1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja


XURUJ VAQTIDA QILGAN OLTINCHI KENGASHIM



Download 288,84 Kb.
bet98/114
Sana16.01.2022
Hajmi288,84 Kb.
#374271
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
Bog'liq
o'zbek tili sohada qo'llanilishi fanidan mavzular 1 15

XURUJ VAQTIDA QILGAN OLTINCHI KENGASHIM
U shundan iboratki, Garmsir tasarrufimga o‘tib, yaralarim tuzalgach, Balx sarhadidagi tog‘larda turib, o‘sha yerda qo‘shin to‘plab, Movarounnahr mulkini zabt etish uchun yurish qilmoqchi bo‘ldim. Kengash shunga to‘xtagach, bu yerdan otlanib chiqib (qarasam), men bi­lan faqat qirq otliq kishigina qolgan ekan. Lekin ularning barisi aslzoda, amirzoda, nasli pok yigitlar edi. Shundayin azamatlar bu og‘ir kunlarda nima uchundir mendek oltinu molsiz, oziq-ovqatsiz bir kishiga hamroh bo‘lib, itoat qilib yurganlari uchun Tangri taologa shukrlar aytdim. O‘zimcha: «Olloh taoloning men bilan qilarlik ulug‘ ishlari ko‘p bo‘lsa kerakkim, o‘zim kabi yigitlarni menga bo‘ysundirmish», — deb o‘yladim.

(So‘ng) Balx tog‘lariga qarab yo‘lga tushdim. Ketayotganimizda Yildirim Qorachor no‘yon avlodidan bo‘lmish Siddiq Barlosga duch keldim. Meni izlab sargardon bo‘lib yurgan ekan, o‘n besh otlig‘i bilan kelib menga qo‘shildi. Uning kelganini yaxshilikka yo‘ydim. O‘sha kunlari ov go‘shtlari bilan kun kechirmoqda edik.

Shu zaylda ilgarilab borarkanmiz, yiroqdan tepa ustida bir to‘p kishining qorasi ko‘rindi. Oldinga yurganimiz sari soatma-soat ularning soni ham ortib bordi. To‘xtadim. «Bular kim bo‘ldi ekan?» — deb ularning oldiga qorovullar yubordim, Ular borib: «Amir (Temur)ning sobiq navkari Qozonchi bahodir ekan va Jeta lashkaridan yuz otliq bilan ajralib chiqib, shundan beri amirni izlab, sargardon bo‘lib yurgan emish», — degan xabar olib keldilar. (Buni eshitib) yerga bosh qo‘yib Tangri taologa shukr qildim. Darhol Qozonchini huzurimga olib kelish uchun odam yubordim. U kelgach, tiz urib oyoqlarimni o‘pdi. Men ham uning ko‘nglini olib, mandilimni boshiga qo‘ydim. So‘ng bu yerdan yurib Darayi Arsaf degan joyga kelib tushdim.

Ertasiga otlanib, darani aylana boshladim. Uning o‘rtasida bag‘oyat xushhavo bir tepalik bor ekan, o‘sha balandlikka chiqdim. Lashkarlar ul tepalikni qurshab joylashdilar. O‘sha kecha juma tuni edi, tong otguncha (xudodan madad so‘rab) uxlamay chiqdim. Tong otgach, bomdod namozini o‘tadim, so‘ng qo‘limni duoga ochgan edim, ko‘zlarim yoshlanib, yuragim bo‘shashdi, Tang­ri taologa yolvorib, meni bu sarsonlikdan qutqarishini tiladim. Duo tamom bo‘lganicha ham yo‘q ediki, uzoqdan bir to‘p odam ko‘rindi. Ular tepalikni yonlab o‘tib ketmoqda edilar. Otlanib, ularning kimligini bilish maqsadida orqalaridan bordim. (Qarasam) hammasi bo‘lib yetmish otliq ekan. Ulardan so‘radim:

— Bahodirlar, kim bo‘lasizlar? Ular javob qildilar:

— Amir Temurning navkarlarimiz. Uni izlab topolmay, kezib yuribmiz.

Men dedim:

— Men ham amirning navkarlaridan biridurmen. Yuringiz, sizlarni uning oldiga boshlab borayin.

Ulardan biri otini choptirib borib gapimni o‘z sardorlariga yetkazibdi, «Biz Amir Temurning huzuriga olib boradigan yo‘lboshlovchini topdik», debdi.

Ular otlarining jilovini burib, meni darhol huzurlariga keltirishni buyurdilar. Ular uch favj ekanlar. Birinchi favjning sardori — Tug‘luq Xoja Barlos, ikkinchisiniki — amir Sayfiddin, uchinchisiniki — Tutak bahodir ekan. Meni tanigan zahotlari o‘zlaridan ketayozib, otdan tushdilar. Tiz urib, uzangimni o‘pdilar. Men ham otdan tushib, har biri bilan quchoqlashib ko‘rishdim. Mandilimni Tug‘luq Xojaning boshiga qo‘ydim. Juda nozik ishlangan, oltin bilan ziynatlangan kamarimni esa amir Sayfiddinning beliga bog‘ladim. Choponimni Tutak bahodirga kiydirdim. Ularning ko‘ngli yumshab, bag‘oyat ta’sirlandilar. Men ham qattiq ta’sirlandim. Paytida jamoat bilan namozni ado etdik. So‘ngra otlanib, qarorgohga borib tushdik, majlis qurib, to‘y berdik. Ertasi kuni Sher Bahrom ham keldi. U ilgari yoshlik qilib, mendan ajrab, Hindiston zaminini havas qilib ketib qolgan edi. O‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, mendan kechirim so‘radi. Men uni quchog‘imga oldim va uzrini qabul etdim. Shu qadar unga mehribonlik ko‘rsatdimki, u xijolatdan butunlay forig‘ bo‘ldi.



Download 288,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish