0‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda davlatning ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati muhim rol o‘ynaydi. Fanning iqtisodiy ahamiyatini oshirish, ishlab chiqarish va ilmiy-texnika salohiyatini saqlash va yangi- lash dolzarb muammolardan hisoblanadi. Davlatning bu sohadagi siyosatining bosh maqsadi fan-texnika taraqqiyotini iqti- sodiy o‘sishning muhim omiliga aylantirishdir. Ammo o‘tish davri qiyinchiliklari, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz mulk munosabatlaridagi o‘zgarishlar va moliyaviy sohani birinchi navbatga chiqarib, ishlab chiqarishni texnologik yangilash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi milliy fan sohasini birmuncha orqaga surib qo‘ydi. Bu holat o‘tish davri va inqirozni boshdan kechirgan va kechirayot- gan barcha MDH mamlakatlarida ro‘y berdi. Vujudga kelgan vaziyat ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmala- rini olib boruvchi xodimlar sonining pasayib ketishida ham namoyon b o id i. Misol uchun, har o ‘n ming kishiga AQSH- da – 52, Isroilda – 38, Rossiyada – 32, Germaniyada – 29, Koreya Respublikasida – 24, Belarusda 18 nafar tadqiqotchi to‘g‘ri kelsa, 0 ‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 8,6 nafami tashkil etdi.
YalMning fan sig‘imi pasaydi. Fanning moddiy-texnika bazasini yangilash sekin kechdi. Ulaming katta qismi (60 foizi) ma’naviy va jismoniy eskirgan edi. Katta tushkunlik, asosan, 1991-2000-yillarga to‘g‘ri keldi.
Davlatning amalga oshirgan katta tadbirlari evaziga ahvol birmuncha barqarorlashdi, ammo baribir, bu sohada texnik jihatdan yuqori rivojlangan mamlakatlardan ancha uzoqdamiz. Shimi hisobga olib, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ahvolni sog‘lomlashtirish, ilmiy-innovatsion rivojlanish uchun qulay iqlim yaratishga e’tibor qaratilmoqda
Birinchi navbatda, bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosa- bati bilan fanning amal qilish institutsional-huquqiy bazasi qaytadan qurildi. Fan va fan-texnika siyosati bo‘yicha qator qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion faoliyatni amalga oshi- rishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. Mulkiy va tashkil shakllari dan qattiq nazar, bu sohadagi davlat siyosatining asosiy talablari, faoliyat turlari, maqsad va qoidalari ko‘rsatib berildi.
Ilmiy salohiyat fundamental ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishning resurs va shart-sharoitlari majmuasi sifatida tavsiflanadi.
Ilmiy-texnika salohiyati esa amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar resurslari va shart-sharoitlari, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Innovatsion salohiyat – barcha turdagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalar natijalarini amaliy o‘zlashtirishni ta’minlovchi resurslar va shart-sharoitlar majmuasidir.
Shunday qilib, ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion salohiyat- lar yagona ilmiy-innovatsion siklning o‘zaro bog‘liq, bir-birini to‘ldiradigan bo‘g‘inlaridir: g‘oyaning paydo bo‘lishi – funda- mental tadqiqot – amaliy tadqiqot – konstruktorlik va tajriba- texnologik ishlanmalar – tajriba namuna (nusxa) – sanoat si- novi – ishlab chiqarishga tatbiq etish – seriyali ishlab chiqa- rish – sotish – mahsulotdan amalda foydalanish (mashina, as- bob, texnologiya).
Bu salohiyatlami birlashtiruvchi umumiy bo‘g‘in (zveno) – ilmiy-texnika ishlanmalari va ulaming natijalaridir.
0 ‘zbekistonda ilmiy faoliyat tizimining huquqiy bazasi- dan tashqari uning yangi tashkiliy asoslari, bu sohaning davlat boshqamvi organlari tizimi ham vujudga keltirildi. Bu ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish uchun zamr edi. Ular – Fanlar akademiyasi, Oliy Attestatsiya komissiyasi, Fan va texnologiyalami rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasidir. Barcha ilmiy tadqiqot ishlariga mas’ul, uning metodologik asoslarini belgilovchi markaz Fanlar akademiyasi hisoblanadi. U fundamental va fundamental tadqiqotlarga yo‘naltirilgan hamda amaliy-ilmiy tadqiqot davlat dasturlariga javob beradi.
Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita davlat ilmiy-texnika dasturlari, hududiy ilmiy-texnika dasturlari, tarmoq ilmiy-texnika dastur- lari va ustuvor tarmoqlami rivojlantirish davlat dasturlari, in- novatsion loyihalarga mutasaddilik qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va davlat maqsadli dasturlarining amalga oshirilishiga mas’ul Iqti- sodiyot vazirligi va tarmoq vazirliklari, konsemlardir. Bundan tashqari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tarmoq vazir- liklari tarmoqlarda ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy-texnikaviy faoliyatni muvofiqlashtiradi, oliy malakali kadrlar tayyorlaydi, davlatning ilmiy-texnika siyosatini olib boradi..
Do'stlaringiz bilan baham: |