Tizimlilik - o’rganilayotgan hodisa va jarayonlami biror belgilari asosida tasniflash, tasawurlar, tushunchalar va qonuniy aloqalami o’matish, konsepsiyalar, nazariyalami shakllantirish orqali muayyan tartibga solish jarayoni
Tanqidiylik - o’rganilayotgan muammoga turli nuktai nazardan baho bera olish, tajriba natijalarining haqqoniyligini ta’minlash bilan farazlar va nazariyalami uzluksiz tekshirib borish, mabodo, olingan ma’lumot yangi natijalarga mos kelmasa, ulardan voz kechish xususiyati bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, pedagogik diagnostikada ilmiy tafakkur tadqiqotning boshlang’ich nuqtasini belgilashda ob’ektivlik, izchillik, aniqlikni nozik, ehtiyotkorona ko’llashni talab etadi, ilmiy farazlami to’g’ri tanlashni, tajriba natijalari, nazariy xulosalami tanqidiy tekshirib ko’rishni va albatta, tizdmlilikni taqozo etadi. Boshqacha aytganda, tadqiqotchining metodologik madaniyatini shakllantirishda refleksiya - xususiy ilmiy faoliyatini tahlil qilish ko’nikmasi asosiy o’rin tutadi. Yuqoridagi fikrlar turli fan sohalari buyicha tadqiqot olib boruvchilarga tegishlidir, ammo pedagogik diagnostikada tadqiqotchi o’ziga xos ba’zi bir xususiyatlari bilan farqlanadi. Avvalambor, pedagogik diagnostikadagi izlanishlar tadqiqotchidan pedagogik tajribaga ega bo’lishni, pedagogik jarayonning barcha “ikir-chikir”laridan xabardor bo’lishni talab etadi. Pedagogik diagnostikada tashxislovchi ob’ektlar (o’qituvchi, tarbiyachi, o’quvchi talabalar va boshqalar) bilan ish ko’radi va pedagogik tajriba-sinov o’tkazishda undan ehtiyotkorlik talab etiladi, ayniqsa, o’quvchi-yoshlar qalbiga, dunyoqarashiga, erkin fikrlashiga sinov davomida putur yetmasligi lozim. “Pedagogik voqelikni to’g’ri aks ettirishda tadqiqotchi sog’lom fikr sohibi bo’lish uchun metodologik madaniyatni egallashi shart”. Ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, pedagogik boshqaruv asosidir. Tarbiya tamoyillari - yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar qisoblanadi.Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad- har tomonlama ma’naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi yoshlar tarbiyasining istiqbollarini ko’ra bilishda yordam beradi. Inson paydo bo’libdiki, tarbiya jarayoni va tamoyillari mavjud. Zamonaviy pedagogik diagnostikada ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq lkki faoliyatni - tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi faoliyatini o’z ichiga oladi Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quwatlari mustaqkamlanadi. Tarbiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun yoshlaming ongiga (Ta’lim jarayonida), hqissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Zamonaviy pedagogik diagnostikada asosiy yunalishlar yoshlarga Vatan to’g’usini shakllantirish, ona tilimizga muxabbat uygotish, miliy qadriyatlarga hurmatoi kuchaytirish, ezgulik timsoli bo’lgan ayolni ulug’lash, umuminsoniy qadriyatlarga, millatlararo totuvlik, bagrikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg’or madaniyatni shakllantirish, dinning dunyoviylik bilan qarama-qarshi emasligini anglash, xuqo’qiy madaniyat- sog’lom dunyoqarashning mu’qim omili ekani to’grisidagigi ma’lumotlami ko’paytirish, ma’rifaming shaxs intellektual saloqihatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlash kabi tamoyillargatayanadi. Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o’zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g’oyalari xalqning ishonch - e’tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa etarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ’ibot va tashviqot ishlarini, o’quvchilaming tushunchasi, aql - idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan qolda marifiy yo’l va usullar orqali amalga oshirish taqoza etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |