Testlar metodi. Testlar, ya’ni ozmi yoki ko’pmi standartlashtirilgan (bir
xillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki
yomon asoslangan bo’lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan
o’tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va
eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va
amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxivlik metodi» degan atama
qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining aktual
xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv
materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini analiz qilinadi.
Ko’p hollarda uni «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik
metod» deb ifodalanadi. Tadqiqotchi tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli
mahsulotini turli xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Maqsadlar joriy qilishning
konkret usullarini arxivlik metodi uning xilma-xilligini ajratib ko’rsatadi.
Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya
tarixi, bir shaxsning yoki ko’p odamlar hayot yo’lining o’ziga xosligi – biografik
metodning nomini oldi. «Arxivlik metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir.
Kontent-analiz o’zidan yanada takomillashtirilgan va hujjatlar analizining qat’iy metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan
ma’lumotlarni kontifitsirovka qiladi. Bu metod nafaqat psixologiyada keng tarqalgan, balki boshqa ilmiy adabiyotlarda ham yoritilgandir. Asosan, ko’p hollarda siyosiy psixologiyada, reklama psixologiyasi, aloqalarda foydalaniladi. Kontent – analizni ishlab chiqish G.Lassuela, Ch.Osgud, B.Berelsonlar nomi bilan bog’liq bo’lib, ular «Kontent analiz, kommunikativ tadqiqotlar» fundamental monografiyaning muallifidir. Kontent-analizdagi matn tahlilining standart birligi bo’lib; 1) so’zlar termini, ramz; 2) tugallangan fikr; 3) mavzu; 4)personaj; 5)muallif va 6)yaxlit holdagi yo’llanma. Ular bir birlik konteksda yanada umumiy tuzilish sifatida ko’rib chiqariladi. Kontent-tahlil ma’lumotlarini qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud. Oddiy matndagi u yoki bu birliklarning ko’rinish darajalarini qayd etilishidir. Tadqiqotchi bu ko’rinishlar darajasini u yoki bu birliklarini turli matnlarda qo’llab, undagi o’zgarish boshidan, to yakunlanishga qadar aniqlaydi. Proektiv testlardagi natijalarni qo’llashda, suhbat materialida kontent – analizdan foydalaniladi. Avvalgi yoki sinxron modullar orqali talabalar avvaldan tanish bo’lgan ma’ruzalar, seminarlar, matnlar bilan qiyoslanishlar foydali. Barcha seminarlarda bo’lgani kabi bilmaganlarni olishda bilganlariga tayanadilar va bu o’qituvchi uchun jarayonda yagona yo’naltiruvchi bo’lmasligi uchun muhim: izohlashga yagona vakolat masala bo’yicha matnlarga sharh berilmagan bo’ladi. Amaliy darslarda asosiy manbadan foydalanish orqali talabalarni tanqidchilar sifatida tanlash ularning erkinligini rivojlantirishga, fikringizni jamlashga yordam beradi. Masalan, Irlandiya Konstitutsiyasi onlayn o’qilishi mumkin va bunga qo’shimcha tarzda ulardan Kolm Toibinning Oliy Sud sudyasi va uning boshqaruvi to’g’risidagi Heather Blazing asari o’qishni talab qilinishi mumkin. Bir muallifning ikkilamchi matnlariga o’rin berish Irlandiya madaniyati haqidagi qisqa esselar auditoriyada bosqichli munozara uchun asos yaratadi. Bu kabi yondashuvning afzalligi talabalar uchun kritik strategiyalarni bosqichlarga ajratadi va ularga o’rgangan badiiy asarlari bo’yicha ma’lumotlarni tayyorlashlaridan oldin tanqidlarni eshitish imkonini beradi. Amaliy darslarda, javob berishdan ko’ra, talabalarning savol tuzishlarini so’rash, kichik guruhlarda bir birlarining savollariga javob berish, kabi oddiy strategiyalar talabalarning egallagan va rivojlantirishlari kerak bo’lgan tanqidiy malakalarni bilishlarini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |