Oʻzbekistonda esa oʻziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yoʻldagi jahon
tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion toʻntarishlarsiz, ijtimoiy toʻqnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga oʻtish yoʻli tanlandi.
«Bizning bozor munosabatlariga oʻtish modelimiz Respublikaning oʻziga xos sharoitlari
va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga,
oʻtishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besoʻnaqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham
berishga asoslanadi»
2
, deb yozadi mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Oʻzbekistonda bozor munosabatlariga oʻtish yoʻli ijtimoiy-yoʻnaltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yoʻlni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh
qilishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil
asos qilib olingan: - iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
2
Karimov I.A. Oʻzbekiston buyuk kelajak sari. T.: Oʻzbekiston, 1998, 101-102-betlar. - oʻtish davrida
davlatning bosh islohotchi boʻlishi; - butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi,
qonunlar ustunligining
ta’minlanishi; - bozor munosabatlariga oʻtish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida
kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. - bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga oʻtishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga
egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtish tamoyili alohida
e’tiborga loyiq. CHunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda
bozor koʻnikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun
vaqt kerak boʻladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga oʻtish faqatgina iqtisodiyot sohalarini
oʻzgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan
barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham
tubdan oʻzgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich,
evolyutsion yoʻl bilan oʻtish haqidagi gʻoya juda muhim va afzal ekanligini koʻrsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtish tamoyilini amalga oshirish
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun
aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida
Do'stlaringiz bilan baham: