`l qo`yilmaydigan darajada ortib istishi, kontaktlari yomon bo`lgan joylarning qizib ketishi va ulardan uchqun chiqishi, bug` qozonlarining portlashi);
d) qishloq xo`jaligi mahsulotlarining yoki yonilg`ining saqlash qoidalariga rioya qilmaslik natijasida o`z-o`zidan yonib ketishi sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |