1-mavzu: Jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanuvchilarning funksional holatining tavsifini aniqlash usullari va vositalari Reja



Download 0,66 Mb.
bet2/31
Sana10.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#772320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
маъруза

Nafas olish chastotasi – bu bir minutdagi nafas olish soni. Nafas olish chastotasini tinch o’tirgan holatda tekshiriladi, 30 sekund davomida nafas olish soni sanalib, ikkiga ko’paytiriladi shunda bir minutdagi nafas olish soni topiladi. Sport bilan shug’ullanmaydigan sog’lom kishilarda bir minutdagi nafas olish soni minutiga 16- 18 marta bo’ladi. CHiniqqan sportchilarda esa nafasning chuqurlashishi hisobiga nafas chastotasi minutiga 8-6 martagacha kamayib ketadi.
Genche sinamasini o’tkazish uslubi va uni baholash. Sinamani tinch holatda o’tkazish:1.Tekshiriluvchi avval 1 marta chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqaradi. 2.So’ngra chuqur nafas olishi bilanoq, nafas chiqarmasdan qo’lining ikki barmog’i bilan burnini qisib soat sekundomeriga qarab turadi.
Baholash: 1.Nafas chiqarmay tura olish vaqti chiniqmagan odamda kam bo’ladi. 2.Sportchi qanchalik yaxshi chiniqqan bo’lsa, nafas chiqarmay tura olish muddati shuncha ko’p bo’ladi.
Sog’lom sport bilan shug’ullanmaydigan kishilarda bu ko’rsatkich 20- 30 sekundni tashkil etadi. CHiniqqan sportchilarda esa, tinch o’tirgan holatda chuqr nafas chiqarib, nafas olmasdan ushlab turish vaqti 30-60 sekundni, ba’zi vaqtlarda 90 sekundgacha yetishi mumkin.
SHtange sinamasini o’tkazish uslubi va uni baholash. Bu sinamada tinch o’tirgan holatda o’pkaga iloji boricha maksimal havo olib, nafas chiqarmasdan ushlab turish vaqti belgilanadi. SHtange sinamasini tinch holatda o’tkazish:
1.Tekshiriluvchi avval bir marta chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqaradi.
2.So’ngra chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqarishi bilanoq, qo’lining ikki barmog’i bilan burnini qisib, nafas olmay soat sekundomeriga qarab turadi (vaqt jadvalga yoziladi).
Sog’lom sport bilan shug’ullanmaydigan kishilarda bu ko’rsatkich 40-45 sekundni ko’rsatsa, chiniqqan sportchilarda esa, tinch o’tirgan holatda o’pkaga iloji boricha maksimal havo olib, nafas chiqarmasdan ushlab turish vaqti 60 sekundni, ba’zi vaqtlarda xatto 120- 150 sekundgacha yetishi mumkin. Qanchalik sportchi chiniqqan bo’lsa bu ko’rsatkich ko’payadi, o’ta charchash hollarida kamayadi. Nafas olish va qon aylanish organlari kasalliklarida SHtange sinamasidagi vaqt kamayadi. Bu holat jismoniy yuklamadan keyin tiklanish davrida ham kuzatiladi. CHidamlilikni aniqlash maqsadida, bu sinama uch bosqichda o’tkaziladi: tinch holatda 60 ta sakrashdan so’ng va bundan keyin dam olishning birinchi minutasida. Olingan natijaga qarab chidamlilik baholanadi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish