1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning prеdmеti, vazifalari va mazmuni Reja



Download 324,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana12.06.2022
Hajmi324,87 Kb.
#658384
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
маъруза матни



1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning prеdmеti, vazifalari va mazmuni 
Reja 
1.1.Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari 
1.2. Iqtisodiy tahlil-dialektikaning muhim xususiyati 
1.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti 
1.4.Iqtisodiy tahlilning vazifalari 
1.5.Iqtisodiy tahlil mazmuni 
1.6.Iqtisodiy tahlilning asosiy prinsiplari (tamoyillari) 
 
 
1.1.Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari 
Rеspublikаmizdа iqtisоdiyotni yanаdа rivоjlаntiriish vа libеrаllаshtirish 
shаrоitidа

iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.


Zеrо, jоriy yildа O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа 
Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа Prеzidеnt Fаrmоni imzоlаndi. 2017−2021 
yillаrdа O‘zbеkistоnni rivоjlаntirish hаrаkаtlаr strаtеgiyasining bеshtа ustuvоr 
yo‘nаlishidаn uchinchi yo‘nаlishi «Iqtisоdiyotni yanаdа rivоjlаntirish vа 
libеrаllаshtirish‖ bo‘lib, mаkrоiqtisоdiy bаrqаrоrlikni mustаhkаmlаsh vа yuqоri 
o‘sish sur‘аtlаrini sаqlаb qоlish, milliy iqtisоdiyotning rаqоbаtbаrdоshligini 
оshirish, qishlоq хo‘jаligini mоdеrnizаsiya qilish vа jаdаl rivоjlаntirish »
1
mаsаlаlаri ustuvоr vаzifа sifаtidа bеlgilаngаn.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish sharoitida har qanday xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ekt o‗z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va 
mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‗g‗ri 
boshqarishni ta‘minlashi zarur bo‗ladi. Zero, iqtisodiyot oldiga qo‗yilgan 
vazifalardan biri – bu uni samaradorligini ko‗tarishdan iborat. Iqtisodiy tahlilning 
maqsadi hozirgi sharoitda faoliyat ko‗rsatayotgan barcha firma va korxonalar 
xo‗jalik faoliyatini ularni boshqaruvchilarga yoqqol ko‗rsatib berishdan
kamchiliklarni ochib tashlashdan, ichki imkoniyatlarni (rezervlarni) ishga 
soladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu jarayonda tahlil 
qilinayotgan ob‘ektning moliyaviy barqarorligiga, uning raqobatbardoshligiga, 
moliyaviy va iqtisodiy potensialidan qanday foydalanayotganligiga ham ob‘ektiv 
baho beriladi. Bularning hammasi oxir oqibatda tahlil faniga, uning nazariy 
asosiga, xususan bozorli iqtisodiyot sharoitida to‘tgan o‗rni va roliga alohida 
tuxtalishni taqozo qildi. 
Xo‗jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko‗p asrlik tarixga ega bo‗lgan 
buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan, bu uchun esa 
ob‘ektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Korxonalarni to‗g‗ri, oqilona boshqarish, uning 
moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‗jalik 
faoliyatini chuqurroq o‗rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining ―O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida‖ PF 4947-son Farmoni. 2017 yil 7 fеvral.


hisobotlarda ifodalangan ba‘zi ko‗rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa 
o‗z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun ob‘ektiv asos bo‗lgan. 
Xo‗jalik faoliyatini tahlil qilish fani mustaqil fan sifatida shakllangunga 
qadar o‗ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo‗ldi. Iqtisodiy tahlilning 
vujudga kelish tarixi, bu bo‗yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida 
shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib tahlil fani vujudga kelguncha bir qancha evolyusion yo‗lni bosib 
o‗tdi. Nihoyat u fan sifatida shakllandi. Endigi vazifa bu fanga to‗g‗ri nom 
tanlashdan iborat edi. Bu borada ancha ijodiy tortishuvlar ham bo‗ldi. Bir guruh 
olimlar bu fanning nomini «Iqtisodiy tahlil» deb atashni tavsiya qildilar
2
. Bunda 
ushbu fan korxonaning butun iqtisodini o‗rgatadi, deb asosladilar. Ikkinchi gurux 
olimlar esa ushbu fanning nomini «Sosial-iqtisodiy tahlil» deb atashni tavsiya 
qildilar. Shu tufayli ushbu fan iqtisodiy jarayonlarni ijtimoiy (sosial) jarayondan 
ajratib bo‗lmaydi, deb o‗rganadi.
Iqtisodiy 
tahlil 
fanini 
yaratilish 
davrlarini quyidagi bosqichlarga bo‗lish 
mumkin. 
1.1-davr.20 asrning 60-yillari. 
2.2-davr. 70-yillar. 
3.3-davr. 80-yillar. 
4.4-davr. 90-yillarning boshlari. 
5.5-davr. Mustaqillik yillari. 
Mustaqil 
Respublikamiz 
o‗zining 
mustaqil fanlariga va har bir fan o‗zining 
yaratilish tarixiga ega bo‗lishi kerak.
Xo‗jalik faoliyatini tahlil qilish fani boshqa fanlar singari O‗zbekistonda 
ham o‗z tarixiga ega. Bu fan sobiq ittifoq tarkibidagi boshqa Respublikalar singari 
O‗zbekistonda ham uning tarkibida shakllandi 
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‗ziga xos va mos bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yo‗lini tanlab oldi. Bu esa olimlardan bozor 
iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni yaratish vazifasini talab qiladi. 1991 yilda I. T. 
Abdukarimov, M. K. Pardaev va SH. U. Haydarovlar hamkorlikda «Yangi xo‗jalik 
yuritish sharoitida kooperativ savdoda daromadlar tahlili» risolasini chop etdi. 
Bundan tashqari A.X.Shoalimovning 1992 yilda «Sanoat korxonalari xo‗jalik 
faoloyatining tahlili» o‗quv qo‗llanmasi, 1993 yilda Z. N. Qurbonovning «Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida savdoda buxgalteriya uchyoti va iqtisodiy tahlil» 
monografiyasi ham chop etildi.
1995—1999 yillarda O‗zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy sohasi 
bo‗lgan moliyaviy tahlilga bag‗ishlangan bir qancha adabiyotlar chop etildi. Bular 
jumlasiga M. Q. Pardaevning «Moliyaviy tahlil metodologiyasi» (Samarqand, 
2
Шеремет А.Д., Хорин А.Н. Теория экономического анализа. Учебник. -М.: Инфра-М, 2019. 


1997), A. Ibrohimovning «Moliyaviy tahlil» (T.: Mehnat, 1995) I. T. 
Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni o‗qish va tahlil qilish yo‗llari» (T.: 
«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998, ikkinchi nashri 1999 yilda), I.-O. 
Voljin va V. V. Ergashboevlarning «Moliyaviy tahlil» (T.: Iqtisodiyot va huquq 
dunyosi» nashr uyi, 1998), M. Q. Pardaev va B. I. Isroilovlarning «Moliyaviy 
tahlil» (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999) kabi kitoblarni kiritish 
mumkin. 
Hozirgi paytda juda ko‗p olimlar bu fanning nomini «Iqtisodiy tahlil» deb 
atamoqda. Xulosa qilib aytish mumkinki, respublikamizda iqtisodiy tahlil fanining 
ravnaqi o‗ziga xos tarixga ega. Bu fan borasida tegishli maktab shakllangan. Biroq, 
bu fanning ravnaqi, uning kelajagi oldinda.

Download 324,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish