1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152
Narxlarni erkinlashtirish – 
iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yoʻnalishlaridan biri 
boʻlib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari koʻp jihatdan shu muammoning hal etilishiga 
bogʻliq boʻladi. Narxlar quyidagi yoʻllar bilan erkinlashtiriladi: a) narxlarni birdaniga, yoki 
«esankiratadigan» tarzda qoʻyib yuborish; b) narxlarning oʻsishini sun’iy ravishda toʻxtatib qoʻyish; v) 
narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish. 
Oʻzbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning bosqichma-bosqich erkinlashtirish yoʻli 
tanlab olindi. SHu yoʻl bilan 
narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning
boshida) 
keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi boʻlgan mahsulotlar, ayrim turdagi 
xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga oʻtildi. 
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) 
kelishilgan ulgurji narxlarni 
davlat tomonidan tortibga solish toʻxtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga 
solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning soni ancha 
qisqardi. 
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktyabr-noyabr) 
xalq 
iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qoʻyib yuborildi, transport va kommunal 
xizmatlarning tariflari oshirildi. 
Asosiy tayanch tushunchalar
Narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va 
ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi. Bozor narxi – bir tomondan, tovarlarning sotilishi ta’minlovchi, 
boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga kеltirmaydigan muvozanatlashgan narx. Joriy 
narx – yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblashda qoʻllaniluvchi amaldagi narx. Qiyosiy narx – 
ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan 
taqqoslanuvchi narx. 
Narx tizimi – iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari. 
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yoʻla 
koʻtarasiga sotilganda qoʻllaniladigan narx. 
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan, ular tomonidan 
tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. 
Chakana narx – tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx. 
Chеgaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chеgaralari bеlgilanib, shu 
doirada oʻzgarishi mumkin boʻlgan narx. 
Dotatsiyalangan narx – davlat budjеti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. 
Dеmping narx – bozorda oʻz mavqеini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish 
uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. 
Nufuzli narx – sotish hajmini oʻzgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun 
firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. 
Erkin bozor narxi – talab va taklif asosida vujudga kеladigan bozor narxi. Narx diapazoni – narxlar 
oraligʻining puldagi ifodasi. Hududiy narx – faqat ma’lum hududiy bozorga xos boʻlib, shu hudud 
doirasidagi omillar 
ta’sirida hosil boʻladigan narx. Milliy bozor narxi – bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning 
xususiyatini aks ettiruvchi narx. Jahon bozori narxi – muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan 
baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kеlish darajasini va xalqaro bozordagi 


talab va taklif nisbatini hisobga oladigan narx. 
Ommaviy talab boʻyicha narxning oʻzgarishi – taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy 
talabi qanchalik katta boʻlsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori boʻlishi va aksincha, 
talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib borishi oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik. 
Ommaviy taklif boʻyicha narxning oʻzgarishi – talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik 
yuqori boʻlsa, bozor narxi darajasi shunchalik past boʻlishi va aksincha, taklif kamayishi bilan 
narx oshib borishi oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish