1.2. Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari Jahon xo‘jaligi tarixini bilmasdan turib zamonaviy strategik va ilg‘or
iqtisodiy fikrlay oladigan haqiqiy iqtisodchi
– mutaxassis bo‘lish mumkin
emas. Respublikamiz mutaxassislari o‘tmishda G‘arbiy Yevropa, AQSh va
Yaponiyada qo‘llanilgan iqtisodiy mexanizmlar to‘g‘risida chuqur bilimga ega
bo‘lishlari kerak.
Ushbu tajriba quyidagilardan iborat: 1.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlanishning amerikacha yo‘li;
2. XX asr iqtisodiyotini davlat tomonidan boshqarish metodlari tarixi;
3. Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi
«iqtisodiyot mo‘‘jizasi»ning iqtisodiyotga turtki beruvchi sabab va omillari
4. Bu bilimlar zamonaviy iqtisodiy nazariyalarni shakllantirish uchun
ma’lumotlar bazasini yaratish va ayniqsa iqtisodiy inqirozdan chiqishning
oqilona modellarini izlashga yordam beradi.