Yelka arteriyasi (6) ni ikki boshli mushak yon tomonida yelkaning ichki tarafidan yelka suyagiga bosiladi. Qo‘l panjasi arteriyalari shikastlanganda esa, bilak arteriya (7) si kaft usti sohasida bosh barmoq yonidan tagidagi suyakka bosiladi. Son arteriyasi (8) (son arteriyasi o‘rta va pastki uchdan bir qismidan shikastlanganida) musht qilib tugilgan qo‘l bilan chov qismida q ov suyagiga bosiladi. Boldir yoki oyoq panjasi qismidagi jarohatdan arterial qon oqayotganida taqim arteriyasi (9) taqim chuqurchasi qismida siqilib qoladi, buning uchun qo‘lning bosh barmog‘i tizza bo‘g‘imining oldingi yuzasiga qo‘yiladi, boshqa barmoqlar bilan esa arteriya suyakka bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |