1-mavzu: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismlari, uzluksiz ta`limning moxiyati. Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi


ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH, BOSHQARISH VA MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARINI AMALGA OSHIRISH TO‘G‘RISIDA



Download 0,57 Mb.
bet18/19
Sana13.05.2022
Hajmi0,57 Mb.
#602568
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Qodirov Qodirbek 201

22ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH, BOSHQARISH VA MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARINI AMALGA OSHIRISH TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) Ijro etuvchi direksiyasi tashkil etilsin.
3. Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasini saqlab turish Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Jamg‘armaning Ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. In
5. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
ilmiy-texnik loyihalarni rejalashtirish, moliyalashtirish va xarajatlarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligini baholash metodikasini va indikatorlarini uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Agentlikni saqlab turishga zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga 3 ta avtotransport vositasiga, shu jumladan 2 ta biriktirilgan va 1 ta xizmat avtotransport vositasiga limit ajratsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Agentlik bilan birgalikda Agentlikni va Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasini joylashtirish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining bosh direktori M.R. Boltaboyev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-may,
302-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 302-son qaroriga
1-ILOVA
Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etishni, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi.
2. Davlat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kollegial organ hisoblanadi.
3. Davlat komissiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
4. Davlat komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
2-bob. Davlat komissiyasining asosiy vazifalari
5. Quyidagilar Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ilmiy-texnik faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat ilmiy-texnika siyosati va innovatsion siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini va ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni belgilash;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning grant asosidagi davlat ilmiy-texnika dasturlarini tasdiqlash;
bajarilayotgan loyihalar va ularni joriy etish tadbirlarining amalga oshirilishi yuzasidan davlat organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish va shaxsiy javobgarligi masalalarini ko‘rib chiqish.
3-bob. Davlat komissiyasining funksiyalari
6. Davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) ilmiy-texnik faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini amalga oshiradi;
jamiyat va davlatning taraqqiyotini ta’minlaydigan ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilaydi;
ilmiy-texnik salohiyatni oqilona joylashtirishga va undan samarali foydalanishga, davlatning iqtisodiyoti rivojlanishiga fan va texnologiyalar ulushini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan fanni yanada rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
fanning yutuqlaridan keng foydalanish uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni shakllantiradi, mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ilmiy-texnik yangiliklarni ommalashtirish va joriy etishga ko‘maklashadi;
mamlakat rivojlanishining innovatsion yo‘lini ta’minlash, mahalliy ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshligini oshirish, ulardan iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida foydalanishni jadallashtirish tadbirlarini tasdiqlaydi;
b) davlat ilmiy-texnika va innovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini va ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni belgilash borasida:
O‘zbekiston Respublikasi fani va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishga davlat topshiriqlarini tasdiqlaydi;
fan va texnologiyalar rivojlanishining jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda jadal rivojlanish sohalarida ilmiy tadqiqotlar va eksperimental ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
fan sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda akademik va tarmoq fani hamda oliy ta’lim muassasalarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida akademik va tarmoq fanining oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyasi va o‘zaro hamkorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlaydi;
v) fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning grant asosidagi davlat ilmiy-texnika dasturlarini tasdiqlash borasida;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish jarayoniga rahbarlik qiladi;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning grant asosidagi davlat ilmiy-texnika dasturlarini, ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishning tegishli hajmlarini tasdiqlaydi;
buyurtmachilar — vazirliklar, idoralar, va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda moliyalashtiriladigan amaliy va innovatsion tadqiqotlarning maqsadli davlat ilmiy-texnika dasturlarini tasdiqlaydi;
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlarini, Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi, shuningdek, zarurat bo‘lganda, ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish