1-mavzu: kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari. Reja



Download 315,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.03.2022
Hajmi315,17 Kb.
#520591
  1   2
Bog'liq
кимё укитиш методикаси (1)



1-MAVZU: KIRISH. KIMYO O'QITISH METODIKASI FANI, 
VAZIFALARI. 
REJA: 
1. Maktabning hozirgi zamon holati.
2. Kimyo o'qitish metodikasi vazifalari.
3. KO’M metodik yunlishi.
4. KO’M boshqa fanlar bilan bog'lanishi.
 
Tayanch iboralar: 
Milliy ta’lim dasturi, maktab o’qituvchisi vazifasi. Metodik vazifalar. 
Metodologiya, fanlar aloqasi.

O’qituvchi butun umri davomida o’qiydi.
Agar o’qituvchi o’qishdan to’xtasa,
undagi o’qituvchilik o’ladi!”
K. D. Ushinskiy
Mavzuning dolzarbligi
.
Zamonaviy maktab bitiruvchilariga qanday talablar 
qo’yilmoqda? Dunyoning turli mamlakatlaridagi o’qituvchilarning bu boradagi 
qarashlari juda yaqin. Bugungi kunda o’quvchilar maktab o’quv dasturining asosiy 
kursini muvaffaqiyatli o’rganishlari yetarli emas, ular mustaqil bo’lishni, axborot 
bilan ishlashni va bilim olishni o’rganishlari kerak. Zamonaviy maktabdagi 
o’quvchilarga tayyor bilim berish emas, balki ularga qanday qilib bilim olishni 
o’rganish kerak. Faqat shundagina ular XXI asr axborot jamiyatida muvaffaqiyatga 
erishishlari mumkin. 
Biroq, shuni aytish joizki, bolalar biror axborotni qachon bajonidil 
o’rganishadi 
va 
o’zlashtirishadi, 
qachonki 
ularda 
shu 
narsaga 
nisbatan 
qiziqish
bo’lsa. Hozirgi kunda o’quvchilar uchun eng jozibador axborot 
manbalaridan biri kompyuter va Internetdir. O’quvchilarning bu qiziqishlaridan 
kelib chiqqan holda darslarda AKTdan to’g’ri foydalanish o’quv jarayonining 
yanada sermahsul bo’lishini ta’minlaydi. Shunday qilib, ta’lim jarayonida AKTdan 
foydalanish modaga hurmat emas, balki ongli zaruratdir. 
Yosh avlod ma'lum bilimlar yig'indisini bilibgina qolmay, mustaqil davlat 
quruvchiga xos ma'naviyat va ma'rifat egasi bo'lib, o'zining mehnatga munosabati 
va xulq atvori hammaga havas qildiradigan bo'lishi kerak. 
Bizning mamlakatda o'qituvchiga, yosh avlodni tarbiyasiga katta imtiyozlar 
berilmoqda. Shu sababli oliy ta'lim oldida birinchidan studentlar jamoasiga bilimli, 
ma'naviyatli hamda o'zbek millatiga xos tafakkurga ega bo'lgan yoshlar qabul 
qilish, ularni bilim bilan qurollantirish va yuqori ma'nosida buyuk inson darajasiga 
etkazish kerakdir. Buni bajarishda fan o'qituvchilari xizmati kattadir. 
O'qituvchi-mukamal shakllangan kimyo fani bo'yicha mutaxassis bo'lishi kerak. U 
kimyo fani, kimyoviy bilimlar va amaliy uslublardan tashqari bolalarning yoshiga 
qarab psixologiyasini bilish kerak. U oldindan bilim berishning hamma 


bosqichlarini amalga oshirish uslublarini mukammal egallashi kerak. O'zi dars 
beradigan fanning didaktik asoslarini bilib, bilimni berish umumiy uslublarini 
bolalar yoshlarini hisobga berib, o'zining hayotiy tajribasiga asoslanib bilimni 
etkazishi kerak. 
O'qituvchi o'zining bilimini hamma vaqt to'xtamay oshirib borishi shart, ya'ni 
pedagogik texnologiyalarini egallashi, o'quv jarayoni mukammallashtirishga 
harakat qilishi kerak. Chunki o'qituvchi o'z izlanishlarida to'xtab qolsa, ertasiga u 
shablon qotgan fikrlab qoladi va yuqori xavas qiladigan darajadagi insonlar 
orasidan chiqib qoladi va o'quvchilar orasida unga nisbatan xurmat 
ozayadi, bolalar unga taqlid qilishi, xavas qilishi yo'qolaboshlaydi. 
Har bir o'qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o'zining tajribasi 
bilan to'ldirishi kerak va shunda o'quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir 
inson uziga xos uslub va unga xos shaxsiy xislatlarga ega. 
Kimyo o'qitish uslublari ma'lum tartibda o'rganiladi. Avval o'qish jarayonining 
asosiy vazifalari qarab chiqiladi. Keyin o'qish jarayonini 
tashkil etish uslublari

o'qitish qurollari, shakli va o'qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish uslublari qarab 
chiqiladi. 
Kimyo o'qitish uslublari faqat ma'ruzalar orqali etkazilmaydi, studentlar tajribalar 
ko'rsatish uslublarini bilishi, darslarni rejalashtirishni, kimyoviy masalalarni echish 
uslublarini, dars berish shakllarini va boshqalarni bilishi kerak. Shu sababli ular 
kurs ishlari bajarishi, pedagogik amaliyotda mustaqil ishlashi kerak. Uslublarni 
o'rgatayotganda maktab, akademik litsey, kasb hunar kolledjlarga ekskursiyalar 
qilish kerak. Maxsus kurslar, maxsus kurslardan amaliyotlar ham tashkil etish katta 
ahamiyatga ega. 
Fan va texnikaning rivojlanishi o'quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar 
to'lqiniga bo'lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Bugungi kun nuqtai-nazaridan 
qaraydigan bo'lsak, o'quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va 
mustaqil fikrlay olishi zarur. O'quvchilardagi bunday xislatlarni maktab 
o'qituvchilari rivojlantirib boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak 
avlodimiz uchun bunday sharafli ishda mas'uliyat bilan ishlash har bir pedagogning 
burchi hisoblanadi. Bunday mas'uliyatli ishni hal etish o'quvchilarni chuqur va 
mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va 
fikrlashga qaratishni uslubiga bog'liq. Har qanday mutaxassis o'z ishi metodikasiga 
qanchalik e'tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. O'qituvchi ishining 
asosiy o'qitish metodikasi o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash metodikasidir. 
Kimyo o'qituvchisi ishining asosi-kimyo o'qitish metodikasidir. 
Kimyo metodikasi, boshqa o'quv predmetlari o'qitish 
metodikasi kabi
, asl mohiyati 
bilan 
olganda, 
uchta 
asosiy 
masalani: 
ta'lim-tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalarini; bu ishning mazmuni;
o'quvchilarni ma'lumotli qilish va tarbiyalash protzessining xarakterini hal qilib 
beradi.
O'qituvchi o'z faoliyatida rejissyor, aktyor, muxarir, tashkilotchi vazifasini 
bajarishga majburdir, ulardan bittasi bo'lmasa bu o'qish jarayoniga salbiy ta'sir 
etadi. Kimyo o'qitish metodikasi darslarida Universitet ziyolilari yangi bilim 
bermay, student bilimini o'quvchiga yetqazish uslublarining metodlarini 


o'rgatadilar. Kimyo uslublari umumiy pedagogik yo'nalishlardan farqlanishi 
mumkin, shu sababli kimyo o'qitish metodikasi quyidagi uch vazifani bajarishga 
harakat qiladi:
- o'quvchilarni mehnatga o'rgatish-ularni kelgusi amaliy 
faoliyatga tayyorlash 
zarurdir

- o'quvchilarni kimyo faniga nisbatan qiziqishlarini yanada orttirish; 
- o'quvchilarni mustaqil ravishda izlanuvchanlikka va bilim olishga o'rgatish; 
- o'quvchilarda kundalik turmushda, hayotda bo'ladigan o'quv va malakalarini hosil 
qilish; 
- o'quvchilarning qo'lidan keladigan ijtimoiy foydali ishga jalb qilish; 
- kimyo fanining hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirish; 
- jismoniy baquvvat, aqlan yetuk insonlar darajasiga etqazish; 
- elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi bilan konkret tanishish kimyo 
kursining asosiy mazmunini tashkil etadi; 
Kimyo o'qitish o'quvchilarni tarbiyalashning qudratli vositasidir, kimyo o'qitish 
o'quvchilarni mehnatsevar va vataniga muhabbat qo'yadigan q'ilib, fanga chuqur 
qiziqadigan qilib, ilmiy predmetlar to'g'risida mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega 
qilib, ijodiy faollik ko'rsatadigan, kimyodagi asosiy tushuncha va qonunlarning 
tadrijiy-tarixiy rivojlanishiga to'g'ri nuqtai-nazardan qaraydigan qilib tarbiyalashi 
kerak. Kimyo o'qitish uslublaridan xususan kimyo o'qitishga xos uslublar hamda 
umumpedagogik uslublarni qo'llash mumkindir. Masalan, tajriba va tushuntirish 
muammosi quyidagicha bo'lishi mumkin: 
a) oldin tajriba, keyin izoh; 
b) 
avval izoh
, keyin tajriba; 
v) izoh va tajriba birgalikda; 
g) uyga vazifa qo'ralib, tajribani ko'rsatib, so'ngra izohlash. 
Kimyo o'qitish yangi uslublarini ishlab chiqishda umumpedagogik tadqiqotlardan: 
pedagogik kuzatish, tadqiqotchining o'qituvchi va o'quvchi bilan suhbati, 
anketalash, kuzatilgan darsni pedagogik tashkil etish, tajriba q'aytadan sinab 
ko'pchilikka taklif etishni qo'llanilishi shartdir. Kimyo o'qituvchisi g'oyaviy 
shakllangan shaxs bo'lishi, fanni chuqur bilishi, tarbiyalash va o'qitishning asosiy 
nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda to'g'ri qo'llay bilishi, hamda pedagogik 
tajribalardan xabardor bo'lishida kimyo o'qitish uslublari fanining alohida o'rni bor. 
Chunki bu fan maktabda kimyo o'qitish fanining mazmuni va uni o'quvchilar 
tomonidan tushunib olish qonuniyatlarini o'rgatuvchi, yo'naltiruvchi pedagogik 
quroldir. Kimyo o'qitish uslublarining mohiyati fan sifatida bu kimyo 
o'qitish jarayoni qonuniyatlaridir, bunga:o'qitish maqsadi, mazmuni, uslublari, 
shakllari, vositalari hamda o'qituvchi va o'quvchi orasidagi faoliyat kiradi. Kimyo 
metodikasining funksiyasi o'rta maktab o'quvchilarining asosiy faktlarni tushuncha 
qonuniyatlar va nazariyalarini, ularni kimyoga xos bo'lgan jumlalarda ifodalash 
optimal yo'llarini topishdan iborat. Didaktikaning asosiy xulosalari, qonuniyatlari 
va prinsiplariga tayanib ta'lim-tarbiyani va yetuklikni o'stiradigan kimyo 
o'qitishning asosiy vazifalarini metodika hal qiladi. O'quvchilarning kasb tanlashi 
politexnik ta'limot muammolariga katta e'tibor beriladi. Metodika esa didaktika 
kabi o'quvchilarning bilim olish faoliyatlarini rivojlantirish, o'stirish va dialektik 


materialistik dunyoqarash asoslarini hosil qilish masalalarini ko'rib chiqadi. Bunda 
kimyo metodikasining ta'siri har xil qiziqishga va boshqa o'ziga xos xususiyatlarga 
ega bo'lgan har xil yoshlarga turlicha ekanligiga e'tibor berilishi shartdir. Kimyo 
metodikasini ilmiy asosida hal qilish uchun maktab kimyo kursining konkret 
materiallariga dialektik-materialistik falsafa nuqtai 
nazaridan qarab asoslanish

pedagogikaning, fiziologiya va psixologiyaning hozirgi zamon ma'lumotlarini har 
tomonlama hisobga olishi albatta zarur. 
Kimyo o'qitish metodikasi asosida quyidagi metodologik yo'nalishlar mavjud: 
1. Umumiy dialektik uslub, bunda tushunchalarning fikrlash davomida rivojlanishi, 
o'qitishning har xil qismlarining o'zaro bog'liqligi, ichki qarama-qarshilikning 
o'zaro bog'liqligi, ularni yechishda muammoli yondashish. 
2. Sistematik-struktur yondashish, bunda o'qitish uchun asosiy bo'limlarni ajratish, 
ularning o'zaro bog'liqligini topish, hamda elementlar o'zaro ta'sirining 
barqarorligini, yaqinligini ko'rsatish va maktab kimyo o'qitish metodikasini 
birligini ko'rsatish. 
3. Yuqoridagi metodik kategoriyalarni uchta o'qitish funkziyalari: bilim berish, 
tarbiyalash va rivojlantirishga asoslanib qarash. 
4. Kimyo o'qitish metodikasining asosini didaktik yondashish orqali qarab chiqish. 
Kimyo o'qitish metodikasida o'qitish uslubini didaktik tarbiyalashni tarbiya 
qonuniyatlari, bilimini rivojlantirishni-psixologiya fanlari o'rgatadi. O'qitish 
davrida bu uchala tarkibiy qismlar o'zaro ta'sirlanadi va kimyo o'qi tish metodikasi 
asosida turadi. Demak, kimyo o'qitish metodikasi maktabda o'quvchilarga bilim 
berish, tarbiyalash va bilimini rivojlantirishni kimyo darslarini o'qitish davomida 
o'rgatadigan pedagogik fan ekan. Kimyo o'qitish metodikasi pedagogika, kimyo, 
jamiyatshunoslik va boshqa fanlarning qoq markazida joylashgan bo'lib ular bilan 
uzviy bog'liqdir.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati 
bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi 
kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim 
tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga 
ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim 
samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. “Ta`lim to`g`risida”gi 
Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz 
ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. 
Ta`limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab 
o`quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko`nikmalari asosida mustaqil ishlash 
samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o`quv faniga 
qiziqishini 
kuchaytirish
, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulot 
mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o`quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, 
ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini 
tasdiqlamoqda. 
Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan 
axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, 


axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun 
uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. 
O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish 
yo`lidan borayotgan bir paytda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan 
islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama 
rivojlangan barkamol insonni tarbiyashdan iboratdir. Bu barobarida darslarda yangi 
pedagogik 
texnologiyalardan 
foydalanish 
yaxshi 
samara 
beradi.
I. Didaktik o`yin texnologiyalari 
Didaktika yunoncha “didaktikos” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, o`qitish, 
o`rganish ma`nosini bildiradi. O`quvchilarga bilim berishda yangi inavatsion 
tehnalogiyalardan foydalanib darslarni olib borish yaxshi natija beradi. 
So`ngi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi 
va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi 
guruhlarga ajratdilar.
An’anaviy 2. Progressiv. 3. Zamonaviy.
Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayoni o`yin faoliyati orqali 
uyg`unlashtiriladi. Shu sababli o`quvchilarning ta’lim olish faoliyati o`yin faoliyati 
bilan uyg`unlashgan darslar, didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida 
o`yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi 
- o`yin faoliyati orqali shaxsning o`qishga va mehnatga bo`lgan qiziqishi ortadi. 
- o`yin davomida shaxsning muloqatga kirishishi ya’ni komunativ – muloqat 
madaniyatini egallash uchun yordam beriladi. 
- shaxsning o`z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o`zligini namoyon etishiga imkon 
yaratiladi. 
- hayotda va o`yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va 
mo`ljalni to`g`ri olish ko`nikmalarni tarkib topishiga yordam beradi. 
- o`yin jarayonida ijtimoy normalarga mos xulq – atvorni egallash, kamchiliklarga 
barham berish imkoniyati yaratiladi. 
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi. 
- insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan qadriyatlar tizimi ayniqsa ijtimoiy, manaviy – 
madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o`rganishga etibor qaratiladi. 
- o`yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqat madaniyatini rivojlantirish ko`zda 
tutiladi. 
Didaktik o`yinlar texnologiyalari o`quvchi faoliyatining faollashtirish va 
jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchiga ijobiy imkoniyatlarni ro`yobga 
chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda 
katta ahamiyatga ega. Didaktik o`yinlar o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy 
fikrlash, tatqiq qilish hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, 
solishtirish

xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash 
axloq – odob o`rgatish, nutq o`stirish til o`rgatish, yangi bilimlar o`rgatish va 
boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo`rdam beradi. 
Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash 
o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, 
psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni 


rivojlantirishga yordam beradi. Bularning orasida didaktik o`yinlar ta’lim – tarbiya 
vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini oshirib borishi bilan alohida o`ringa ega. 
Quyida kimyo darslarida didaktik o`yinlar qo’llash haqida fikr yuritamiz.

Download 315,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish