1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja


-mavzu. Ixtisoslik terminlari ustida ishlash



Download 288,84 Kb.
bet96/114
Sana16.01.2022
Hajmi288,84 Kb.
#374271
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114
Bog'liq
o'zbek tili sohada qo'llanilishi fanidan mavzular 1 15

13 -mavzu. Ixtisoslik terminlari ustida ishlash.

Reja:

  1. Tanlangan matndan mutaxassislikka oid terminlarni topish.

  2. Matndan ajratilgan teminlarning etimologiyasini aniqlash.

  3. Ixtisoslikka terminlarini mavzuiy va shakliy guruhlarga ajratish.


SALTANATIMNING DASTLABKI

DAVRLARIDA QILGAN TO‘RTINCHI

KENGASHIM
Menga ergashganlar soni oltmish otliqqa yetib qolgandan keyin o‘zimcha o‘yladim: «Agar kelgan manzilda turaversamu, mabodo yerlik aholi menga qarshi qo‘zg‘alib, mo‘g‘ullarga xabar berib qo‘ysa-chi? Yaxshisi, bu yerdan ketib, el oyog‘i yetmagan yerga borib joylashsam, tez fursatda atrofimga saltanatimning kuch-qudrati bo‘la oladigan qo‘shin to‘planar». Shu fikrda u yerdan ko‘chib, Xuroson tomonga yuzlandim. Yo‘l ustida Moxon hokimi Muborakshoh Sanjariy yuz otliq askari bi­lan kelib, menga qo‘shildi va yaxshi otlar tortiq qildi. U yerning jami sayyidlari va aholisi ham menga qo‘shildi. O‘sha sahroda otliq, yayov bo‘lib ikki yuzga yaqin kishi yonimga kirdi. Shu payt Muborakshoh, sayyid Hasan va sayyid Ziyouddin menga arz qildilar: «Bu sahroda turaverish (qo‘shin) tarqab ketishiga bois bo‘lur, biror tomonga yurib, biron viloyatni egallashimiz kerak». Men o‘z-o‘zim bilan kengashib, so‘ng ularga aytdim: «Xotiramga bir fikr keldi. Samarqand tarafga boraylik. Sizlarni (vaqtincha) Buxoro atrofidagi joylarga tarqatib turaman, o‘zim esa Samarqand tevaragiga borib, el-ulus orasiga kiraman va ular bilan ittifoq tuzaman. Yetarli lashkar to‘plab, sizlarni chaqirib olaman. Keyin Jeta va Ilyos Xoja lashkariga qarshi jangga otlanib Movarounnahr mamlakatini qo‘lga kiritamiz».

Ularning hammasi mening bu kengash va tadbirimni to‘g‘ri deb topdilar. So‘ngra yurishga fotiha o‘qib, yo‘lga tushdim. Ikki yuz odamimni Buxoro atroflariga tarqatdim. Amir Husaynning singlisi O‘ljay Turkon oqani ham yashirincha o‘sha yerda qoldirdim va o‘zim Samarqand tomon yo‘l oldim. Yo‘lda Tamuka Qavchin o‘n besh otlig‘i bilan menga qo‘shildi. Sirimni unga aytib, Muborakshoh oldiga yubordim. O‘zim yashirincha ulus oralab, ikki mingga yaqin kishini ittifoqdosh qildim. Samarqand uzra saltanat bayrog‘ini ko‘targudek bo‘lsam, ular yordamga keladigan bo‘ldilar.

Tunda pinhona Samarqandga kirdim va opam Qutlug‘ Turkon oqaning uyiga borib joylashdim. Kechayu kunduz fikr og‘ushida chora-tadbir izladim. Shu tariqa qirq sakkiz kun yashirinib yotdim. Oxiri shaharliklardan bittasi mening bu yerga kelganimni payqab qoldi. Sirni ochilishiga oz qolganda, nochor, kechasi birga kelgan ellik otliq bilan Samarqanddan chiqib, yana Xorazm tomon yo‘l oldim.

Men bilan bir to‘p piyoda kishilar ham bor edi. Yo‘lda turkmanlarga qarashli yilqidan bir nechta otni qo‘lga kiritdim va piyodalarimni ularga mindirdim.

(Ko‘p vaqt) yo‘l yurib Amudaryo bo‘yidagi Achig‘i de­gan o‘nqir-cho‘nqir yerga kelib tushdik. Shu yerga kelganimda, Buxoro tevaragida qoldirgan haram ahli, Mu­borakshoh, Sayyid Hasan va boshqa jamoa ham yetib kelib, menga qo‘shildilar. Temur Xoja O‘g‘lon, Bahrom Jaloyir ham o‘zlariga qarashli qo‘shin bilan kelib, menga mulozim bo‘ldilar. (Shu tariqa), mingga yaqin otliq askar atrofimga jamlandi. Shu yerda kengash qilib, Boxtarzamin bilan Qandahor tomonlarga ravona bo‘lishga va u yerlarni tasarrufimga kiritishga qaror qildim.


Download 288,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish