17 mavzu sohaga oid hujjatlar bilan tanishish
hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkinligi;
Ta’lim muassasalari ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etishlari, xorijiy mamlakatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatishi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo‘shma o‘quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega ekanligi;
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi yoritib berilgan.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qoidalariga, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etish zaruratini yuzaga keltirdi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni, jumladan: Davlat ta’lim standartlarini joriy etishni, yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni, o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy- texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Kadrlar tayyorlash tizimining islox qilish omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash zarur:
1.Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotganligi;
2.Davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;
3.O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish etib belgilangan.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining vazifalari quyidagilar:
ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi me’yoriy, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari:
ta’limning ustuvorligi – uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
ta’limning milliy yo‘naltirilganligi – ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;
majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash;
ilg‘or texnologiyalarni keng o‘zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, chet el investitsiyalari ko‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish;
ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish;
uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan
integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
tub yerli millatga mansub bo‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular o‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart- sharoitlar yaratish.
Miliy dasturda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;
yuqori malakali o‘qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to‘ldirib borishni ta’minlashl.
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi me’yoriy bazasini yaratish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashish;
professional trening ilg‘or texnologiya va uskunalarni, shuningdek, murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o‘zlashtirib olish zarur.
Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
Ta’lim tizimini boshqarish;
Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
Ta’lim tizimini moliyalash;
Moddiy-texnika ta’minoti;
Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;
Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;
Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish;
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlar belgilab qo‘yilgan.
Xususan, 1999-yil 29-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-qarori, Bosh vazir tomonidan 2009-yil 30-avgustda tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi”, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-“Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi, 2000-yil 25-iyuldagi 283-“Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha Namunaviy yo‘riqnoma (O‘zR VM 29.03.1999-y. 140-sonli qarorining 2-ilovasi) shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |