Sholler usuli. Qo‘llari yon tomonga maksimal cho‘ziladi (nafas olinadi), so‘ngra ko‘krak qafasi ustiga keltirib bosiladi (nafas chiqariladi).
Og‘izdan og‘izga yoki og‘izdan burunga havo puflash usuli sun’iy nafas oldirishning eng ta’sirchan oddiy usullaridan hisoblanadi. Bemoming boshi orqaga ko‘proq engashtirilib chalqancha yotqiziladi. Buning uchun bemorning kuraklari ostiga yumaloqlangan kiyim-bosh yoki mato qo‘yiladi. Bemor burni barmoqlar bilan qisiladi, og‘ziga ro‘molcha yoki doka yopiladi va chuqur nafas olib, bemorning og‘ziga puflanadi.
Sun’iy nafas oldirish mustaqil nafas olish tiklanguncha cheklanmagan holda amalga oshirilishi kerak.
Sun’iy nafas oldirish bemorni tabiiy nafas olish tiklanganidan keyin yoki vrach ko‘rsatmasiga muvofiq to‘xtatiladi.
Agar shu usullar ish bermasa, ya’ni nafas olish tiklanmasa, yurakni massaj qilish usulini, qo‘lda yoki sun’iy nafas oldirish vositasini qo‘llash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |