1-Mavzu: Jismoniy tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Ijtimoiy fikrni o’rganish (so’rovnoma, intervyu, test) metodi -



Download 243,71 Kb.
bet33/158
Sana16.01.2022
Hajmi243,71 Kb.
#379380
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   158
Bog'liq
001.diagnostika va korreksiya majmua

Ijtimoiy fikrni o’rganish (so’rovnoma, intervyu, test) metodi - tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o’rganilayotgan muammonmg yechimini topish yo’IIari belgilanadi. So’rash savollari mantiqiy izchillikda, nazokatli shaklda bo’lgani maqsadga muvofiq. Quyilayotgan savollar aniq ifodalanishi, mavjud nuqson va salbiy oqibatlaming oldini olishga mo’ljallangan bo’lishi lozim. So’ralgan savolga to’liq javob olish bilan birga, qat’iy shaklda:«ha», «yo’q» tarzida ham javob olinadi. So’rashning modifikatsiyalashtirilgan shakli - intervyudir. Intervyudagi savollar oldindan tayyorlanib, suhbatdoshiga uzatiladi. Olingan javoblar har doim ham pedagogik muammoni yaxlitligicha tahlil qilishga imkoniyat yaratmaydi, chunki intervyu javoblan keng jamoatchilik ichida tahlil qilinadi. Shu sababli suhbatdosh ayrim paytlari o’z fikrini aniq, va ravshan, barilla aytishga iymanadi.

Test metodi -ijtimoiy fikrni o’rganish, kichik vaqt ichida biron muammoga javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va fanlami o’zlashtirish darajasini

o’rganish uchun qo’llaniladi. Test metodi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotga ega bo’lishga, ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlari qisqa muddat ichida yoppasiga aniqlanadi va baholanadi. Masalan, XX asming o’rtalarida abituriyent biron bir oliy o’quv yurtiga kirishi uchun deyarli bir oy mobaynida bir necha fandan imtihon

topshirar va ulaming javoblarini kutish uchun ancha vaqt sarflardi. Baholar ko’p hollarda sub’ektiv quyilar, imtihon qilinayotgan fanlar javoblari birin-ketin chiqarilar, natijada adabiyot shinavandasi birinchi imtihondan natijasi salbiy baholansa, keying imtihonga kirish huquqidan mahrum etilardi va shu bois yoshlaming talaygina qismi o’z sevgan kasbini egallay olmasdi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq yoshlaming bilimiga xolisona yondashish, ular iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 1993 yildan e’tiboran abituriyentlaming bilim darajasini baholash uchun bir kunda (1 avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari o’tkaziladi. Test javoblari qisqa muddat ichida tahlil qilinib,ob’ektiv baholanadi. Test metodi orqali yoshlar bilimmi aniqlash ulaming fanlami o’zlashtirganlik darajasini xolisona baholashga yordam beradi va iqtidorini yorqinroq ifodalashga zamin yaratadi. Test savollarining o’mi va ulaming mazmunan rang-barang qilib tualishi, ko’p variantda qo’llanilishi tadqiq qilinayotganlaming mustaqil fikrlariii o’stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi. Ilmiy tadqiqotlarda test, so’rovnomalar metodi etakchi bo’lib hisoblanadi.

So’rovnoma - anketa metodi qo’llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilaming yakka yoki juftli fikrlari, qarashlarini o’rganishga imkon yaratiladi; qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi. Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to’ldirilgan anketalar soniga bog’liq bo’ladi. Odatda test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik- statistika metodlari bilan ishlov berishga imkon beradigan qilib tuziladi.


Download 243,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish