1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja


DAVLAT QURISH OLDIDAN QILGAN IKKINCHI KENGASHIM



Download 288,84 Kb.
bet93/114
Sana16.01.2022
Hajmi288,84 Kb.
#374271
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114
Bog'liq
o'zbek tili sohada qo'llanilishi fanidan mavzular 1 15

DAVLAT QURISH OLDIDAN QILGAN IKKINCHI KENGASHIM
U shundan iborat bo‘ldiki, hijriy 762 - (milodiy 1361) yili Tug‘luq Temurxon ikkinchi marta Movarounnahrga qo‘shin tortib kelib, meni o‘z huzuriga chorlab noma jo‘natdi. Men (rozi bo‘lib), uning istiqboliga chiqdim va u bilan ko‘rishdim. U oramizdagi ahdni buzib, Movarounnahrni o‘g‘li Ilyos Xojaga topshirdi, meni esa sipohsolor qilib belgiladi. Bu ishga ortiqcha ro‘yxushlik bildirmayotganimni sezib, bobom Qachuli bahodir va o‘zining bobosi Qabulxonlarning ahdnomasini ko‘rsatdi. Po‘lat taxtaga o‘yib yozilgan ahdnomada «Xonlik Qabulxon avlodining qo‘lida, sipohsolarlik esa Qachuli bahodir bolalarida bo‘lsin, ular bir-biri bilan yovlashmasinlar» degan so‘zlar bitilgan ekan. Buni o‘qib ko‘rgach, ulug‘lar ahdiga vafo qilish yuzasidan sipohsolorlikka rozilik berdim.

Movarounnahrda mo‘g‘ullarning jabru zulmi ortib ketdi. Chunonchi, sayyid va sayyidzodalardan yetmish kishini asir olib band etdilar. Ilyos Xoja davlat va siyosat ishlarida layoqatsiz bo‘lgani tufayli ularning zulmu sitamiga barham berishga ojiz edi. Men bo‘lsam, o‘z salobatu haybatim bilan mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozondim va mazlumalarni zolimlar jabridan xalos etdim. Bu Ilyos Xoja amirlari va mo‘g‘ullarning menga nisbatan dushmanlik qilishlariga sabab bo‘ldi. Ular Tug‘luq Temurxonga xat yozib, «(Amir) Temur bizga qarshi isyon tug‘ini ko‘tardi» dedilar. Xon yolg‘on gaplarni chin bilib, meni o‘ldirib yo‘qotish haqida yorlig‘ yubordi. Bu yorlig‘ mening qo‘limga tushib qoldi. Undan o‘limga hukm qilinganimni bilib oldim. Bunga qarshi chora ko‘rish uchun quyidagi tadbirni ishlatdim. Barlos ulusining bahodir yigitlarini o‘z atrofimga to‘plab, ularni birlashtirdim. Menga bo‘ysunib ko‘maqdosh bo‘lmoqlik uchun rozilik bergan birinchi kishi – Iygu Temur bo‘ldi, ikkinchisi – amir Jaku Barlos edi. Bulardan boshqa ulus bahodirlari ham jonu dillari bilan menga bo‘ysunmoqqa (va xizmat etmoqqa) ahd qildilar.

Movarounnahr aholisi mening bu ishimdan xabar topishi bilanoq, tezda mo‘g‘ullarga hujum qilishim kerakligi haqida istak bildirdilar. Chunki ularning qalbi zolim mo‘g‘ullar toifasidan butunlay bezgan edi. Movarounnahr aholisining kattayu kichigi men bilan birlashdi. Mamlakatning ulamo va mashoyixlari esa mo‘g‘ullar toifasini yo‘q qilish haqida fatvo yozib berdilar. Ulus amirlari va qo‘shun boshliqlarining ba’zilari ham bu ishga qo‘shilib, biz bilan birlashdilar, Bu to‘g‘rida yozilgan ahdnoma va fatvolarining nusxasi bu edi: «To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar, Olloh taolo ularning barchasidan mamnun bo‘lsun, tutgan yo‘llariga va qilgan ishlariga muvofiq Movarounnahrdagi butun ahli islom, sipohu raiyat yoxud ulamoyu mashoyix, Amir Temurga izzatu ikrom ko‘rsatib, uni Amir Temur qutbi saltanati oliy deb atasunlar va uni Ollohning (yerdaga) qudrati — saltanat taxtiga loyiq, deb bilsunlar. Musulmonlarning yer-suvi, nomusi, mol-mulki hamda joniga zulm-sitam qo‘lini cho‘zgan mo‘g‘ullar toifasini daf qilishda va umuman yo‘qotishda (Amir) Temurga (yordamlashish uchun) o‘z molu jonlarini (ayamay) tirishib harakat qilsunlar. Biz o‘z axdu bay’atimizga sodiq qolurmiz. Agar bergan ahd-paymonimizdan qaytsak, Ollohning qudratiyu quvvati va yordamidan chiqib, shayton qudratiyu yordami yo‘liga kirgan bo‘laylik».

Bu fatvoni menga ko‘rsatganlaridan keyin jangu jadal bayrog‘ini ko‘tarib, mo‘g‘ullar ustiga lashkar tortishga qaror qildim va mazlumlar haqini zolimlardan olib bermoqchi bo‘ldim. Lekin bir necha razil kishilar bu sirni fosh qilib qo‘ydilar.

(Shundan keyin) o‘ylanib qoldim. «Mabodo Samarqand shahri ichida mo‘g‘ullarga qarshi urush boshlasamu, biroq Movarounnahr ahli (jang qilishdan) qo‘l tortsa-chi? (Unda nima qilaman?) Yaxshisi, shahardan chiqib, Samrqand tog‘larida o‘rinlashay, toki menga qo‘shilishni istaganlar huzurimga kelsunlar. Shunda men katta sipoh to‘plab, mo‘g‘ullarga qarshi jangu jadalni boshlagayman», — deb qaror qildim.

Samarqanddan chiqqanimda oltmish otliqdan boshqa bir kishi ham menga ergashmadi. Shundan bildimki, o‘ylagan kengashim xato bo‘lmagan ekan. O‘sha tog‘da bir haftacha kutib yotdim, (lekin) biron kishi bizga kelib qo‘shilmadi. Shuning uchun kengash tuzib Badaxshon tarafiga o‘tib, u yerning shohlari bilan birlashishga qaror qildim. Otlanib, Amir Kulolning huzuriga bordim. Ul zot menga Xorazmga borishimni maslahat berdi. Agar mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonsam, Samarqandning bir yillik xirojini ul zotga nazr qilishni ko‘nglimga tutdim. U menga zafar tilab fotiha o‘qiganidan so‘ng, ketishimga ijozat berdi.

Amir Kulolning xizmatidan chiqqanimda, menga hammasi bo‘lib oltmish otliq hamrohlik qilardi. Ilyos Xoja mening Xorazmga yurish qilayotganimdan xabar topib, Xivaq hokimi To‘kal bahodirga xat yozib men­ga qarshi chiqishni va meni o‘ldirishni buyurgan ekan.

To‘kal bahodir ming otliq askar olib, mening ustimga keldi. Oltmish otliq yigitim hamda yo‘lda menga qo‘shilgan (qaynog‘am) Amir Husayn bilan birga ming otliqdan iborat g‘anim lashkariga yuzma-yuz bo‘ldim va jangga kirishdim. Bu jangda shundayin bahodirlik qilib, matonat ko‘rsatdimki, uning ming kishisidan ellik kishi, mening oltmish otliq yigitimdan esa o‘n kishigina qoldi. Oqibat, baribir, zafar men tomonimda bo‘ldi. Zafar quchganim xabari Ilyos Xoja va Jeta amirlariga yetgach, ular (taajjublanib): «(Amir) Temur ajab er kishi ekan, unga Tangrining madadi yetib, baxtu iqboli ochilmish», deb o‘zaro suhbatlashibdilar. Men bu urushdagi zafarni yaxshilik alomati deb bildim. Mo‘g‘ullar mendan cho‘chiydigan bo‘ldilar.




Download 288,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish