Umumiy psixologiya fani ( psixologiya yonalishi 1 kurs 1 semestr uchun)
# Psixologiya fani nimani o’rganadi?
+Psixik jarayonlar va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini umumiy qonuniyatlari namoyon bo’lish mexanizmlari va faqatlarni o’rganadi
- Kishiga ta’lim tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganadi
- Turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxrigacha psixik rivojlanish jarayonini shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi
- Odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlarii natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni o’rganadi
# Psixik jarayonlar va shaxsning individual psixologik xususiyatlari, umumiy qonuniyatlari, namoyon bo’lish mexanizmlari va faqatlarini psixologiyaning qaysi tarmog’i o’rganadi?
+Umumiy psixologiya
- Pedagogik psixologiya
- Yosh davrlar psixologiyasi
- Ijtimoiy psixologiya
# Psixologiyaning predmeti qaysi bandda to’g’ri keltirilgan?
+Aniq bir shaxs uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari amallari va faoliyatlariini o’ziga xos tarzda ongi tomondan aks ettirilishi
- Shaxsning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari
- Shaxs amal va faoliyatlariini o’ziga xos tarzda ongi tomondan aks ettirilishi
- Aniq bir shaxs
# Psixologiyaning alohida fan sifatida ajralib chiqishiga nima asos soldi?
+1879 yilda nems olimi Vilgelm Vunt Leybnits universitetida eksperimental psixologik laborotoriyaga asos solishi
- Arestotel tomonidan «Jon haqida»gi asarining yaratilishi
- XIX asroxirda Bixeviorizm oqimining paydo bo’lishi
- XVIII asrda frantsuz olimlari tomonidan psixika miyaning funktsiyasi ekanligi haqidagi ta’limotning yuzaga kelishi
# Inson ongining tashkil etuvchi sodda elmentlarni ajratib olishdan iborat maqsadning qo’yilishi asosida psixologiyada qaysi yo’nalishga asos solindi?
+Strukturalizm
- Geshtalt psixologiyasi
- Freydizm
- Bixeviorizm
# Nafaqat ong tizimi elementlari, balki ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan faoliyat natijalariga asoslangan belgilar asosida ham inson xulq-atvoriga baho berish mumkinligini psixologiyada qaysi yo’nalish namoyondalari isbotlaganlar?
+Funksionalizm
- Geshtalt psixologiyasi
- Freydizm
- Bixeviorizm
# Bixeviorizm yo’nalishi namoyondalari qaysi bandda ko’rsatilgan?
+E.Torndayk, D. Uyutson
- E.Tetchener, V.Jeyms
- Z.Freyd, K.Yung
- V.Vunt
# Geshtaltpsixologiya yo’nalishi namoyondalarini ko’rsating?
+V.Kener, K.Kofka
- E.Tetchener, V.Jeyms
- Z.Freyd, K.Yung
- E. Torndayk, D. Uyutson
# Ushbu nazariya psixologiyada qaysi yo’nalishga tegishl har qanday psixologik protsesslarning bosh mohiyati ularni sezgilariga o’xshash alohida elementlar emas, balki konfiguratsiya, formalarni yaxlit yaratilishidan iborat.
+Geshtalt psixologiyasi
- Bixeviorizm
- Freydizm yo’nalishi
- Kognitivizm
# Yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendentsiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog’lik ta’sir ko’rsatayotganligini o’rganish, psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uygunlashtirishni taqazo etadi. Ma’naviyat barkamollik tamoyillarini ta’lim muassasalarida joriy etish shaxs psixologiyasini bilgan holda o’qitishning eng ilg’or shaxslarini tajribalarini amaliyotga tadbiq etish psixologiya fanining qaysi fan bilan aloqadorligini ifoda etadi?
+Pedagogika
- Sotsiologiya
- Falsafa
- Iqtisodiyot
# Odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni psixologiyaning qaysi tarmog’i o’rganadi?
+Ijtimoiy psixologiya
- Pedagogik psixologiya
- Yosh davrlar psixologiyasi
- Yuridik psixologiya
# Jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojlar individual, yoshga oid xususiyatlarini aniqlash va haridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini o’rganish modalar psixologiyasi kabi masalalarni psixologiyani qaysi tarmog’i ko’rib chiqadi?
+Savdo psixologiyasi
- Harbiy psixologiya
- Muhandislik psixologiyasi
- Pedagogik psixologiya
# Turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxrigacha psixik rivojlanish jarayoni, shaxning shakllanish va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini psixologiyaning qaysi tarmog’i o’rganadi?
+Yosh davrlar psixologiyasi
- Savdo psixologiyasi
- Muhandislik psixologiyasi
- Pedagogik psixologiya
# Kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvorini, boshliqlar va hodimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning psixologik jihatlarini, psixologik propaganda va kontrlropaganda metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarni psixologiyaning qaysi tarmog’i tadqiq qiladi?
+Harbiy psixologiya
- Savdo psixologiyasi
- Muhandislik psixologiyasi
- Pedagogik psixologiya
# Sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini, ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchining tashqi chiniqqanligi va safarbarlikka tayyorligining psixologik mezonlarini, musobaqalarii tashkil etish va o’tkazish bilai bog‘liq psixologik omillarni psixologiyaning qaysi tarmog’i o’rganadi?
+Sport psixologiyasi
- Yosh davrlar psixologiyasi
- Savdo psixologiyasi
- Muhandislik psixologiyasi
# Psixika turmush tarzi bilan belgilanishi va turmush tarzi o’zgarishlariga qarab o’zgarishi psixologiya fanining qaysi printsipiga xos?
+Determnizm printsipi
- Ong va faoliyat birligi
- Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi
- Psixikani tadqiq etish insonning ongli faoliyatini o’rganishdir
# Ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o’xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etadi. Bu psixologiya fanning qaysi printsipini ifodalaydi?
+Ong va faoliyat birligi
- Determnizm printsipi
- Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi
- Psixikani tadqiq etish insonning ongli faoliyatini o’rganishdir
# Psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanishi mahsuli sifatida qaraladigan bo’lsagina, u to’g’ri tushunilishi mumkin. Bunda psixologiya fanining qaysi printsipi nazarda tutilyapti?
+Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etishi
- Ong va faoliyat birligi
- Determnizm printsipi
- Psixikani tadqiq etish insonning ongli faoliyatini o’rganishdir
# …… yuksak darajada tashkil topgan materi, ya’ni miyaning xossasi bulib, bu xossa ob’ektiv borlikni, sub’ektiv aks ettirishdan iborat. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying?
+Psixika
- Faoliyat
- Ong
- Xulq-atvor
# Psixika kim va nimalarga xosdir?
+Ham inson, ham hayvonlarga
- Hayvonlarga
- Faqat insonga
- Inson, hayvon, o’simliklarga
# Organizmning tashqi ta’siriga qonuniy javob reaktsiyasi bu…
+Refleks
- Tormozlanish
- Qo’zgalish
- Induktsiya
# Hayot davomida ko’pdan ko’p ta’sirlarga shartli reflekslarning hosil bo’lishi va buni bir necha marta qaytarilib avtomatlashishi, ya’ni bir necha shartli refleks ketma-ket tarzda, avtomatik ravishda sodir bo’lishi oliy nerv faoliyatining qaysi qonuniyati?
+Dinamik steriotip
- Tormozlanish
- Irradatsiya
- Qo’zg’olish
# Tashqi muhitning ta’sirini qabul qiluvchi apparatni tashkil etuvchi xujayralar guruhi qanday nomlanadi?
+Retseptorlar
- Effektorlar
- Boshqaruv pulti
- Neyronlar
# Qo’zg’atishni boshqa nervlarga o’tkazadigan neyron tolasi qanday ataladi?
+Akson
- Sinaps
- Dendritrlar
- Nerv xujayrasi
# Qo’zg’atishni nervlardan qabul qiluvchi neyron tolasi qanday ataladi?
+Dendritrlar
- Akson
- Sinaps
- Qobig’
# Qqo‘zg‘atish impulslarining muayyan yo‘nalishda tanlab o‘tkazishni ta’minlovchi, neyrоnlarning hujayra tanasi bilan bоglangan nuqta bu
+Sinaps
- Akson
- Dendritrlar
- Qobig’
# Markaziy nerv sistemasining necha qismdan iborat
+Ikki qismdan: bоsh miya va оrqa miya
- Uch qismdan: bоsh miya, оrqa miya va yon miya
- Bir butun qismdan: bоsh miya yarim sharlari
- Ikki qismdan: asosiy va yordamchi
# Qo’l barmog’i, ayniqsa, bosh barmoq faoliyati bilan bog’liq xujayralar, shuningdek nutq organlari lab va til mushaklari funktsiyasi bilan bog’liq xujayralar bosh miyaning qaysi qismini egallaydi?.
+Katta yarim sharlar qobig’ining anchagina qismini
- O’ng yarim sharlar
- Orqa miya va miya naychasi
- Chap yarim sharlar
# Kishining ongiga mukarrar ravishda his tuyg’ular oqimi kirib keladi.Unda murakkab obyektiv va eng avvalo odamning o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar ongining qaysi ta’rifida o’z ifodasini topadi?
+To’rtinchi ta’rifi-ongning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligi
- Ikkinchi ta’rifi- unda subyekti bilan obyekt o’rtasida aniq farqlashda ifodasini topishda
- Uchinsi ta’rifi-odamning maqsad qo’zg’oluvchi faoliyatini ta’minlashda
- Birinchi ta’rifi-ongli anglash demakdir
# Jonli mavjudotlar ichida inson o’zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatlarini o’zini tadqiq etishga yo’naltirishga qodirdir. Odam o’z xatti-harakatlarini va umuman o’zini o’zi ongli ravishda baholaydi. «Men» ning «Men emas» dan ajratilishi bolaligida boshdan kechiriladigan yo’l bo’lib, uning o’zini-o’zi anglashi jarayonida yuz beradi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar ongning qaysi ta’rafida o’z ifodasini topadi?
+Ikkinchi ta’rifi – unda sub’ekti bilan obyekt o’rtasida aniq farqlanishining o’z ifodasini topishida
- Birinchi ta’rifi – ong anglash demakdir
- Uchinchi ta’rifi – odamning maqsad ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashida
- To’rtinchi ta’rifi – ongning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligida
# Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qabul qilinadi, xarakatlarning bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Bu bilan inson o’zini ongli maqsadini amalga oshiradi. Yuqoridagi izohlar onginng qaysi ta’rifini bildiradi?
+Ong odamning maqsad qo’zg’oluvchi faoliyatini ta’minlaydi
- Ong orqali sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi aniq farqlash yuzaga keladi
- Ong anglash demakdir
- Ong orqali ijtimoiy munosabatlar boshqariladi
# Mexanik usul bilan qo’zg’atuvchining ta’siri ostida harakatlanish tendentsiyasi tropizmning qaysi turiga kiradi?
+Topotropizm
- Termotropizm
- Xemotropizm
- Fototropizm
# Muayyan fizikaviy kimyoviy muhitni tanlash va ta’sirlanish tendentsiyasi tropizmlarning qaysi turiga kiradi?
+Xemotropizm
- Termotropizm
- Fototropizm
- Topotropizm
# Hayvonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish asosida amalga oshiriladigan tug’ma harakatlari qanday nomlanadi?
+Instinktlar
- Ongli xatti-harakatlar
- Shartli refleks
- Ko’nikmalar
# Hayvonlarning shartli reflekslar asosida yuzaga kelgan xatti-harakatlari qanday nomlanadi?
+Hayotda orttirilgan xatti-harakatlar
- Instinktlar
- Ongli xatti-harakatlar
- Tug’ma xatti-harakatlar
# Hayvon ham odam ham qo’zg’atuvchining muayyan turiga, ajdodlarning instinktiv xatti-harakatlari tarzidagi ma’lum bir tajribaga egadir. Unisi ham bunisi ham hayotdagi turli vaziyatlarda shaxsiy tajriba orttiradi, insongina ijtimoiy tajribani o’zlashtiradi. Bu hayvonlar va odam psixikasi o’rtasidagi qanday farqni ifodalaydi?
+Ijtimoiy tajribani biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishidagi farqni
- Qurollarni yaratishga va saqlashga layoqatidagi farqni
- Tafakkuri o’rtasidagi farqni
- His-tuyg’ulardagi taffovutni
# Hayvonot dunyosini rivojlanishi davomida psixikaning taraqqiyoti biologik evolyutsiya qonunlariga binoan ro’y bergan bo’lsa, inson psixikasining kishi ongining rivojlanishi, ijtimoiy tarixiy taraqqiyot qonunlariga bo’ysunadi. Yuqoridagi fikrlar hayvonlar va odam psixikasi o’rtasidagi qanday farqni izohlaydi?
+Rivojlanish shart-sharoitlarida ko’rinadigan farqni
- Qurollarni yaratishga va saqlashga layoqatidagi farqni
- Ijtimoiy tajribani biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishidagi farqni
- Tafakkuri o’rtasidagi farqni
# Eksperiment metodining turlari qaysi bandda to’g’ri berilgan?
+Tabiiy va laboratoriya eksperiment
- Laboratoriya eksperimenti
- Individual va guruhiy eksperiment
- Tabiiy eksperiment
# Kuzatish metodining turlari qaysi bandda to’g’ri sanab o’tilgan?
+Obyektiv kuzatish va subyektiv kuzatish
- Oddiy kuzatish, murakkab kuzatish
- Ilmiy kuzatish, oddiy kuzatish
- Og’zaki kuzatish, yozma kuzatish
# Testning ko’rinishlari qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
+Test-so’rov, test-topshiriq, proektiv test
- Og’zaki test, yozma test, erkin test
- Standartlashgan test, tashqi test, ichki test
- Tabiiy test, maxsus test, so’rov testi
# Testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‘ladi,ya’ni tekshiriluvchiga shunday topshiriq beriladiki, u topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlanayotganligini, natijasi qanday bo‘lishini oldindan bilmaydi bu test metodining qaysi turiga xos?
+Proektiv testlarga
- Tesg-so‘rovga
- Tesg-toshiriqqa
- Sotsiometrik testga
# G‘oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutilishi modellashtirish metodining qaysi turiga xos
+Kibernetik modellashtirishga
- Texnik modellashtirishga
- Mantiqiy modellashtirishga
- Matematik modellashtirishga
# Jonli mavjudotning hayot kechirishining konkret shart-sharoitlariga uning qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holat bu. . .
+Ehtiyoj
- Faoliyat
- Motiv
- Qiziqish
# Kishining faollik kasb etayotgan faoliyati, uning hayoti va uning avlodi hayotini saqlash hamda qo’llab-quvvatlash uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarga bo’ysunganlikda ifodalangan ehtiyoj turi qaysi?
+Tabiiy ehtiyoj
- Madaniy ehtiyoj
- Moddiy ehtiyoj
- Ma’naviy ehtiyoj
# Odamning faol faoliyati insoniyat madaniyatining mahsuliga bog’liq ekanligi ifodalanadigan ehtiyoj turi qaysi?
+Madaniy ehtiyoj
- Tabiiy ehtiyoj
- Moddiy ehtiyoj
- Ma’naviy ehtiyoj
# Kishining moddiy madaniyat predmetlariga qaramligi ifodalanadigan ehtiyoj turi qaysi?
+Moddiy ehtiyoj
- Madaniy ehtiyoj
- Tabiiy ehtiyoj
- Ma’naviy ehtiyoj
# Kishining ijtimoiy ong mahsuliga, tobeligida ifodalanadigan ehtiyoj turi qaysi?
+Ma’naviy ehtiyoj
- Madaniy ehtiyoj
- Moddiy ehtiyoj
- Tabiiy ehtiyoj
# Kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi jismoniy faolligiga nima deyiladi?
+Faoliyat
- Ehtiyoj
- Motiv
- Qiziqish
# Faoliyatning yolg’iz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo’naltirilgan nisbatan tugallangan har bir shunday qismi nima deb ataladi?
+Harakat
- Ish
- Motiv
- Malaka
# Tashqi olamdagi narsalarning holatini yoki xususiyatlarini o’zgartirishga qaratilgan harakatlar nima deb ataladi?
+Ish
- Harakat
- Motiv
- Malaka
# Faoliyat jarayonida tashqi real harakatdan ichki timsoliy harakatga o’tish jarayoni qanday nomlanadi?
+Interiorizatsiya
- Eksteriorizatsiya
- Teskari afferentatsiya
- Hissiy orientarlarini o’zlashtirish
# Faoliyat jarayonida ichki timsoliy harakatdan tashqi real harakatga o’tish jarayoni qanday nomlanadi?
+Eksteriorizatsiya
- Interiorizatsiya
- Teskari afferentatsiya
- Hissiy orientarlarini o’zlashtirish
# Kishida maqsadga muvofiq tarzdagi sa’i-harakatlarni ijro etish va boshqarishning avtomatlashtiruviga nima deyiladi?
+Malaka
- Motiv
- Ko’nikma
- Mashq
# Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o’zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda hamda ongli ravishda nazorat qilishga va tuzatishga asoslangan hamda ko’p martalab takroran bajarish faoliyati nima deb ataladi?
+Mashq
- Malaka
- Ko’nikma
- Моtiv
# «Mashq egri chiziqlari» yoki «o’rgatish egri chiziqlari» qaysi jarayonga taalluqli?
+Faoliyatning o’zlashtirilishiga
- Ehtiyojlarning qondirilish jarayoniga
- Shaxsning shakllanishiga
- Adaptatsiya jarayoniga
# Subyekning o’rganishni maqsad qilib olgan, axborotni, harakatlarni, xulq-atvor shakllarini o’zlashtirishga qaratilgan faoliyat turini ko’rsating?
+Ta’lim
- O’yin
- Mehnat
- Amaliy faoliyat
# Ma’lum bir ijtimoiy foydali, moddiy yoki ma’naviy mahsulotni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan faoliyat turini ko’rsating?
+Mehnat
- Ta’lim
- O’yin
- Amaliy faoliyat
# Inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmui nima deyiladi?
+Motivatsiya
- Ehtiyoj
- Malaka
- Faoliyat
# Ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatga moyillik, ya’ni harakatga undovchi kuch bu-
+Motiv
- Ish-harakat
- Malaka
- Faoliyat
# Chaqaloqning inson zotiga mansubligini tasdiqlaydigan faqat qanday tushuncha bilan nomlanadi?
+Individ
- Shaxs
- Individuallik
- Yo’nalganlik
# Kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birkmasi. . . deyiladi
+Individuallik
- Individ
- Shaxs
- Yo’nalganlik
# Ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individ bu. . .
+Shaxs
- Individ
- Individuallik
- Yo’nalganlik
# Kishining tevarak-atrofda munosabat birgalikdagi faoliyat va ijodiy ish jarayonida namoyon bo’ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o’zgarishlar qilish layoqati shaxsning. . . sifatida tushuniladi
+Faolligi
- Yo’naltirilganligi
- Hayotiy pozitsiyasi
- Himoya mexanizmi
# Ong bu...
+Psixikaning oliy, uni yaxlit bir holatga keltirib turuvchi shakli bo’lib, odamlarning mehnat faoliyati va o’zaro munosabatlari jarayonida shakllagan
- Odamning borliqni bilishga yo’naltirgan faolligidir
- Bizning bilimlarimiz, fikr-mulohazalarimiz, tushunchalarimiz, o’z-o’zimizga baho berishimizdir
- Tevarak atrofimizdagi olam haqidagi bilimlarimiz mahsulidir
# Psixikaning asosiy formalari qaysilar?
+Psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixologik xususiyatlar
- Qobiliyatlar, malaka, odat, ko’nikma
- Sezgilar, fikrlar va ruhiy holatlar
- Odam psixikasini tashkil etuvchi sifatlar
# Hozirgi zamon psixologiyasini asosiy printsiplari qaysilar?
+Determnizm, ong va faoliyatning borligi, faoliyatda ongning rivojlanishi
- Tarixiylik, sub’ekt va ob’ekt birligi
- Ongning rivojlanishi, odamning borliqni bilishga yo’nalganligi
- Bixeviorizm, freydizm printsiplari
# Psixalogiyaning metodlari qasilari ?
+Kuzatish, so’rov, test, suhbat
- Test, diagnostika
- So’rovnoma, suhbat, analiz
- Analiz, sintez, diagnostika
# Psixikaning eng yuqori bosqichi nima?
+Ong
- Tafakkur
- Xayol
- Idrok
# Foma Akvinskiy va Dekartlar hayvon harakatlarini qanday harakatlar deb atagan?
+Avtomatlashgan ongsiz harakat
- Kuchli harakat
- Ongli harakat
- Bemani harakat
# Qaysi zoopsixolog hayvon xatti – harakatlari turga bog’liq belgi deb hisoblangan?
+Kyuve
- Dekart
- Remort
- Role
# A.D Slonim shartsiz reflekslarni qanday 3 guruhga bo’lgan?
+Ichki muhit doimiligini saqlash, tashqi muhit o’zgarishiga mos keladigan reflekslar, turni dunyoda saqlashga qaratilgan reflekslar
- Ovqatlanish, erkinlik,o’z-o’zini himoya qilish, qorovullik
- Elementar, agressiya, mo’ljallash
- Jinsiy, mo’ljallash, o’yin
# Hayvonlarni tug’ma hatti – harakatlari qanday nomlanadi ?
+Instink
- Faoliyat
- Kompleks
- Harakat
# Pavlov hayvonlar fe’l- atvorini nechchi guruhga bo’lib o’rgangan ?
+2
- 3
- 6
- 9
# Hayvon organizmining o’sishi rivojlanishi fanda qanday nomlanadi ?
+Genotik
- Refleks
- Fenotik
- Kompleks
# Hayvonga ichki va tashqi ta’sir ko’rsatish qandy nomlanadi?
+Fenotik
- Genotik
- Refleks
- Kompleks
# Hayvonlarni tug’ilmasdan oldin qilgan hatti harakatlari qanday nomlanadi ?
+Perinatal
- Postnatal
- Reflektor
- Asinxron
# Hayvonlarning tugilgandan keying hatti harakatlari nima deb ataladi ?
+Postnatal
- Reflektor
- Asinxron
- Instiktiv
# Hayvonlarda reflektor aktlarni mavjud ekanligini kim aniqlagan ?
+A.Orbeli
- K.Anoxin
- Ch.Darvin
- A.Maslou
# Qanday hayvonlarda elementar intelekt mavjud ?
+Umurtqalilarda
- Sodda,bir xujayrali organizmlarda
- Molyuskalarda
- Barch turdagi hayvonlarda
# Yuksak taraqqiy etgan maymunlar xatti – harakatining o’ziga xos xususiyati nimada ?
+Taqlidchаnligida
- Ongsizligida
- Tez xatti – harakatida
- Yurishda
# Rus zoopsixologiyasi asoschisi,qushlar va hashorotlarda instinktiv harakarlarni o’rgangan psixolog kim?
+A.Vagner
- Fom Frish
- P.Pavlov
- I.Ivanov
# Hayvonlardagi instinktiv shakli organizimning qanday taraqqiyoti bilan bog’liq ?
+Filogenetik
- Ontogenetik
- Individual
- Posnotal
# Hayvonlarda faoliyatning qaysi turi yaxshi rivojlangan ?
+O’yin
- Mehnat
- O’quv
- Tajriba
# Hayvonlarning hatti – harakatlari, jonivorlar psixikasi qaysi bo’limda o’rganiladi?
+Zoopsixologiya
- Maxsus psixologiya
- Defferensial psixologiya
- Psixologiya
# Sodda hayvonlar harakati nima deyiladi ?
+Taksis
- Malaka
- Ko’nikma
- Tezis
# Koordinatsiyalovchi reflekslarga qaysi reflekslar kiradi ?
+Oyoq- qo’lda ish bajarishdagi avtomatik reflekslar
- Yangi joy va yangi sharoitda hosil bo’ladigan reflekslar
- Begetetiv organlar ishni muvofiqlashtiruvchi reflekslar
- Shartli reflekslar
# Hayvonlardagi vital ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan fe’l- atvorni ko’rsating
+Hayotini davom ettirish, yashash bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarni o’z ichiga olgan fe’l- atvorlar
- Jinsiy ehtiyojlarni o’z ichiga olgan fe’l- atvorlar
- Tekshiruv ehtiyojlarini o’z ichiga olgan fe’l- atvorlar
- Erkinlik ehtiyojlarni o’z ichiga olgan fe’l- atvorlar
# Tajribali hayvonlarda oily shakldagi o’rganishlar qanday o’rganishlar deyiladi?
+Kognitiv o’rganishlar
- Noassotsiativ o’rganishlar
- Assotsiativ o’rganishlar
- Elementar o’rganishlar
# Tashqi va ichki signallar xatti- harakatlari bilan birlashmalar hosil qilinishi qanday o’rganishlar deyiladi?
+Assotsiativ o’rganishlar
- Kognitiv o’rganishlar
- Noassotsiativ o’rganishlar
- Elementar o’rganishlar
# Yuridik psixologiyaning jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorining psixik xususiyatlarini (guvoxlik ko‘rsatmalarining psixologiyasi, ayblanuvchi xulq-atvorining xususiyatlari, tergovga qo‘yiladigan psixologik talablar va shu kabilarin) tadqiq qiluvchi bo’limini ko’rsating
+Sud psixologiyasiga
- Kriminal psixologiyaga
- Ahloq tuzatish- mexnat psixologiyasiga
- Targ’ibot psixologiyasi
# Yuridik psixologiyaningjinoyatchining xulq-atvori, shaxsning shakllanishiga doir psixologik roblemalar, jinoyatning motivlari va shu kabilar bilan shug‘ullanuvchi bo’limini ko’rsating
+Kriminal psixologiyaga
- Ahloq tuzatish- mehnat psixologiyasiga
- Sud psixologiyasiga
- Targ’ibot psixologiyasi
# Yuridik psixologiyaningaxloq to‘zatish-mehnat koloniyasida qamalib yotganlarning psixologiyasini, ishontirish va majburlash metodlari bilan tarbiyalashning psixologik muammolarini va shu kabi masalalarini o‘rganadigan bo’limini ko’rsating
+Ahloq tuzatish- mehnat psixologiyasiga
- Kriminal psixologiyaga
- Sud psixologiyasiga
- Targ’ibot psixologiyasi
# Kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini psixologiyaning qaysi sohasi o’rganadi.
+Mehnat psixologiyasi
- Pedаgogik psixologiya
- Yosh dаvrlаr psixologiyasi
- Yuridik psixologiya
# D.N.Uznadzening tajribalarida nima aniqlangan?
+«Fiksal ustanovkalar»
- «Taqqoslash ustanovkalari»
- «Esi-hush ustanovkalari».
- «Sintez ustanovkalar»
# Orgаnik mаteriyagа аks ettirishning qаysi shаkllаri xos?
+Biologik vа psixik
- Mexаnik
- Fizik
- Ximik
# Jonli organizmning yorug’lik ta’siri ostida harakatlanish tendentsiyasi tropizmning qaysi turiga kiradi?
+ Fototropizm
- Xemotropizm
- Termotropizm
- Topotropizm
# Odаm tomonidаn ijtimoiy- tаjribаni o’zlаshtirish, аvlodlаrgа berish yoki kommunikаtsiya o’rnаtish, o’z shаxsiy hаrаkаtlаrini rejаlаshtirish vа аmаlgа oshirish mаqsаdidа tildаn foydаlаnish jаrаyonigа nimа deyilаdi
+Nutq fаoliyati
- O’yin fаoliyati
- O’qish fаoliyati
- Ta’lim fаoliyati
# Birgаlikdаgi fаoliyat ehtiyojlаridаn kelib chiqib o’zаro munosаbаtgа kirishish jаrаyonigа nimа deyilаdi?
+Muloqot
- Fаoliyat
- Motivаtsiya
- Motiv
# Muloqotdа nutqiy verbаl vositа elementini ko’rsаting?
+So’zlаr
- Yuz ifodаsi
- Hаrаkаtlаr
- Mimika
# Muloqot jаrаyonidа pаrаlingvistik tа’sir degаndа nimаni tushunаsiz?
+Nutqni bezovchi, u ni kuchаytiruvchi yoki susаytiruvchi omillаr ohаng, emotsiya, nidolаr kаbilаr
- So’z vа nutqimiz orqаli tа’sir
- Suhbаtdoshlаrning fаzodа tutgаn o’rni
- Holаtlаr, qiliqlаr, mimikа
# Tilning funktsiyalаridаn birini ko’rsаting
+Kommunikаtsiya usuli
- Impulsiv hаrаkаtlаrning yuzаgа keltirish
- Jismoniy hаrаkаtlаrni yuzаgа keltirish
- Qаddi-qomаtning tutish
# Diаdа shаklidаgi munosаbаtlаr negizigа quriluvchi, ikki shаxs o’rtаsidа nаmoyon bo’luvchi, аxborot uzаtishgа vа qаbul qilishgа mo’ljаllаngаn nutq turini ko’rsаting
+Diаlogik nutq
- Monologik nutq
- Yozmа nutq
- Ichki nutq
# Verbаl nutqning turlаridаn birini ko’rsаting
+Ekspressiv
- Imo-ishorа
- Pаntomimikа
- Tovushsiz
# Noverbаl nutqning turlаridаn birini ko’rsаting
+Imo-ishorа
- Ekspressiv
- Monologik
- Og’zаki
# Noverbal muloqot qanday muloqot?
+Mimika va pantomimika orqali muloqot
- So’z orqali muloqot
- Yozma muloqot
- SMS orqali muloqot
# Miya po’stining mа’lum qismi shikаstlаnsа, bemorlаrning nutq аrtikulyatsmyasining buzilishini kаshf etgаn vа « so’z obrаzlаrini hаrаkаtlаntiriuvchi mаrkаz» deb аtаgаn olimni ko’rsаting
+P.Brokа
- N.Jinkin
- P.Аnoxin
- А.Luriya
# Elementаr sensor psixikаning quyi dаrаjаsi qаysi hаyvonlаrdа nаmoyon bo’lаdi?
+Soddа hаyvonlаrning xаtti-hаrаkаtidа
- Umurtqаlilаrdа
- Mаymunlаrdа
- Hаshorаtlаrdа
# Kаpаlаklаrning rаngni yaxshi аjrаtishi, hidni bilishi, boshoyoqli molyuskаlаrning geometrik shаkllаrni yaxshi аjrаtishi hаyvonlаrning psixikаsigа qaysi darajasiga xos?
+Elementаr pertseptiv psixikа
- Elementаr intellekt
- Elementаr psixikа
- Elementаr sensor psixikа
# Hаyvonlаrgа tug’ilishi bilаn unga xos bo’lgаn xususiyatni ko’rsаting
+Hаyvonlаrgа tug’ilishi bilаn genetik himoyadа bo’lishаdi
- Tаjribаlаr аsosidа o’zini himoya qilаdi
- Ovoz chiqаrib himoya qilishni nаmoyon qilаdi
- Hech qаndаy himoya bo’lmаydi
# Odаm vа hаyvonlаr miyasidа fаzoni «obrаzi» hosil bo’lаdi. Bu obrаzgа qаrаb orientirlаsh sodir bo’lаdi, deb ko’rsаtilgаn kontseptsiya qаysi olimning qаysi kontseptsiyasigа xos?
+I.Beritаshvili tomonidаn tаklif qilingаn psixonerv kontseptsiyagа
- А.Uxtomskiyning integrаl obrаz kontseptsiyagа
- I.Sechenovning reflektor kontseptsiyagа
- Shepаrdning fikrlаri аylаnish kontseptsiyagа
# P.K.Аnoxinning nаzаrisidа hаyvonlаrdа fe’l-аtvorni fiziologik аrxitekturаsidа dаstlаbki аfferent sintez dаvrining mohiyati qаndаy?
+Tаshqi dunyodаn kelаyotgаn signаllаr bosh miyadа sintezlаnаdi
- Xаtti-hаrаkаtlаr dаsturlаshаdi
- Fikrаn bir qаrorgа kelаdi
- Xotirа аktivlаshаdi
# Hаyvonlаrdаgi obrаzli psixonerv fаoliyat turi qаysi o’rgаnishlаrning tаrkibigа kirаdi?
+Kognitiv o’rgаnishlаr
- Аssotsiаtiv o’rgаnishlаr
- Noаssotsiаtiv o’rgаnishlаr
- Perseptiv o’rganishlar
# Summаtsiya, o’rgаnib qolishlаr, imprinting, tаqlid qilishlаr, аversiv o’rgаnishlаr, lаtent o’rgаnishlаr hаyvonlаrdаgi o’rgаnishlаrning qаysi turi tаrkibigа kirаdi?
+Noаssotsiаtiv o’rgаnishlаr
- Аssotsiаtiv o’rgаnishlаr
- Kognitiv o’rgаnishlаr
- Elementаr fikrlаsh
# Hаyvonlаrdаgi summаtsiyaning mohiyatini ko’rsаting
+Turli xil sodа hаyvonlаrdа mаvjud shаrtli reflekslаrgа o’xshаsh fe’l- аtvor
- Tаjribаlаr аsosidа ortirilgаn ko’nikmаlаr
- Tug’mа instiktiv hаrаkаtlаr
- Elementаr fikrlаsh
# Hаyvonlаrdаgi o’rgаnishlаrning turlаri qаysi bаndа ko’rsаtilgаn?
+Kognitiv o’rgаnishlаr, аssotsiаtiv o’rgаnishlаr, noаssotsiаtiv o’rgаnishlаr
- Intellektuаl o’rgаnishlаr, ko’nikishlаr
- Kognitiv o’rgаnishlаr,
- Intellektuаl o’rgаnishlаr
# I. P. Pаvlov hаyvonlаrdаgi fe’l- аtvorni o’rgаnish uchun ulаrni qаdаy guruhlаrgа bo’lgаn?
+Individuаl vа turgа bog’liq bo’lgаn fe’l- аtvorlаr
- Intellektuаl vа nаsliy fe’l- аtvorlаr
- Instiktiv vа rejаlаshtrilgаn fe’l- аtvorlаr
- Yuksаk vа elementаr fe’l- аtvorlаr
# Hаyvonlаrdаgi ovqаtlаnish, suv ichish, himoya, uyqu vа uyg’oqlikni boshqаrish, kuchni tejаsh kаbi fe’l- аtvorlаr I. P. Simonov tаklif etgаn qаysi fe’l- аtvor guruhigа kirаdi ?
+Xаyotiy fe’l- аtvorlаr
- Rolli fe’l- аtvorlаr
- O’zini rivojlаnishi uchun zаrur bo’lgаn fe’l- аtvorlаr
- Yuksаk vа elementаr fe’l- аtvorlаr
# Hаyvonlаrdаgi jinsiy, otа-onа, emotsionаl, territoriya uchun kurаsh, birgаlikdа xursаnd vа xаfа bo’lish kаbi fe’l- аtvorlаr I. P. Simonov tаklif etgаn qаysi fe’l- аtvor guruhigа kirаdi
+Rolli fe’l- аtvorlаr
- Xаyotiy fe’l- аtvorlаr
- O’zini rivojlаnishi uchun zаrur bo’lgаn fe’l- аtvorlаr
- Yuksаk vа elementаr fe’l- аtvorlаr
# Psixologiyaning qaysi sohasi vrach faоliyatining va bemоr xulq-atvоrining psixоlоgik jihatlarini o’rganadi?
+Tibbiyot psixоlоgiyasi
- Sport psixоlоgiyasi
- Yuridik psixоlоgiyasi
- Tibbiyot psixоlоgiyasi
# O’zlashtirmоvchi o’quvchilar ruhiy dunyosidagi nuqsоnlarni aniqlash va ularga yordam berish yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqish ga qaratilgan faoliyati maktab psixologining qaysi ish mazuniga kiradi?
+Psixodiagnostika
- Psixologik maorif
- Psixoprofilaktika
- Psixologik maslahat
# Psixologning mijozlar ishonchini yuzaga kelishida muhim bo’lgan kasbiy fazilatini ko’rsating
+Sir saqlash majburiyati
- Aniuqlik kiritish majburiyati
- Notiqlik mahorati
- Tavakkalchilik
# 1980-yil qayerda maktab psixologlarni milliy assotsatsiyasi tashkil etilgan?
+AQShda
- Fransiyada
- Britaniyada
- Xitoyda
# Psixologiyaning qaysi sohasi huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq psixologik maslarni o’rganadi?
+Yuridik psixologiya
- Maxsus psxilogiya
- Differensial psixologiya
- Ijtimoiy psixologiya
# O’zbekiston Respubliksida nechanchi yilda maktablarda psixologik xizmati yo’lga qo’yildi ?
+1999-y 1-yanvar
- 2000-y 1-sentabr
- 1999-y 31-yanvar
- 2001-y 1-yanvar
# Оta – оnalarga bоlaning psixik rivоjlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi o’zarо munоsabatlar marоmi, individual tipalоgik xususiyatlari muammоsi bo’yicha ilmiy amaliy maslahatlar berish maktab psixologning qaysi ish mazmuniga kiradi?
+Psixologik maslahat
- Psixologik maorif
- Psixoprofilaktika
- Psixodiagnostika
# O’quvchilarda uchraydigan o’quv malakalari va ko’nikmalarini egallashdagi nuqsоnlar xulq-atvоrda kamchiliklar, intelektual taraqqiyot va shaxs fazilatlardagi buzilishlar sabablarini diagnоstika qilish maktab psixologning qaysi ish mazmuniga kiradi
+Psixodiagnostika
- Psixologik maorif
- Psixoprofilaktika
- Psixologik maslahat
# Ta’lim va tarbiyalash sharоiti bilan bоliq nevrоtik hоlatlar, psixoiogik zo’riqishning оldini оlish ishlarini olib borish maktab psixologning qaysi ish mazmuniga kiradi?
+Psixopofilaktika
- Psixologik maslahat
- Psixologik maorif
- Psixologik maslahat
# Amaliy maktab psixologi ish faoliyati yo’nalishlari qaysilar ?
+Psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixologik maorif va ma’rifat, psixologik maslashat, psixir rivojlantirish va korreksiya
- Deviant bolalarni nazorat qilish
- Ota-onalarni nazorat qilish
- Bolalarning salomatligini nazorat qilish
# Quydagilardan qaysi biri psixologik maorif va marifat ishlaridagi psixologning faoliyati hisoblanadi ?
+Psixologik savodxonlikni oshirish
- Deviant bolalar bilan ishlash
- Ota-onalar bilan ishlash
- Psixologik maslahat berish
# Psixolog deviant xulqli bolalar xulqini tuzatish qaysi ish faoliyati mazmuniga kiradi?
+Psixokorreksion ishlar
- Profilaktika
- Psixologik maslahat
- Psixodiagnostika
# Yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish psixologning qaysi ish faoliyati mazmuniga kiradi?
+Psixokorreksiya ishlar
- Psixoprofilaktika
- Psixologik maorif va marifat
- Psixologik maslahat
# Xulqi xatti-harakati buzilgan o’quvchilarni to’g’ri yo’lga boshlash ishlarini psixolog qaysi faoliyat yo’nalishida olib boradi ?
+Psixoprofilaktika
- Psixologik maslahat
- Psixologik maorif
- Psixologik maslahat
# Shaxsni muayyan sharoitga moslashishda oid ish olib borishi psixologning qaysi ish faoliyati mazmuniga kiradi?
+Psixoprofilaktika
- Psixologik maslahat
- Psixologik maorif
- Psixologik maslahat
# Yosh taraqqiyotini ma’yyorlarga muvofiqligini aniqlash psixologning qaysi ish faoliyati mazmuniga kiradi?
+Psixodiagnostika
- Psixologik maorif
- Psixoprofilaktika
- Psixologik maslahat
# Iqtidorli o’quvchilarni aniqlash psixologning qaysi ish faoliyati mazmuniga kiradi?
+Psixodiagnostika
- Psixologik maorif
- Psixoprofilaktika
- Psixologik maslahat
# Bola shaxsning kamol topishi,uning aqliy taraqqiyotdan ortda qolmasligini oldini olish psixologning qaysi faoliyatiga kiradi ?
+Psixoprofilaktika
- Psixodiagnostika
- Psixologik maorif
- Psixologik maslahat
# Maktabning pedagogik saviyasini,o’quvchilar va ota-onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb qilish amaliy maktab psixologiyaning qasi faoliyat mazmuniga kiradi ?
+Psixologik maorif va ma’rifat
- Psixoprofilaktika
- Psixodiagnostika
- Psixologik maslahat
# Tabiiy tanlanish bu
+Asosiy evolyusion jarayon bo‘lib, bunda tarqalish usuli orqali tanlanish holati ro‘y beradi, bu holatda albatta maksimal darajada moslashgan turlar ko‘proq tanlanadi, aynan zaif turlar nobud bo‘la boshlaydi
- Asosiy evolyusion jarayon bo‘lib, zaif turlar himoyalanadi
- Asosiy evolyusion jarayon bo‘lib, faqat organizm genotipi o‘zgaradi
- Asosiy evolyusion jarayon bo‘lib, faqat organizm fenotipi o‘zgaradi
# Noirsiy o‘zgaruvchanlik
+Organizm fenotipining o‘zgarishidir
- Jinsiy belgilarning o’zgarishi
- O‘zgaruvchanlikning bu turi mavjud emas
- Organizm genotipining o‘zgarishidir
# Irsiy o‘zgaruvchanlik bu
+Organizm genotipining o‘zgarishidir
- Jinsiy belgilarning o’zgarishi
- O‘zgaruvchanlikning bu turi mavjud emas
- Organizm fenotipining o‘zgarishidir
# Belgilari o‘rtacha darajada yoki unga yaqin darajada bo‘lgan individlarning saqlanishiga qaratilgan tanlanishbo’lib, organizmlar o‘zgarmas muhit sharoitida saqlanib qolganligi bu
+Stabillashtiruvchi tanlanish
- Saqlovchi tanlanish
- Dizruptiv tanlanish
- Harakatlantiruvchi tanlanish
# Tabiiy tanlanishning markaziy konsepsiyasini tushunish bu organizmning……………
+Moslashuvchanligi
- Harakatchanligi
- Taqlidchanligi
- Yaratuvchaligi
# Organizmlarning yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish xili bu
+Harakatlantiruvchi tanlanish
- Stabillashtiruvchi tanlanish
- Saqlivchi tanlanish
- Dizruptiv tanlanish
# Muayyan joyda tarqalgan bir turga mansub organizmlar orasida bir- biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq individlar guruhi uchrashi mumkin bo’lgan tanlanish turi
+Dizruptiv tanlanish
- Harakatlantiruvchi tanlanish
- Stabillashtiruvchi tanlanish
- Saqlivchi tanlanish
# Jinsiy tanlanish tushunchasini ilk bor qaysi olim taklif etgan
+Ch. Darvin
- R.Buamaster
- K.Kataniz
- K.Borg
# Evolyusion taraqqiyotining asosida uchta omil qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan
+O‘zgaruvchanlik, irsiyat, tabiiy tanlanish
- Taqlidchanlik, salomatlik
- Oziqlanish, taqlidchanlik, salomatlik
- Uyushqoqlik, ozgaruvchanlik
# Bajaradigan vazifasiga ko’ra, nerv sistemasi qanday qismga bo’linadi
+Somatik va vegetativ
- Asosiy va yordamchi
- Somatik va periferik
- Vegetativ va yondosh
# Somatik nerv tizimining vazifasi nimadan iborat
+Odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi
- Ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va oshqozon hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi
- Aqli faoliyat jarayonini boshqaradi
- Organizm harakatchanligini belgilaydi
# Vegetativ nerv tizimining vazifasi nimadan iborat
+Ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va oshqozon hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi
- Odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi
- Aqli faoliyat jarayonini boshqaradi
- Organizm harakatchanligini belgilaydi
# Nerv tizimi qanday qismdan iborat
+Markaziy va periferik
- Markaziy va yondosh
- Reriferik va bosh
- Asosiy va yordamchi
# Nerv sistemasining parasimpatik bo'limlari parasimpatik ta'sirlar..........
+Yurak qisqarishlarini sekinlashtirib, kamaytiradi
- Yurak qisqarishlarini tezlashtiradi va kuchaytiradi
- Yurak qisqarishlarini barqarorlashtiradi
- Xech qanday ta’sir ko’rsatmaydi
# Nerv sistemasining simpatik bo'limlari simpatik ta'sirlar..........
+Yurak qisqarishlarini tezlashtiradi va kuchaytiradi
- Yurak qisqarishlarini sekinlashtirib, kamaytiradi
- Yurak qisqarishlarini barqarorlashtiradi
- Xech qanday ta’sir ko’rsatmaydi