Iqtisodiy tarix kursining tuzilishi va davrlashtirish.
Eng murakkab muammolaridan biri bu iqtisodiy tarixni davrlashtirishdir.
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda ikkita asosiy yondashuv mavjud: formatsion
va sivilizatsion.
Ilmiy-texnika inqilobi
ta’sirida insoniyat tarixini davrlashtirishga turli xil
yondashuvlar
qo‘llanila boshlandi, masalan, industrlashtirishdan oldingi –
industrial - postindustrial jamiyat (D.Bell, A.Turen va boshqalar); agrar
–
industrial - texnogen sivilizatsiya (O.Goffler).
Tadqiqotlarning
har bir yo‘nalishi real voqelikning faqatgina bir qismini
o‘rgangan.
Ko‘pchilik
zamonaviy
tadqiqotchilar
hozirda
mavjud
nazariyalarning hech biri universallikka da
’vo qilolmasligiga, tarixni har
qanday davrlashtirilishi ixtiyoriy ekanligi va bu borada bahslashish
mumkinligi bilan rozilar
. Ko‘pgina nazariyalar tarixiy jarayonlardagi real
tendensiyalarni namoyon qildi, lekin ishonarli bo‘lmadi, chunki boshqa
tendensiyalar ustuvorlikka erishib baland keldi.
Insoniyat
jahon sivilizatsiyasining katta o‘zgarishlar yuz berish
bosqichida turganligi sababli tarixiy voqealarga sivilizatsion yondashuv
bo‘lishi tabiiydir. Bunda bir mamlakat emas, balki u yoki bu jamiyatning
moddiy, g‘oyaviy, madaniy, diniy, ma’naviy belgilari yaxlitligicha uning e’tibor
markazida bo‘ladi.
Bu yondashuv, birinchidan, zamonaviy insoniyatga bir qator ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnik va madaniy xususiyatlarning umumiyligi
umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlari jihatdan xosdir. Ikkinchidan, bu
yondashuv asosida
– G’arb sivilizatsiyasi mezonlari uning liberal-demokratik
qadriyatlari va ilmiy-texnik rivojlanganlik darajasi yotadi. U alohida
mamlakatlar, ularning iqtisodiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari va
boshqalarini ri
vojlanishini batafsil o‘rganishga yordam beradi.
Hozirga zamon qabul qilingan davrlashtirish
qo‘yidagichadir:
4
1. qadimgi tarix (eramizdan avvalgi 100 minginchi yildan - V asrgacha),
2.
o‘rta asrlar (V - XV asrlar),
3. yangi davr (XVI - XX asrgacha),
4. eng yangi davr (1914 yildan - hozirgacha).
Ushbu davrlashtirishni
“Iqtisodiy tarix” kursiga moslashtirish zarur. Ilm-
fan taraqqiyoti, ta’lim, madaniyat zamonaviy jamiyatda yuqori ilmiy-texnika
ishlab chiqarish darajasiga va butun iqtisodiyotga asoslanadi.
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1.
Iqtisodiy tarixning Iqtisodiy nazariya bilan bog‘liqlik jihatlarini yoritib
bering.
4
Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. Т.: «Университет», 2003.-
С.15.
2.
“Burjuaziya tarixografiyasi” deganda nima tushuniladi?
3.
Tarixni iqtisodiy jihatdan davrlashtirishda nimalarga e’tibor qaratiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |