1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja


-mavzu. Ixtisoslik terminlari ustida ishlash



Download 288,84 Kb.
bet92/114
Sana16.01.2022
Hajmi288,84 Kb.
#374271
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   114
Bog'liq
o'zbek tili sohada qo'llanilishi fanidan mavzular 1 15

12 -mavzu. Ixtisoslik terminlari ustida ishlash.

Reja:

  1. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan olingan parchani tahliliy o`qib o`rganish.

  2. Tanlangan matndan mutaxassislikka oid terminlarni topish.

  3. Matndan ajratilgan teminlarning etimologiyasini aniqlash.

  4. Ixtisoslikka terminlarini mavzuiy va shakliy guruhlarga ajratish.


TUG‘LUQ TEMURXON BILAN

UCHRASHGANIMDAN SO‘NG KO‘NGLIMGA

KELGAN BIRINCHI KENGASHIM
Tug‘luq Temurxon (sarkardalari) Bekkichik, Hojibek arkanut, Ulug‘ Tug‘ Temur kerayit va Jetaning boshqa amirlaridan uch favj tuzib, Movarounnahr mamlakatini talon-toroj qilish uchun yuborgani, o‘sha uch favj qo‘shin Xuzor degan joyga kelib tushgani haqidagi xabar mening qulog‘img‘a yetdi. Shunda Tug‘luq Temurxonni borib ko‘rishdan ilgari bu ochko‘z amirlarni mol-dunyo bilan mahliyo etib, Movarounnahr viloyatini qatlu g‘oratdan qutqarib qolishga qaror qildim.

Tilga olingan amirlarni ko‘rganimda, ularni haybatim bosdi shekilli, ortiqcha iltifotlar ko‘rsatib, hurmatimni bajo keltirdilar. Ularning ko‘zlariga o‘xshash ko‘ngillari ham tor bo‘lganidan, sovg‘a-sovrun yo‘sinida berilgan har turlik tansiq mollar ko‘zla­riga ko‘p ko‘rindi va Movarounnahrni bosib olish, talon-toroj qilish niyatidan qaytdilar.

(Shundan so‘ng) to‘g‘ri borib Tug‘luq Temurxon bilan ko‘rishdim. Xon kelishimni yaxshilikka yo‘yib, (saltanat ishlarida) mendan kengash so‘radi. Ko‘rsatgan kengashlarimni to‘g‘ri deb topib, barchasini qabul qildi.

Shu asnoda Tug‘luq Temurxonga xabar keltirdilarkim, (yuqorida aytilgan) uch favj amirlari mahalliy xalqdan naqd pul va sovrunlar olib, ular bilan kelishmishlar. Xon shu ondayoq mol-mulk bilan naqd pullarni qaytarib olish uchun vakil tayin qildi va amir­larni bundan buyon Movarounnahrga borishlarini man’ etdi. Mansablaridan bo‘shatdi. O‘rinlariga Hoji Mahmudshoh Yasuriyni tayinladi.

Bu haqda amirlar xabar topgach, dushmanlik bayrog‘ini ko‘tarib, yurtlariga qaytib ketdilar. Yo‘lda xonning devonbegisi va bosh maslahatchisi bo‘lmish O‘g‘lonxo‘jani uchratdilar. Uni ham o‘zlariga og‘dirib olib, Jeta tomon yuzlandilar.

Aynan shu vaqtda Tug‘luq Temurxonning Dashti Qipchoqdagi amirlari ham isyon tug‘ini ko‘targani haqida xabar olindi. Bundan xon tashvishga tushdi. U men bergan maslahatga ko‘ra Jeta tarafga yo‘l oldi. Movarounnahrni esa menga qoldirdi va bu xususda yorlig‘u ahdnoma yozib berdi. Amir Qorachor no‘yonning Movarounnahrdagi tumanini ham menga topshirdi. Men butun Movarounnahr viloyatiga, to Jayhun daryosining sohillarigacha cho‘zilgan yerlarga hukmron bo‘ldim.

Davlat va saltanatimning boshlanishida eng avval qilgan kengashim shul edi.

Men tajribamdan shuni bildimki, yuz ming otliq askar qilolmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin ekan.




Download 288,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish