Kichik maktab yoshidagi o’quvchilami pedagogik diagnostika (PD) va
pedagogik korreksiyalash (PK) tarkibi
Kichik maktab yoshidagi o'kuvchilami diagnostika va korreksiyalash asosan
quyidagi tarkibda amalga oshadi: -diagnostika va korreksiyalashning maqsadi va vazifalarini to'g'ri belgilab olish: bolada muloqot ko'nikmalarini Shakllantira boshlaShdan, yangi pedagogik muhitda adaptatsiyaga o'rgatishdan boshlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalaming tarbiyalanganlik darajasiga, ulaming kelgusi hayotdagi yo'riqnomalariga oila tarbiyasi katta ta’sir ko'rsatadi. Odamning yuksak psixik funksiyalan tariqasida bolalikda berilgan idrok, diqqat va tafakkur borliqni bilish formalari sifatida qaralishi Shak-Shubhasizdir. Faoliyatning bilish manbai, muloqotning esa odamning shaxsiy taraqqiyoti manbai ekanligi ma’lum. Odam faoliyatining bir-biridan farq qiladigan asosiy belgilari ustida fikr yuritar ekanmiz, bunda yosh davridanoq bir-biridan ajralib turadigan 0 quvchilarni ko'z oldimizga keltirishimiz lozim.
Kichik maktab yoshidagi bolanmg bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tafakkur, xayol va xotira)ni o'rganish tashxislashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolanmg individual jamoa tch ilik hatti-harakatlarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy va tabiiy (tug'ma) xulqatvori, hatti-harakatlarini tushuntirib va uni oldindan aytib berishda uning biosoidal tabiatini hisobga olish zarurligi o'rganiladi.
Ma’lumki, bola markaziy nerv tizimining tuzilishi, uning ishi (vazifalari) va xususiyatlari, uning markaziy va pereferik qismi, bosh miyaning tuzilishi, xar bir neyronning tuzilishi va uning ish tartibi, "retseptor" tushunchasi va uning turlari, "analizator" tushunchasi, odam bosh miya qobig'ining tuzilishi va uning asosiy maydonlari sathi qismlari ustida, bosh miya qobig'ida sodir bo'ladigan asosiy psixik jarayonlar va kishining psixik holatlari, retikulyar fonnatsiyalarining markaziy nerv tizimida tutgan o'mi, uning roli va vazifalari to'g'risidagi ma’lumotga ega bo'lish pedagogik tashxislashni oqilona tashkil qilishga imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari boshlang'ich sinf o'quvchisini pedagogik diagnostika qilishda bola psixikasi, unda nerv bog'lanishlarining prinsipi va umumiy mexanizmlari, psixik hodisalaming miya ishi bilan bog'Iiqligi, ulaming psixik jarayonlari bilan aloqasi va xulq-atvor, hatti-harakatlarini boshqarishdagi, psixik hodisalar va miyaning ayrim tuzilishining bir xildagi o'zaro ta’siri, muammolari xaqida ma’lumotga ega bo'lgani afzal.
Shu bilan bir qatorda, bola miyasida sodir bo'ladigan psixik holatlaming anatom-fiziologik xususiyatlari bunda sezgilaming tarkib topishida ishtirok etadigan miya tuzilishi va tanamizdagi a’zolaming fiziologik mexanizmlari ustida o'ylanib ko'rishi zarur.
Tashxislash ayrim paytlari xulk-atvoming genetik ildizi bunda odam psixologiyasi va uning xulq-atvori, hatti-harakatlari rivojlanishida genetika va muhit, biologik va ijtimoiy omillami tushuntirish muammolari, irsiyat mexanizmlari xaqidagi tasawurlar asosida hal qilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |