1-mavzu: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismlari, uzluksiz ta`limning moxiyati. Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi



Download 0,57 Mb.
bet9/19
Sana13.05.2022
Hajmi0,57 Mb.
#602568
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Qodirov Qodirbek 201

10 mavzu sohaga oid ilmiy maqolala

Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim.Maqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.


Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Ab-dulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir.

Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.


Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat boʻladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi.[1]
Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi.
Ilmiy maqolaning sarlavhasi qisqa va loʻnda boʻlishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi lozim.
Maqolaning dastlabki qismida oʻzbek, rus va ingliz tillarida qisqa va loʻnda shakldagi annotatsiya (maqolaning qisqacha mazmuni) hamda kalit so'zlar keltirilishi lozim.
Ilmiy maqola, odatda, tuzilish jihatidan bir nechta qismga boʻlinadi. Maqolaning kirish qismida muhokama etilayotgan mavzuning dolzarbligi taʼriflanadi va asoslab beriladi, shuningdek, tadqiqot sohasi, obyekti va predmeti, tadqiqotning maqsadi, vazifalari muammo sifatida qoʻyiladigan masalaning yechimi, taklif etilayotgan yechimning nazariy va amaliy ahamiyati haqida fikr bildiriladi.
Maqolaning asosiy qismida olib borilgan ilmiy izlanish doirasida qoʻllanilgan tadqiqot uslublari taʼriflanadi, tadqiqotning toʻplangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan umumiy natijalari keltiriladi. Odatda, bu qism hajm jihatdan maqolaning 80-90% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, asosiy qismda olingan natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy jihatdan sinovdan oʻtkazish natijalari haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Maqolaning yakuniy qismida kirish qismida qoʻyilgan masalaning yechimi sifatida baholanadigan ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga molik xulosa va tavsiyalar keltiriladi. Ilmiy izlanish nima maqsadda, kim/nima uchun amalga oshirilgani haqidagi fikrlar bilan yakunlanadi hamda olib borilgan ilmiy izlanish natijalarining ijtimoiy yoki iqtisodiy samarasi haqida fikr bildiriladi.
hajmi kamida 3-5, koʻpi bilan 30 betgacha boʻlishi lozim. Qogʻoz formati – A4, kitob varagʻi hajmida, atrofida qoldiriladigan boʻsh joylarning hajmi hamma tomondan 2,5 sm, interval (satrlar oraligʻidagi masofa) 1,5 sm, shrift – Times New Roman, rangi qora, kattaligi 12 mm, havola (ssыlka)lar maqolaning oxirida, kvadrat qavslarda beriladi;
Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar;
Dastavval muallif(lar)ning ism-sharifi, tadqiqot (maqola yozgan) olib borilgan oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tashkilotning nomi,
Maqolaning oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi nomidan soʻng 4-5 satrlik annotatsiya yoziladi. Annotatsiyadan soʻng oʻzbek, rus va ingliz tillarida kalit so'zlar beriladi. Shundan keyin asosiy matn beriladi. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltiriladi. Matn ichida havola (ssыlka)lar kvadrat qavslar ichida beriladi (bu narsa iqtibos deyiladi yana tekshirilganda plagarism deb topilmasligi uchun) Havolalarning tartib raqami matn oxiridagi foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tegishli manbaga taalluqli boʻladi.
Iqtiqbos-ni sodda qilib aytganda! Bu olgan ma'lumotingiz manbasini oshkoriy yoritish hisoblanadi!
Qanday iqtiqbos qilinadi?... Siz ma'lumot olgan manba #adabiyotlar_royxati dan joy oladi(1)! Yozayotgan matningizda shu ma'lumotni qo‘lladingiz(2), shu jumla oxirida [ ] mana shunday qavs ichida manbaani keltirib ketasiz(3)!
I-ntroduction (Kirish)
M-ethodology (Uslubiyat)
R-esults (Natijalar)
A-nd
D-iscussion (Muhokama)
IMRAD formati juda oddiy...
Maqolaning
boʻlimlari tabiiy savollarga javob berish kerak:
1) Birinchi savol: tadqiqot qaysi muammoga bagʻishlangan? (Kirish boʻlimi)
2) Ikkinchi savol: muammo qanday oʻrganildi? (Metodlar boʻlimi)
3) Uchinchi savol: Asosiy (ilmiy) topilmalar yoki kashfiyotlar qanday?
(Natijalar boʻlimi).
4) Toʻrtinchi savol: Natijalar nimani anglatadi? (Munozara boʻlimi)

Maqolaning sarlavha va annotatsiya qismi uning eng muhim tarkibiy tuzilishi hisoblanadi!


Maqolaning sarlavhasi – bu maqola mazmunini mukammal darajada
tavsiflaydigan eng oz soʻzlar birikmasidir. Sarlavha – bu maqolaning oʻqilishi
haqida aytishimiz mumkin boʻlgan yagona qism. Shubhasiz, sarlavhani eng koʻp kitobxonlar oʻqiydilar. Ehtimol, minglab odamlar maqolaning sarlavhasini
koʻrishadi va faqatgina bir necha kishi maqolani toʻliq oʻqiydilar.
Sarlavhaning vazifasi – maqolani toʻliq oʻqishga qiziqishni hosil
etishdir. Maqolaga qiziqishi mavjud boʻlganlarning eʼtiborini jalb qilish
uchun sarlavha maqola mazmuniga imkon qadar aniq va toʻliq mos kelishi kerak.
Shuning uchun sarlavha uchun soʻzlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak,
ayniqsa ularning mazmuniga, ahamiyatiga va mosligiga eʼtibor berish kerak.
Agar sarlavha maqola mazmunini toʻgʻri yetkazmasa, ushbu maqola mutaxassislar
tomonidan hech qachon oʻqilmasligi mumkin.
Maqola nomi juda uzun yoki juda qisqa boʻlmasligi kerak va 3-15 soʻzdan
iborat boʻlishi kerak (artikl, old-qoʻshimchalar, predloglardan tashqari).
Baʼzida maqolalar sarlavhalari keraksiz soʻzlar (waste words) mavjudligi
sababli juda uzun boʻladi, va u soʻzlar hech qanday maʼlumot bermaydigan
soʻzlardir. Koʻpincha, bunday soʻzlar sarlavhaning boshida keladi.
Yaxshi maqola sarlavhasining asosiy xususiyatlari:
1) Kamida 3 ta va 15 tadan koʻp boʻlmagan soʻzlardan iborat.
2) Maqolaning oʻziga mos.
3) Keraksiz (waste words) soʻzlarini oʻz ichiga olmaydi.

Maqolaning abstract yani annotatsiya qismi:


Maqolaning keyingi boʻlimi – maqolaning qisqacha mazmunini aks
ettiradi. Rus tilida bu koʻpincha “Referet”, “Annotatsiya” va ingliz tilida
“Abstract”, “Resume”, “Summary”, deb nomlanadi. Oʻqilishi darajasi boʻyicha
Annotatsiya maqola sarlavhasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi. Uning
vazifasi – potensial oʻquvchilarni maqolaning mazmuniga yoʻnaltirish va
qiziqtirish, maqolani toʻliq oʻqish uchun istagini uygʻotishdir.
Annotatsiyada maqolaning barcha boʻlimlar boʻlishi kerak, ammo juda
qisqartirilgan shaklda. Agar annotatsiya yaxshi yozilgan boʻlsa, unda maqolaning
mazmuni sizning ishingiz bilan qanday bogʻliqligini tez va aniq bilib
olishingiz mumkin. Bu esa maqolani toʻliq oʻqish zarurligi toʻgʻrisida qaror
qabul qilishga yordam beradi. Odatda annotatsiya hajmi 250 soʻzdan ortiq
boʻlmasligi kerak. Annotatsiya bitta abzas koʻrinishida yoziladi va quydagilarni
oʻz ichiga oladi:
1. Tadqiqot maqsadi
2. Tadqiqot metodlari
3. Natijalar
4. Asosiy xulosalar
Agar ruhsat etilgan soʻzlarning maksimal soni 250 tani tashkil etsa va siz
atigi 100 soʻzdan foydalansangiz, demak, annotatsiya maqolaning mazmunini toʻliq
aks etmagan bo'ladi,Bundan tashqari, annotatsiyaning mazmuni kelitirilgan 4 boʻlimni
yetarli darajada koʻrsatish kerak. Maqolada keltirilgan Tadqiqot maqsadini
tavsiflash uchun 200 ta soʻz, maqolaning qolgan barcha (3 ta) boʻlimlarining
mazmunini yetkazish uchun 50 ta soʻzni ishlatish mumkin emas. Maqola matnida
mavjud boʻlmagan maʼlumotlarni Annotatsiyada keltirilmaydi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish