1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja


Kasbiy ta’lim diagnostikasi



Download 1,53 Mb.
bet28/101
Sana16.03.2022
Hajmi1,53 Mb.
#493999
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
Bog'liq
KASB P Slayd uchundoc

Kasbiy ta’lim diagnostikasi. Ta’lim tizimi orqali o‘quv-kasbiy faoliyat samaradorligi, shaxs qobiliyatlari (dastlabki bilim, qobiliyat, ijobiy motivatsiya, ma’lum darajada jismoniy rivojlanish, salomatlik va b.) aniqlanadi. O‘quvchanlik qanchalik yuqori bo‘lsa, ta’lim oluvchi yangi bilimlarni tez o‘zlashtiradi, professional ko‘nikmalarni oson egallaydi. O‘quv – kasbiy vaziyatlar qanchalik erkin bo‘lsa, talabaning kasbiy rivojlanishini yuqori darajaga oshiradi. Kasbiy ta’limning asoslari sensomotor qobiliyatlarni, psixik jarayonlarni, shuningdek, shaxsning hissiy, motivatsion-irodaviy fazilatlarini rivojlantirishdan iborat. Rivojlanish darajasi va ushbu xususiyatlarning kombinatsiyasi o‘zlashtirish qobiliyatidagi individual farqlarni aniqlab, uning sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
O‘rganish mezonlariga qo‘yidagilar kiradi: mantiqiy fikrlash usullarini shakllantirish; tafakkurning mustaqilligi; tafakkurning xilma-xilligi.
Tafakkurning bu sifat xususiyatlarini diagnostika qilish psixologiyada keng qo‘llaniladigan usullar yordamida amalga oshiriladi. Kasblar psixologiyasida "Kasb-hunar o‘rganish" tushunchasini ishlatish va kasb mazmuniga qarab, diagnostika metodikasini ishlab chiqiladi.
Asosiy diagnostik ko‘rsatkichlar quyidagilar:

  • kasb tanlash motivi va maqsadli qadriyatlar;

  • o‘quv- kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish darajasi;

  • mustaqillik va refleksiya.

O‘quv-kasbiy ta’limning diagnostikasi mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligini farqlashga, professional faoliyatning yutuqlarini taxmin qilishga imkon beradi.
Eksperimental metodlar guruhi. Eksperiment metod – psixologik reallik mexanizmi va qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha asosiy metod hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy bilimlarni olishga qaratilgan. Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi – sabab-natija aloqalarini o‘rganish va psixologik jaryonlar va hodisalarni tushuntirishdan iborat. Eksperiment o‘tkazishda farq va rozilik qoidasini qo‘llaydilar (J.S.Mill) A, B guruh voqealar guruhi ketidan D voqeasi kelsa ammo B, V ketidan A kelmasa, unda A, a, ning sababidir. Ikkala voqealar guruhidan birinchisi eksperimental sifatida ko‘rib chiqiladi, ikkinchisi – nazorat guruhi deb ko‘riladi. Ularni yagona farqlovchi voqea mustaqil o‘zgaruvchi deyiladi va u jarayonning davomida turli o‘zgarishlarga duch kelish mumkin. Eng tarqalgan eksperiment modeli quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan bo‘lib, unda tadqiqotchi tahlil natijalarida sub’ektiv baholardan foydalangan holda, ya’ni x2 x1 dan katta, u2 esa u1 katta degan xulosani ta’kidlab qolmasdan balki, hech bo‘lmaganda umumiy hollarda qay darajada kattaligini aniqlashi kerak bo‘ladi. Aks holda, eksperiment va nazorat guruhlaridagi o‘zgarishlarni tasdiqlashning o‘zi bo‘lmaydi.
Eksperiment modeli

Guruh

Guruhning eksperimentgacha holati

Guruhning eksperimentdan so‘nggi holati

Bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar

Eksperimental nazorati

X1
U1

X2
U2

X1 – X2
U1 - U2

Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko‘rib chiqamiz. Korxonada mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni qabul qilishda ishlab turgan muhandislar ko‘p deffektlarni o‘tkazib yuborganliklari sabab, ishchilar orasidan nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi.
Eksperimentning mazmuni shundan iborat-ki nazoratchi uchun muhim bo‘lgan qobiliyatlarni tashxis qilib beruvchi (diqqqatni jamlay olish, mustaqillik, sensor farqlash darajasi, keng fikrlash) test loyihalashtiriladi. Test tanlovchilar orqali nazoratchilarning eksperimental guruhi tuzildi. Eksperimental va nazorat guruhi ishlarini korreksion tahlil qilish asosida tasdiqlash, testning samaraliligini va nazoratchilarni tanlash va tayyorlash metodikasini aniqlash imkonini beradi.
Psixologik tadqiqotlarda eksperiment natijalarini miqdoriy ifoda qilish masalasi eng qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun miqdoriy ma’lumotlar, odatda, absolyut emas, balki nisbiy ahamiyatga ega. Ular ikki guruh darajasini tasdiqlash imkonini beradi, ammo har qaysining absolyut tavsifini aniqlay olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, psixologiya fani real o‘quv-kasbiy faoliyatida o‘zgarishlarni kutmaydigan, imkoniyatlar beruvchi vaziyatlar yaratish orqali shaxsdagi o‘zgarishlarni o‘lchash uchun turli xil shakllarni yaratadi.
Eksperimentni o‘tkazishda o‘rganilayotgan jarayon o‘tadigan sharoitlarni keng miqiyosda o‘zgartiriladi, o‘zgaruvchan omillar ta’sirini ajratish, ularning o‘zaro aloqasini aniqlash va shu tariqa psixik hodisalarning qonuniyatlari va mexanizmlarni o‘rgatish mumkin. Eksperiment metodining muhim sifati shundaki-o‘rganilayotgan jarayoniga to‘g‘ri baho berish, ma’lumotlarning miqdoriy hisobini olish imkonini beradi, bu esa tadqiqot natijalariga ishlov berish muhim statistik xulosa chiqarishga imkon beradi. Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy, modellashtiruvchi va labaratoriya eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik hodisalarni odatiy tabiiy sharoitlarda o‘rganishni nazarda tutadi (darsda, mehnat topshirig‘ini bajarish jarayonida va hokazo). Tabiiy eksperimentning afzalligi – tadqiqot maqsadlarining nisbatan yashirinligi, jarayonning norasmiy muhitda o‘tishi va sinovdagilarning hayoti va faoliyatiga bevosita kirib borishi bilan belgilanadi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish