1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   152
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali 
tushuntirib bеring. Narx asosiy 
turlarining qisqacha tavsifini bеring. 2. Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? 
Ularning afzallik va 
kamchilik tomonlarini koʻrsatib bеring. 3. Narxning shakllanishiga ta’sir koʻrsatuvchi asosiy omillar 
nimalardan iborat? 4. Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topish mеxanizmini tushuntirib 
bеring. 5. Sof monopoliya sharoitida narx qanday shakllanadi? 6. Monopsoniya sharoitida narxning 
shakllanishi qanday oʻziga xos xususiyatlarga ega? 7. Oligopoliya sharoitida firmalarning «inkor etish» va 
«ergashish» hattiharakatlarining mazmuni nimadan iborat? «Narx boʻyicha yetakchilik» tushunchasini 
izohlab 
bеring. 8. «Narxlar qaychisi» nima va undan qanday sharoitlarda foydalaniladi? 9. Bozor 
munosabatlariga oʻtish sharoitida Oʻzbеkistonda narxni erkinlashtirish 
jarayoni qay tarzda amalga oshirildi? 10. Narx siyosati nima? Oʻzbеkistonda narx siyosati amalga 
oshirilishining qanday 
xususiyatlari mavjud? 
10-MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYATI. TADBIRKORLIK KAPITALI VA UNING 
AYLANISHI 
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs 
hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, 
maqsadi va bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, 
tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida 
vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon boʻlishini, Shuningdek, kapitalning aylanish 
tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu mavzuning 
asosiy vazifasi boʻlib hisoblanadi. 
1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari 
Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, 
uning yoʻnalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari toʻgʻrisida koʻplab olimlarning 
fikrlari, mulohazalari keng oʻrin egallamoqda. Ularda koʻpincha tadbirkorlik faoliyati va 
biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. 
Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish 
va xizmat koʻrsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bogʻliq 
faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha boʻlib, umuman foyda olish nuqtainazaridan 
yuritiluvchi faoliyatdir. 


Oʻzbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari 
toʻgʻrisida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, 
daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy 
faoliyatdir».1 
K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi 
muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. 
Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani 
zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor – tashkilotchi shaxs boʻlib, yangi ishlab chiqarish 
texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. Toʻrtinchidan, 
tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat oʻz mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki 
oʻz sheriklari, hissadorlari qoʻshgan mablagʻlar bilan ham tahlikaga boradi.2 
Tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisida yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondashuvlarni 
umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati – 
shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga 
qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. 
Tadbirkorlikning rivojlanishi, oʻz navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud boʻlishini 
taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlari 
yotadi. 
Birinchidan, tadbirkor xoʻjalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish 
jarayonini amalga oshirish, uni oʻzgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, 
mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar boʻyicha ma’lum 
xuquq va erkinliklar mavjud boʻlishini taqozo etadi. 
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va 
olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega boʻlishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning 

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni. Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida. 

Макконнелл К., Брю С. Экономика. Принципы, проблемы и политика.- М.: Республика, 1992, 
с.38. 
oʻzi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga 
oshirilishi mumkin. 


Uchinchidan, xoʻjalik yuritish yoʻlini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash 
imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy 
sharoit yaratishi zarur. 
Toʻrtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va oʻzlashtirish turli-tuman shakllari va 
turlarining mavjudligini taqozo qiladi. Oʻz navbatida mulkchilik va oʻzlashtirish sohalaridagi 
turli-tumanlilikning oʻzi obyektiv hodisa boʻlib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi 
oqibati sifatida maydonga chiqadi. 
Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali 
tayyorgarlikka ega boʻlish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq boʻyicha imtiyozlar, tadbirkorlik 
muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud boʻlishi tadbirkorlikni 
rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. 
Yuqorida koʻrib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud boʻlgan davlatlarda tadbirkorlik 
yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga oʻtib ketishi 
ehtimoli ham yuqori boʻladi. 
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari 
Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va oʻziga xos tomonlarining beqiyos 
darajada bir-biriga qoʻshilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, 
umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy 
maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: 
davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi. 
Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha 
farqlanadi. Hatto biron bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi 
yagona qonuniy hujjat mavjud emas. 
Yuqorida koʻrib oʻtilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga boʻlish 
mumkin: 
- budjet korxonalari; 
- davlat ishlab chiqarish korxonalari; 
- aralash kompaniyalar. 
Huquqiy va xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻlmagan korxonalar budjet korxonalariga 
kiradi. Oʻzlarining holati boʻyicha ular davlatning ma’muriy-boshqarish tizimiga kiradi va bironbir vazirlik, 
mahkama yoki mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga bevosita boʻysunadi yoki 
ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydasidan soliq toʻlamaydi. Barcha daromad va 
xarajatlar davlat budjeti orqali oʻtadi. 


Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng tarqalgan 
tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega boʻlib, xoʻjalik faoliyati bilan 
birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham 
bajaradi, ya’ni davlat korporatsiyalari oʻzida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini 
mujassamlashtiradi. 
Aralash kompaniyalar – hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar 
shaklida tashkil qilinib, aktsiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli boʻladi. Aralash 
kompaniyalar hissadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs 
hisoblanadi, xoʻjalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi. SHu 
bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bu imtiyozlarga 
davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar berish, chet el litsenziyalarini yengil shartlar 
bilan olish, boshqa davlat korxonalaridan xom ashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy belgilangan 
narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va shu 
kabilar. 
Korxonalarning mulkchilik mavqeidan tashqari xilma-xil tashkiliy-huquqiy shakllari ham 
mavjud boʻladi. Korxonalar xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, 
jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xoʻjalik birlashmalari shaklida tuzilishi mumkin. 
Kooperativ tadbirkorlik – jamoa tadbirkorligining alohida shakli boʻlib, jamoa 
mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida oʻz mehnati bilan 
ishtirok etishini taqozo qiladi. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy 
belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita 
qoʻshilishi (xususiy mulkchilikda bunday qoʻshilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat 
vositachi hisoblanadi); kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana 
olishi; ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqliligi; jamoaning oʻz-oʻzini boshqarishni amalga 
oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uygʻunligi yuzaga kelishi va h.k. 
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus 
asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari 
xususiy shaxslarga tegishli boʻlib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga 
asoslanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil 
qilish oʻzi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. SHaxsiy korxona egasi uning 
menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar boʻladi. 


Xoʻjalik xuquqi nuqtai-nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, 
shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega boʻlib, faqat fuqarolardan olinadigan 
daromad soligʻini toʻlaydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat koʻrsatish sohasidagi korxonalar, 
dehqon xoʻjaliklari, Shuningdek, huquqShunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar 
xizmati koʻrinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir. 
Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik 
(aktsionerlik) jamiyatlaridir. 
Aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim 
tomonlaridan birini tashkil qiladi. 
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining ma’lum hissasini 
qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga 
guvohlik beruvchi qimmatli qogʻozdir. Bundan tashqari, aktsiya korxonani boshqarishda 
qatnashish huquqini ham beradi. 
Aktsiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga 
ega. Aktsiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aktsiyaning fond 
bozorida sotiladigan narxi aktsiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri 
mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi. Xaridor aktsiyani undan 
olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina 
sotib oladi. 
Aktsiya kursi quyidagicha aniqlanadi: 

bu yerda: AK - aksiya kursi; D – dividend; Fs – ssuda foizi. 
Ssuda foizi oʻsganda aktsiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori 
darajada oʻssa, aktsiya kursi koʻtariladi. 
Hissadorlik jamiyatlari aktsiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi. 
Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul 
qoʻyganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy mablagʻlarini koʻpaytirish 
uchun chiqariladi. 
Aktsiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan 
tashqari, obligatsiya aktsiyadan farq qilib, oʻz egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, 
ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar 
boʻyicha toʻlanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq boʻlmaydi. Uning qiymati 


hissadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat oʻtishi bilan toʻlanadi. Aktsiyaga qoʻyilgan 
mablagʻ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aktsioner talabi boʻyicha qaytarilishi 
mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi. 
Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo 
boʻlishi bilan bogʻliq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar summasi va hissadorlik 
korxonasiga haqiqatda qoʻyilgan mablagʻ miqdori oʻrtasidagi farqdan iborat. 
Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi 
shakllanadi. 
Dividend (lotincha dividendus - boʻlishga tegishli) – aktsiya egasiga toʻlanadigan 
daromad. Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qogʻozning shu turiga qoʻyilgan pul 
mablagʻlari (kapital) ning tegishli qismiga oʻzining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan 
roʻyobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi 
taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamgʻarishga, soliq toʻlashga va shu kabilarga ketadi. 
Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bogʻliq va hamda odatda 
ssuda foizidan yuqori boʻladi. 
3. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari 
Tadbirkor ixtiyorida boʻlib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy 
vositalar, tovarlar va pul mablagʻlari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. 
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda boʻladi va bu 
harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib oʻtadi. 
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya oʻz harakatini pul shaklidan 
boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) 
va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul Shunchaki tovarlar sotib 
olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib 
olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali oʻz harakatining birinchi bosqichidan 
oʻtadi: 
Iv 
P T 
Ik 
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablagʻlar unumli kapital shakliga aylanadi 
va ular ishlab chiqarish jarayonining potentsial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi 
bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli tovar (T) shaklini 


oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga 
sarflangan qiymatdan ortiq boʻladi, ya’ni: 
Iv 
T . . . I . . . T’ 
Ik 
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining koʻchgan 
qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qoʻshimcha 
mahsulot qiymati ham mavjud boʻladi. 
Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir boʻladi T’ P’ ushbu 
bosqichda tovarlar pulga aylanadi va oʻzining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul 
shaklida sarflangan mablagʻ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan koʻproq boʻlib qaytadi. 
Shu sababli uni P’=P+p koʻrinishida ifodalash mumkin. 
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun 
sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat toʻxtovsiz takrorlanaveradi. 
Tadbirkorlik kapitalining oʻz harakatida uch bosqichni izchil bosib oʻtib, 
muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki shakliga 
qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi. 
Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya’ni resurslar 
va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda roʻy beradi. Shuning uchun 
formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi oʻrtasidagi oraliqlar nuqtalar (…) bilan 
ajratilib koʻrsatiladi. 
Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u pul 
shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar 
shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida 
vazifani bajaradi va Shunga koʻra ular kapitalning harakati shakllari deyiladi. 
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni 
yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga avanslash 
orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xudi shu 
jarayonda qiymatning oʻsishiga erishishni ta’minlash vazifasiga qaratiladi. 
Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx 
shaklida roʻyobga chiqishi sodir boʻladi va oʻsgan qiymatning pulga aylanishi bilan 
tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi. 


Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali oʻzining bir shaklidan 
boshqa bir shakliga aylanib turishi va Ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud boʻlmogʻi 
lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida toʻxtab qolgudek boʻlsa, uning 
harakatidagi uzluksizlik buziladi. 
Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda oʻz doiraviy aylanishiga ega 
boʻladi. Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi: 
Iv 
P Tb . . . I . . . T’ P’ 
Ich 
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi: 
Iv Iv 
T . . . I . . . T’ P’ T 
Ik Ik 
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi: 
Iv 
T P T . . . I . . . T’ 
Ik 
Kapital oʻz harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun 
yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat koʻrinishi 
umumiy. SHu bilan birga xoʻjalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining 
doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari oʻzlarning iqtisodiy mazmuni 
jihatidan farqlanadi. 
4. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital 
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan toʻxtab qolmaydi, balki u 
uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz 
takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi. 
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablagʻlarning 
aylanish tezligi turlicha boʻladi. Masalan, unumli iste’molda boʻlgan xom ashyo va materiallar 
qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir 
necha doiraviy aylanishdan keyin oʻzining boshlangʻich shakliga qaytadi. 
Kapital oʻzining aylanish tavsifiga koʻra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga 
boʻlinadi. 


Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida 
qatnashadi, oʻzining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) boʻlib-boʻlib 
oʻtkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini oʻzgartirmaydi. 
Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida toʻliq iste’mol qilinadi, oʻzining 
qiymatini ishlab chiqarish natijalariga toʻliq oʻtkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham 
yoʻqotadi. 
Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi. 
1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital 
tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr (masalan 
stanok 10 yil, bino 50-100 yil) davomida faoliyat qiladi, oʻzining oldingi natural-buyum shaklini 
bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan 
paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda toʻliq unumli iste’mol qilinadi, oʻzining ashyoviybuyum 
shaklini yoʻqotadi va yangi turlari bilan almashinadi. 
2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga oʻtkazish xususiyati. Asosiy kapital ishlab 
chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ularning qiymati tovarlarga qisman 
oʻtib boradi. Xom ashyo va materiallar, yoqilgʻi va energiya kabi aylanma kapital elementlari har 
bir doiraviy aylanishda toʻligʻicha unumli iste’mol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va 
xizmatlar qiymatiga toʻligʻicha oʻtadi. 
3. Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli boʻyicha asosiy 
kapital qiymati ikkiga boʻlinadi. Qiymatning mahsulotga oʻtgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan 
birga muomalada boʻladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga oʻtadi 
hamda qoplash fondi shaklida asta-sekin jamgʻariladi. Mahsulotga oʻtmagan qismi ishlab 
chiqarish doirasida mavjud boʻlgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol 
qilingan mehnat predmetlari qiymati toʻla-toʻkis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga 
kiradi. 
4. Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab chiqarish 
natijlariga oʻtkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni oʻz ichiga olgan 
muayyan davr davomida yedirilib, ishdan chiqqandan keyin pul shaklidan yangi asosiy kapital 
shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan keyin ashyoviy-buyum shaklida 
qaytib tiklanadi. 
Tadbirkorlik kapitali oʻz harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib 
oʻtadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish vaqti (Iv) va muomala vaqti (Mv) 
yigʻindisidan iborat: 



Sarflangan mablagʻlarning ishlab chiqarish jarayonida boʻlish vaqti, ya’ni ishlab 
chiqarish vositalari sotib olingandan tayyor tovar boʻlgan davrgacha oʻtgan vaqt ishlab 
chiqarish vaqtini, muomala jarayonida boʻlish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib 
olish va tayyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab 
chiqarish vaqti uch qismdan iborat boʻladi: 
1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id); 
2) turli tanaffuslar davri (Td); 
3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zahiralarida boʻlish davri (Zd). 
Demak, 
Iv Id Тd Zd 
Ish davri – ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt davomida 
mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida boʻladi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan 
mahsulot xususiyatiga, qoʻllaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi darajasiga 
bogʻliqdir. 
Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir koʻrsatish zarurligi 
va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu 
darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida 
boʻladi. Buning natijasida muayyan foydali samaraga erishiladi yoki iste’mol qiymatlarining 
shakli oʻzgaradi. Bunda mehnat jarayoni qisman yoki toʻliq toʻxtaydi, ishlab chiqarish jarayoni 
esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga koʻra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, 
Shuningdek ishlab chiqarishni tashkil kilish xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Ishlab chiqarish vositalarning zahira va ehtiyotlar sifatida boʻlish vaqti – bu 
ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur boʻlgan 
davrdir. Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlarni tezlashtiradigan 
yangi texnika va texnologiyalarning qoʻllanilishi tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish 
vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport shaxobchalarini rivojlantirish, xoʻjalik aloqalarining 
samarali tizimini belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta 
hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega. 
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. 
Aylanish tezligi muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning 
uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n. 


5. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi 
Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning ta’siri ostida shakllanadi. Ular orasida 
asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar boʻyicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanish 
va uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vositalarini yangilari bilan amashtirish yoʻllari 
va usullari muhim ahamiyatga ega. 
Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishi va 
kapitalning umumiy qiymatidan har bir tarmoqning hissasi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy kapital 
tarkibida koʻproq texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydigan 
tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi. 
Asosiy kapitalning turlari boʻyicha tarkibi ularning umumiy qiymatida, har bir turlarining 
hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi. 
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda oʻz ishtiroki boʻyicha bir xil rol 
oʻynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me’yorda borishini ta’minlab 
mehnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bilvosita tasir 
koʻrsatsa, mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar, va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida 
faol rol oʻynaydi va ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. 
Asosiy kapitalning mulk shakllari boʻyicha tarkibi, kapitalning umumiy qiymatida har bir 
mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi. 
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish oʻzaro bogʻlangan ichki jarayonga: asosiy 
kapitalning eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini 
jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi. 
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ulardan foydalanish 
jarayonida va harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish. 
Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda, 
ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin yukotib boradi. Ayni 
vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday 
eskirish qiymati qoplanmaydi va u yoʻqotishni bildiradi. Bu yoʻqotish asosiy kapitalning 
harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng boʻladi. 
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy 
eskirishning ikki xil turi mavjud boʻlib, u bir-biridan farq qiladi. 
Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda 
mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab 


turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qoʻymaydi, chunki ishlab turgan va 
yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil boʻlib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega 
boʻlgan mehnat vositalarining keng qoʻllanishi Shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat 
vositalari qiymatining bir qismi yoʻqoladi. 
Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning 
ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari oʻrnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish 
maqsadga muvofiq boʻlmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy 
eskirishdan koʻriladigan zararning oldini olishning asosiy yoʻli mehnat qurollaridan ancha 
samarali foydalanish hisoblanadi. 
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi 
amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi. 
Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin 
ishlab chiqarilgan mahsulotga oʻtkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash 
maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamgʻarish jarayonidan 
iborat. 
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy 
kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining 
umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlariga muvofiq 
ravishda ikki qismdan iborat boʻladi: bir qismi asosiy kapitalni toʻla qoplashga (qayta tiklashga), 
ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital ta’mirlashga) moʻljallanadi. 
Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda asosiy kapital 
qiymati (Kas) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta’mirlash 
uchun sarflar, (Tk) eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablagʻ (Mt) va shu 
vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi: 
Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy yeyilishining haqiqiy 
miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini sun’iy ravishda oʻstirib 
yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapital tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa 
taraqqiyotga toʻsiq boʻladi. 
Hozirgi sharoitda amortizatsiya ajratmalari rivojlangan mamlakatlarda kapital 
qoʻyilmalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shunga koʻra davlat koʻpincha 
firmalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qoʻllashga ruxsat beradi. Jadallashtirilgan 
amortizatsiya ajratmalarning yuqori normalarini belgilash orqali asosiy fondlar qiymatini 


nisbatan qisqaroq vaqt ichida roʻyxatdan chiqarish imkonini beradi. Odatda jadallashtirilgan 
amortizatsiyani qoʻllash asosiy fondlarning aktiv qismi uchun ruxsat etiladi. Biroq, bu holat 
nafaqat asosiy kapitalning tezroq yangilanishini, balki ishlab chiqarish xarajatlarini amortizatsiya 
ajratmalariga toʻgʻri keluvchi qismining oshib ketishiga ham olib keladi. 
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, avvalo qoʻshimcha kapital 
mablagʻ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini koʻpaytirishda oʻz ifodasini topadi. 
Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning oʻsish sur’atlari bilan, ikkinchi 
tomondan, asosiy kapitalning oʻsish suratlari oʻrtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida 
asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining umumlashuvchi koʻrsatkichi boʻlib xizmat 
qiladi. 
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan 
asosiy kapital qiymati oʻrtasidagi aloqani aks ettirib, u oʻzaro bogʻliq ikki koʻrsatkich – 
kapitaldan olinadigan samara (Ks) va mahsulotning kapital sigʻimi (Ksig) koʻrsatkichlari bilan 
ifodalanadi. Milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan olinadigan samara darajasi 
ishlab turgan asosiy kapitalning har bir soʻmiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulot yoki 
milliy daromadni, kapital sigʻimi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi 
ichki mahsulotning bir soʻmi hisobiga asosiy kapital qiymatining toʻgʻri kelishini 
tavsiflaydi: 
аs 
s К 
YaIM 
К
yoki 
аs 

К 
МD 
К

YaIM 
К 
К аs 


sig
yoki МD 
К 
К аs 
sig

Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy kapitalning bir 
soʻmi evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M) bilan, kapital sigʻimi esa 
korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir soʻm hisobiga qancha asosiy kapital 
qiymati toʻgʻri kelishi bilan tavsiflanadi: 
às 
samara Ê 
Ì 
Ê
; Ì 
Ê 
Ê às 
sig.kor. . 
Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi natural 
koʻrsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir toʻquv dastgohida metr hisobida bir kunda 
toʻqilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo. 
Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablagʻlari harakati bilan 
uzviy bogʻliq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablagʻlardan foydalanish 
samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini koʻrsatib berish muhim ahamiyatga ega. 
Aylanma kapitaldan foydalanishning umumlashuvchi koʻrsatkichi hisoblangan 
iqtisodiyot miqyosida mahsulotning material sigʻimi (Msigʻ) mahsulot yaratishda iste’mol 
qilingan aylanma kapital qiymatining yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki milliy daromadga 
(Md) nisbati orqali aniqlanadi: 
МD 
AK 

sig . 


Korxona miqyosidagi material sigʻimi (Msigʻ.kor.) unda iste’mol qilingan aylanma 
kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi: 

AK 

sig.kor. . 
Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material 
sigʻimi koʻrsatkichiga teskari miqdordir. 
Aylanma mablagʻlardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital oʻrtasidagi 
nisbatga bogʻliqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band boʻlgan aylanma kapitalning 
salmogʻi qanchalik koʻp boʻlsa, aylanma mablagʻlardan Shunchalik samarali foydalaniladi. 
Amaliyotda aylanma mablagʻlardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish 
koeffitsienti bilan oʻlchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining 
aylanma mablagʻlarning oʻrtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. 
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan 
aniqlanadi: 
Aylanma mablagʻlar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini 
avvalo ish davrini, Shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali 
foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat. 
Hissadorlik jamiyati – koʻproq foyda olish maqsadida aktsiyalar chiqarish orqali mehnat, 
mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini 
birlashtirgan uyushma. 
Aktsiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining ma’lum hissasini 
qoʻshganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik 
beruvchi qimmatli qogʻoz. 
Aktsiya kursi – qimmatli qogʻozlar bozorida aktsiyalarning sotiladigan narxi. 
Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qoʻyganligini 
tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz. 
Ta’sischilik foydasi – sotilgan aktsiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qoʻyilgan 
mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq. 


Dividend – aktsiya egasi oʻzlashtiradigan daromad turi. 
Tadbirkorlik kapitali - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha 
moddiy vositalar, tovarlar va pul mablagʻlari. 
Aylanma kapital - unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish 
jarayonida toʻliq iste’mol qilinadigan, oʻz qiymatini yaratilgan mahsulotga toʻliq oʻtkazadigan va 
ashyoviy-buyum shaklini ham yoʻqotadigan qismi. 
Asosiy kapital - unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) jarayonida bir 
qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, oʻzining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga 
(xizmatga) boʻlib-boʻlib oʻtkazib boradigan va ashyoviy-buyum shaklini oʻzgartirmaydigan 
qismi. 
Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital 
qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi. 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. Tadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering. «Tadbirkorlik faoliyati» va «biznes» 
tushunchalarini izohlang. 
2. Tadbirkorlikning vazifalarini sanab koʻrsating. Nima uchun tadbirkor tahlika 
(tavakkalchilik) bilan faoliyat koʻrsatadi? 
3. Tadbirkorlikning rivojlanish shart–sharoitlari nimalardan iborat? 
4. Tadbirkorlikning shakllarini va ularning xususiyatlarini koʻrsating. 
5. Hissadorlik jamiyatiga ta’rif bering. Aktsiya nima, aktsiya kursi qanday aniqlanadi? 
Aktsiya kursiga ta’sir qiluvchi omillarni koʻrsating. 
6. Tadbirkorlik kapitali nima? Uning tarkibiy tuzilishi qanday? 
7. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida qanday bosqichlardan 
oʻtadi hamda qanday shakllarga kiradi? 
8. Kapitalning aylanishiga tavsif bering. Aylanish vaqti qanday vaqtlarni oʻz ichiga 
oladi? Ularga tushuncha bering. 
9. Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi? Kapitalning aylanish uzunligi ikki 
oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda necha marta aylanadi va bir aylanishining uzunligi 
qancha davom etadi? 
10. Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar boʻyicha ajratiladi? 
Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering. 
11. Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Uning normasi qanday 


aniqlanadi? 
12. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday koʻrsatkichlar orkali aniqlanadi? 
Aylanma kapital va aylanma mablagʻlardan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlarini 
tushuntiring. 
10-mavzu. TADBIRKORLIK FAOLIYATI. TADBIRKORLIK KAPITALI 
VA UNING AYLANISHI 
Reja 
1. Tadbirkorlik faoliyati mohiyati va asosiy belgilari. Biznesni tashkil qilish 
asoslari. 
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. Aktsionerlik jamiyatini tashkil qilish va 
faoliyatining asosiy tamoyillari. Aktsiya va obligatsiyalar. 
3. Menejment - korxonani boshqarish tizimi sifatida. Marketing, uning vazifasi, 
tamoyillari va ahamiyati. 
4. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, uning harakati va doiraviy aylanishining 
bosqichlari. 
5. Tadbirkorlik kapitalining turlari: asosiy va aylanma kapital. 
6. Tadbirkorlik kapitalining aylanish vaqti va aylanish tezligi. Asosiy va aylanma 
kapitaldan foydalanish samaradorligi. 
7. Biznes uchun qulay muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlash – 
mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yoʻnalishlaridan biri sifatida. 
8. Aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili 
sifatida xizmatlar koʻrsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish. 
1. Tadbirkorlik faoliyati mohiyati va asosiy belgilari. Biznesni tashkil qilish asoslari 
Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, 
uning yoʻnalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari toʻgʻrisida koʻplab olimlarning 
fikrlari, mulohazalari keng oʻrin egallamoqda. Ularda koʻpincha tadbirkorlik faoliyati va 
biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. 
Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish 
va xizmat koʻrsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bogʻliq 
faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha boʻlib, umuman foyda olish nuqtainazaridan 
yuritiluvchi faoliyatdir. 
Oʻzbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari 


toʻgʻrisida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad 
(foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir». 
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. Aktsionerlik jamiyatini tashkil qilish va 
faoliyatining asosiy tamoyillari. Aktsiya va obligatsiyalar 
Tadbirkorlikning bir qancha turlari mavjud, jumladan davlat tadbirkorligi: 
- davlat ishlab chiqarish korxonalari; 
- aralash kompaniyalar. 
Kooperativ tadbirkorlik – jamoa mulkiga asoslanib, kooperatsiya a’zolarining uning 
faoliyatida oʻz mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida 
shakli. 
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida 
tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga 
tegishli boʻlib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish 
oʻzi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. 
Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri aktsiyadorlik 
jamiyatlaridir. 
Aktsiyadorlik jamiyati – kapitali qimmatli qogʻoz shaklida rasmiylashtirilgan turli 
omonatchilarning pul mablagʻlaridan tarkib topuvchi korxona. 
Yirik ishlarni amalga oshirib, katta foyda olish maqsadida bir necha tadbirkorlar 
oʻzlarining moddiy (ishlab chiqarish vositalari) va pul mablagʻlarini birlashtirib ittifoq (jamiyat) 
tuzadilar. 
Aktsiyadorlik jamiyatining dastlabki kapitali ichki manba – ta’sischilar kapitali hamda 
tashqi manba – aktsiyalarni sotish orqali jalb etilgan kapitaldan iborat boʻladi. SHunga koʻra, 
aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish aktsiyadorlik munosabatlarning muhim tomonlaridan 
birini tashkil qiladi. 
Aktsiya – bu uning egasi aktsiyadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining ma’lum hissasini 
qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik 
beruvchi qimmatli qogʻoz. 
Aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi. 
Obligatsiya – sotib olishga sarflangan mablagʻni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan 


qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qogʻoz shakli. 
3. Menejment - korxonani boshqarish tizimi sifatida. Marketing, uning vazifasi, 
tamoyillari va ahamiyati 
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida 
marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi. 
Marketing – tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning 
yaxlit tizimi boʻlib, bunda xoʻjalik muammolarini hal etishda bozor talablari, xaridorlarning tovar 
va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi. 
Marketing faoliyati korxona amal qilishining tashqi sharoitlari toʻgʻrisidagi axborotning 
olinishi; raqobatchilarning tovarlariga qaraganda bozor talablarini toʻlaroq qondiruvchi tovarlar 
toʻplamini yaratish; sotish sohasining eng yuqori nazoratini belgilab beruvchi iste’molchi, talab, 
bozorga zarur darajada ta’sir koʻrsatishni ta’minlashi lozim. 
Menejment – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish 
maqsadida qoʻllaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va 
tamoyillarining majmui. 
Menejmentning asosiy maqsadi boʻlib iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan 
holda mavjud moddiy va ishchi kuchi resurslari asosida tovar ishlab chiqarish va xizmat 
koʻrsatishni tashkil etish hamda korxona faoliyati rentabelligini va uning bozordagi barqaror 
holatini ta’minlash hisoblanadi. 
4. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, uning harakati va doiraviy 
aylanishining bosqichlari 
Tadbirkor ixtiyorida boʻlib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va yollanma mehnat 
tomonidan harakatga keltiriladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablagʻlari 
birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala 
jarayonida doimo harakatda boʻladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib oʻtadi. 
Tadbirkorlik kapitalining oʻz harakatida uch bosqichni izchil bosib oʻtib, muntazam 
ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning 
doiraviy aylanishi deyiladi. 
5. Tadbirkorlik kapitalining turlari: asosiy va aylanma kapital 
Kapital oʻzining aylanish tavsifiga koʻra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga boʻlinadi. 
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida 
qatnashadi, oʻzining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) boʻlib-boʻlib, astasekinlik bilan 
oʻtkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum 


shaklini oʻzgartirmaydi. 
Aylanma kapital – bir doiraviy aylanish davomida toʻliq iste’mol qilinadi, oʻzining 
qiymatini ishlab chiqarish natijalariga toʻliq oʻtkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yoʻqotadi. 
Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan quyidagi belgilar asosida farqlanadi. 
1. Asosiy kapital uzoq davr (masalan stanok 10 yil, bino 50-100 yil) davomida faoliyat 
qiladi. 
2. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ularning 
qiymati tovarlarga qisman-qisman oʻtib boradi. 
3. Qiymatining aylanish usuli boʻyicha asosiy kapital qiymati ikkiga boʻlinadi. 
Qiymatning mahsulotga oʻtgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada boʻladi va 
doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga oʻtadi hamda qoplash fondi shaklida 
asta-sekin jamgʻariladi. Mahsulotga oʻtmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud boʻlgan 
asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. 
6. Tadbirkorlik kapitalining aylanish vaqti va aylanish tezligi. 
Asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish samaradorligi 
Tadbirkorlik kapitali oʻz harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib 
oʻtadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish vaqti (Iv) va muomala vaqti (Mv) 
yigʻindisidan iborat: 
Av 
= Iv + Mv. 
Sarflangan mablagʻlarning ishlab chiqarish jarayonida boʻlish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish 
vositalari sotib olingandan tayyor tovar boʻlgan davrgacha oʻtgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, 
muomala jarayonida boʻlish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlarni 
sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan 
iborat boʻladi: 
1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id); 
2) turli tanaffuslar davri (Td); 
3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida boʻlish davri (Zd). 
Demak, 
Iv = Id + Td +Zd. 
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. 
Aylanish tezligi muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning uzunqisqaligi 
(a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n. 


Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning ta’siri ostida shakllanadi. Ular orasida 
asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar boʻyicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanish 
va uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vositalarini yangilari bilan amashtirish yoʻllari 
va usullari muhim ahamiyatga ega. 
7. Biznes uchun qulay muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlash – 
mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yoʻnalishlaridan biri sifatida 
Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har 
tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish 
muammolarini hal etish iqtisodiy siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali quyidagi uchta muhim masalaning hal etilishi koʻzda 
tutilishini belgilab berganlar: 
1) yaqin besh-oʻn yil ichida ushbu sohada yalpi ichki mahsulotning 50-60 foizini ishlab 
chiqarishga erishish; 
2) bu sohani rivojlantirish aholini ish bilan ta’minlash va uning daromadlari oʻsishining 
eng muhim manbalaridan biriga aylanishi; 
3) mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning poydevori boʻlmish 
kichik va oʻrta mulkdorlar sinfini shakllantirish. 
Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi. Xususan, 2007 yilda kichik 
korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi 13 foizdan 10 foizga tushirildi. 
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi 
oʻtgan yili salkam 22 foizga koʻpaydi. Bu sanoat tarmogʻidagi oʻrtacha oʻsish koʻrsatkichidan 
ancha koʻpdir. SHuning natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007 
yildagi 45,5 foizdan 2008 yilda 48,2 foizga koʻtarildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan 
band boʻlgan jami aholining 76 foizdan koʻprogʻi aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa 
e’tiborlidir. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali 
foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat. 
Hissadorlik jamiyati – koʻproq foyda olish maqsadida aktsiyalar chiqarish orqali mehnat, 
mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini 


birlashtirgan uyushma. 
Aktsiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining ma’lum hissasini 
qoʻshganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik 
beruvchi qimmatli qogʻoz. 
Aktsiya kursi – qimmatli qogʻozlar bozorida aktsiyalarning sotiladigan narxi. 
Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qoʻyganligini 
tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz. 
Ta’sischilik foydasi – sotilgan aktsiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qoʻyilgan 
mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq. 
Dividend – aktsiya egasi oʻzlashtiradigan daromad turi. 
Tadbirkorlik kapitali - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha 
moddiy vositalar, tovarlar va pul mablagʻlari. 
Aylanma kapital - unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish 
jarayonida toʻliq iste’mol qilinadigan, oʻz qiymatini yaratilgan mahsulotga toʻliq oʻtkazadigan va 
ashyoviy-buyum shaklini ham yoʻqotadigan qismi. 
Asosiy kapital - unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) jarayonida bir 
qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, oʻzining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga 
(xizmatga) boʻlib-boʻlib oʻtkazib boradigan va ashyoviy-buyum shaklini oʻzgartirmaydigan 
qismi. 
Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital 
qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi. 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. Tadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering. «Tadbirkorlik faoliyati» va «biznes» 
tushunchalarini izohlang. 
2. Tadbirkorlikning vazifalarini sanab koʻrsating. Nima uchun tadbirkor tahlika 
(tavakkalchilik) bilan faoliyat koʻrsatadi? 
3. Tadbirkorlikning rivojlanish shart–sharoitlari nimalardan iborat? 
4. Tadbirkorlikning shakllarini va ularning xususiyatlarini koʻrsating. 
5. Hissadorlik jamiyatiga ta’rif bering. Aktsiya nima, aktsiya kursi qanday aniqlanadi? 
Aktsiya kursiga ta’sir qiluvchi omillarni koʻrsating. 
6. Tadbirkorlik kapitali nima? Uning tarkibiy tuzilishi qanday? 
7. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida qanday bosqichlardan 


oʻtadi hamda qanday shakllarga kiradi? 
8. Kapitalning aylanishiga tavsif bering. Aylanish vaqti qanday vaqtlarni oʻz ichiga 
oladi? Ularga tushuncha bering. 
9. Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi? Kapitalning aylanish uzunligi ikki 
oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda necha marta aylanadi va bir aylanishining uzunligi 
qancha davom etadi? 
10. Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar boʻyicha ajratiladi? 
Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering. 
11. Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Uning normasi qanday 
aniqlanadi? 
12. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday koʻrsatkichlar orkali aniqlanadi? 
Aylanma kapital va aylanma mablagʻlardan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlarini 
tushuntiring. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish