1-Mavzu: Jismoniy tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Korrektsion faoliyatni tashkil etishning yakuniy bosqichi



Download 243,71 Kb.
bet141/158
Sana16.01.2022
Hajmi243,71 Kb.
#379380
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   158
Bog'liq
001.diagnostika va korreksiya majmua

Korrektsion faoliyatni tashkil etishning yakuniy bosqichi. Hozirgi vaqtda

bolaning xulq-atvorini korreksiyalashda qo'yidagi jihatlar hisobga olinishi zarur:

-jismoniy jihat;

-tabaqalashtirish (farqlash) qobiliyatiningma’lum darajasini, shuningdek, xotiraning rivojlamsh darajasini inobatga oluvchi intellektual jihat;

- diqqatni, sabr-toqatni boshqarish, topshiriqlami bajarish tayyorgarligi ifodalangan

ishga munosabat;

-bir qadar tarbiyachidan holi bo'lish guruh bilan aloqa o'matish qobiliyatini ko'rsatuvchi ijtimoiy jihat.

Albatta, bolada bu ko'rsatkichlar o'z-o'zidan shakllanmaydi, ular pedagogik jarayon mahsulidir, Shu boisdan tarbiyachi bolalar ongini o'stiradigan, mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantiradigan real muhit yaratishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, maktabda olib borilayotgan mashg' ulotlar-yangi pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirilishi kerak. Bugun bolalarning aqliy, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi chet-el metodlan («Montessori», «Breynring», BreynShtorming»)dan qator ta’lim muassasalarida foydalanishmoqda va yaxshi natijalarga erishilmoqda. Shuningdek, «Bolalami rivojlantirish» tayanch dasturi ishlab chiqilganligi va tajriba sinovdan o'tayotganligi ham ma’lum. Shu bilan bir qatorda hali-lhanuz «Boshlang'ich sinflarda pedagogik tashxislash va korreksiyalash nima degani?:» deb hayratda yurganlar ham kam emas.

Shu o'rinda pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiyalashni boshlang'ich ta’lim muassasalari uchun o'ziga xos tomonlanni ko'rsatib o'tish joizdir:

1) har bir mashg'ulotdan ko'zda tutilgan maqsad aniq o'matiladi;

2) o'quvchilaming individual-psixologik xususiyatlari albatta inobatga olinadi;

3) mashg'ulot mazmunini saralaShda bir tomondan bolalaming qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyatlari, ikkinchi tomondan- tarbiyachining ijodkorligi, mahorati, uchinchidan- mavjud Shar-Sharoitlar hisobga olinadi;

4) didaktik jarayon tuzilmasi keskin farqlanadi, ya’ni uning motivatsion bosqichi kuchaytiriladi. Boshqacha qilib aytganda, o'yinli didaktik jarayon loyihalanayotgan texnologiyaning asosini tashkil etadi;

5) didaktik jarayon ikkinchi bosqichi- bolalaming o'quv bilish faoliyati;

6) uchinchi bosqich-boshqaruv faoliyati (B) funksiyasi ham o'zgaradi. Agar o'quv jarayonida o'qituvchi o'quvchining bilish faoliyati bosqichiga aralashmaydigan bo'Isa, tarbiyachi faoliyati didaktik jarayonning O'fda ham ustivorlik kasb etadi;

7) texnologiyalami qo llaSh samarasi yoki yakuniy daraja- bu shaxsni rivojlantirish va katta sinflarda o'qishga tayyorlash ekanligiga o'qituvchi alohida e’tibor qaratishi lozim. Bola tarbiya jarayonining sust, harakatsiz ob’ekti bo'lib qolmasdan, balki faol ishtirokchisiga- sub’ektga aylanishi kerak.

O'yinli vaziyatlardan maqsadli foydalanish g'oyasi birmuncha ilg'or va samaralidir. «O'yin kichkintoylar yaxshi o'zlashtira oladigan faoliyat hisoblanib, bu faoliyat jarayonida ular o'qishga, mehnatga badiiy ijodga qiziqadilar, hayotiy muammolami tezda ilg'ab oladilar»1. Shu boisdan o'yinga tayanib ish ko'rish- bola xulqidagi nuqsonlami bartaraf etishga, uni o'qishga qiziqtirishga eng maqbul yo'l, tarbiyaviy ta’sirga hayajonli javob berishni ta’minlash uslub bo'lib hisoblanadi.

Turli yoshdagi odamlar faoliyatini o'yin tarzida tashkil etish va kasb mahoratini takomillashtirish tajribasi pedagogika fani uchun yangilik bo'lmasa-da, o'yinli didaktik jarayonni loyihalash texnologiyasi yetarlicha ishlanmagan Mavjud adabiyotlarda o'yinning ishbilarmonlik, rolli, ishlab chiqarish, tadqiqotchilik va o'qishga oid turlari mohiyati va mazmuni uchrab turadi, biroq hanuzgacha kompyuterli, «ishbilarmonlik», turli tarbiyaviy ahamiyatga molik o'yinlarga qo'yiladigan asosiy talablarga javob beruvchi metodikaning ishlab chiqilmaganligini qayd etish o'rinlidir, ya’ni: o'yin jarayonining kuchaytirilgan va turg'un motivatsiyasi, o'yinning bajaruvchi bosqichida (B) ishtirokchilaming muvaffaqiyatga erishish va qanoat hosil qilishi, bilish faoliyatini maqsadli boshqarish va o'yin so'ngiga faoliyatni o'zlashtirish sifatining ta’minlanishiga erishish.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun o'yinning quyidagi turlari mavjud: mavzulirolli o'yinlar, o'yin-mehnat, didaktik o'yinlar harakatli o'yinlar vaqti-xushlik о yinlari, sayr-tomosha о yinlari. majmuali bayram о yinlari.

«Mavzulli rolli o'yinlar bolalaming mustaqil yoki kattalar yordamida ijtimoiy tajribani, moddiy ob’ekmi hayotiy va badiiy taassurotlar asosida ijodiy qayta yaratish faoliyatidir1»,-deb ta’kidlaydi o'zbek olimi Nurali Sayidaxmedov. Bu faoliyat natijasida bolalar nutqi, fikrlashi, xayol surishi va boshqa axloqiy sifatlari tarkib topadi. Buning uchun bola yoshiga xos kichik hajmdagi hayotiy mavzular sahna ko'rinishida ijro etiladi. Misol uchun, «Toshkent akvaparkida», »Sport maydonida», »Musobaqadan oldin», »Yangi yil arafasida», «Bozor», »Sayohatchilar bilan suhbat» sahnasini ijro etishi bilan bolalar yangi tushuncha va munosabatlarga duch kelishadi va ulami binoyidek o'zlashtiradilar (munosabat, axloq, odob, madaniyat, o'yin, xaridor, sotuvchi, narx, savdo, qiymat, pul, an’analar va boshq).

O'yin-faoliyat jarayonida bolalar atrof-olam to'grisida chuqurroq tasawurga ega bo'ladilar, ish jarayoni va harakatlarining umumiy ko'rinishini o'zlashtiradilar.


Download 243,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish