1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oidkitoblarning xususiyatlari



Download 0,93 Mb.
bet8/99
Sana29.12.2021
Hajmi0,93 Mb.
#78621
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
Bog'liq
3 Она тили ва болалар адабиёт фанидан маъруза материаллари — копия

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oidkitoblarning xususiyatlari. Bola yetti yoshga to`lguniga qadar atrofdagiyangiliklarni tez ilg`aydigan bo`lib o`sa baradi. Bu jarayonni bolaning kelajakka tayyorlanishi tarzida tushunish kamlik qiladi, albatta. Negaki, inson shaxsiyatidagi barcha ijobiy va salbiy xususiyatlar xuddi shu davrda shakllana boshlaydi, xarakteriga singa baradi. «Axir men hozir nimalarda yashayotganimni o`shanda kashf qilmaganmidim?,-deya xotirlagandi Lev Tolstoy yetmish yillik umriga sarhisob qila turib.-Shuncha ko`p, shuncha tez kashf etgan narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan butun umrim davomida kashf eta oldimmi? Aslo! Besh yashar boladan mengacha-faqat bir qadam, yangi tug`ilgan chaqaloqdan besh yashar bolagacha-dahshatli masofa!» Chindan-da, chaqaloq besh yoshga to`lguniga qadar til chiqaradi, ongi kurtak yoza boshlaydi, tuyg`ulari shakllanish jarayoniga kiradi, oyoq chiqarib mustaqil yura boshlaydi-keyingi butun umri davomida, asosan, shu jarayonlar takomillashadi. Shuning uchun bolalarni juda kichkinaliklaridanoq, so`z san`ati sehrida tarbiyalash beqiyos ijtimoiy-estetik qimmatga molik. Bu xalqning asriy tajribasida sinalgan haqiqatdir. Xalq ijodiyotidagi erkalash motivlariga limmo-lim aytim-olqishlar, allalar, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, qaytarmachoqlar, ermaklar asrlar davomida ana shunday vazifani ado etib kelayotgani barchaga ayon. Ularda xalqimizning bolalarparvarlik mehri tovlanib turadi, murg`akkina jonlarni so`z ohanglarida ardoqlash an`analari yorqin namoyon bo`lgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o`qiy olmaydi, ular uchun olam noma`lumlik sirlarini bilishga, o`zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo`ladi. Yozuvchining vazifasi uning xuddi shu intilishini hisobga olib, qiziqishini alangalatishga qaratilgan holda ish tutishdan iborat. Bunda u maktabgacha yoshdagi kichkintoy tabiatiga xos taqlidchilik xususiyatini ko`zda tutib, hayotdagi xarakterli voqea va hodisalarni uning tasavvuriga mos badiiy obrazlarda ifodalovchi asarlar yaratmog`i lozim.

Ma`lumki, maktabgacha yoshdagi kichkintoylar tevarak-atrofidagi har bir narsaga taqlid qilishdan charchashmaydi. Ular taqlidchilik vositasida hayotni o`zlashtiradilar. Shu boisdan ularga atalgan asarlarning personajlari-hayvonlar, qushlar, hasharotlar, o`simliklar va boshqa narsalar bo`lishsa-da, odamlarga taqlidiy sifatlarga ega: Odamlarday gapirishadi, fikr yuritishadi. Shu taqlidda ularning har biri o`z xislatlari xususidagi oddiy ma`lumotlar bilan kichkintoylarning intellektual dunyosiga aylanadi, ularda hayotga qarashning o`ziga xos kurtaklari vazifasini o`tashga kirishadi.

Bunday intilish zamirida kichkintoy nutqida o`zgacha emotsionallashuv jarayoni sezila boshlanadi. Bolalardagi bunday insoniy sezgirlikdan hayratlangan L.Tolstoy ayrim noshud yozuvchilarning tildagi no`noqliklariga ta`na qilib: «Bola so`z yasash qonunlarini sizdan ko`ra yaxshiroq anglaydi, chunki hech kim uningchalik tezlik bilan yangi so`z yasay olmaydi,» –degan edi. Bolalar tilini uzoq kuzatgan K.Chukovskiy ham bu fikrni tasdiqlaydi: «Ikki yoshidan boshlab har qanday bola qisqa muddat ichida «daho tilchi» darajasiga ko`tariladi,» - deya e`tirof etgan edi. Bolalar uchun asar yozganda ana shu fazilatlarini inobatga olib, ularga atroflarini o`rab olgan hayotni anglab olishlariga, hayotsevarlik tuyg`ularini shakllantirishga, narsalar haqida o`z tushunchalarining qaror topishiga, shularni imkoniyatlari ko`taradigan darajaga xizmat qiladigan so`z zaxiralarini muttasil boyitishga ko`maklashish maqsadi ko`zlanmog`i shart. Shundagina asarni o`z vazifasini muvaffaqiyatli bajargan deb hisoblash mumkin.




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish