Erisman indeksi: ko’krak qafasining aylanasidan bo’y uzunligini ayiramiz. Bu ko’rsatkichning o’rtachasi:
Sportchi erkaklarda +5,8 sm.,
Sportchi ayollarda + 3,8 sm .
Ko’krak qafasininig rivojlanish proporsionalligi indeksi: ko’krak qafasining tinch holatdagi aylanasini bo’y uzunligiga bo’lamiz. Bu ko’rsatkich foizlarda belgilanib, ko’rsatkichning o’rtachasi tekshiriluvchi bo’yining 50-55 %ga to’g’ri keladi.
Nazorat savollari:
Jismoniy rivojlanish nima?
Anemnez yig’ish orqali qanday ma’lumotlar olish mumkin?
Somatoskopiya haqida nimalar bilasiz?
Antropometriya tushunchasiga izoh bering.
Turli sport turlari bilan shug’ullanuvchilarining tana tuzilishining hususiyatlari qanday?
Jismoniy rivojlanishni baholash uchun nimalar zarur?
Ketle indeksi yoki og’irlik – bo’y indeksi haqida nimalar bilasiz?
Jismoniy tayyorgarlikni baholash uchun nimalar zarur?
Pulsning tiklanishi nimani bildiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |