1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning prеdmеti, vazifalari va mazmuni
Reja
1.1.Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
1.2. Iqtisodiy tahlil-dialektikaning muhim xususiyati
1.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti
1.4.Iqtisodiy tahlilning vazifalari
1.5.Iqtisodiy tahlil mazmuni
1.6.Iqtisodiy tahlilning asosiy prinsiplari (tamoyillari)
1.1.Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
Rеspublikаmizdа iqtisоdiyotni yanаdа rivоjlаntiriish vа libеrаllаshtirish
shаrоitidа
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Zеrо, jоriy yildа O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа
Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа Prеzidеnt Fаrmоni imzоlаndi. 2017−2021
yillаrdа O‘zbеkistоnni rivоjlаntirish hаrаkаtlаr strаtеgiyasining bеshtа ustuvоr
yo‘nаlishidаn uchinchi yo‘nаlishi «Iqtisоdiyotni yanаdа rivоjlаntirish vа
libеrаllаshtirish‖ bo‘lib, mаkrоiqtisоdiy bаrqаrоrlikni mustаhkаmlаsh vа yuqоri
o‘sish sur‘аtlаrini sаqlаb qоlish, milliy iqtisоdiyotning rаqоbаtbаrdоshligini
оshirish, qishlоq хo‘jаligini mоdеrnizаsiya qilish vа jаdаl rivоjlаntirish »
1
mаsаlаlаri ustuvоr vаzifа sifаtidа bеlgilаngаn.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish sharoitida har qanday xo‗jalik
yurituvchi sub‘ekt o‗z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va
mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‗g‗ri
boshqarishni ta‘minlashi zarur bo‗ladi. Zero, iqtisodiyot oldiga qo‗yilgan
vazifalardan biri – bu uni samaradorligini ko‗tarishdan iborat. Iqtisodiy tahlilning
maqsadi hozirgi sharoitda faoliyat ko‗rsatayotgan barcha firma va korxonalar
xo‗jalik faoliyatini ularni boshqaruvchilarga yoqqol ko‗rsatib berishdan,
kamchiliklarni ochib tashlashdan, ichki imkoniyatlarni (rezervlarni) ishga
soladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu jarayonda tahlil
qilinayotgan ob‘ektning moliyaviy barqarorligiga, uning raqobatbardoshligiga,
moliyaviy va iqtisodiy potensialidan qanday foydalanayotganligiga ham ob‘ektiv
baho beriladi. Bularning hammasi oxir oqibatda tahlil faniga, uning nazariy
asosiga, xususan bozorli iqtisodiyot sharoitida to‘tgan o‗rni va roliga alohida
tuxtalishni taqozo qildi.
Xo‗jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko‗p asrlik tarixga ega bo‗lgan
buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan, bu uchun esa
ob‘ektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Korxonalarni to‗g‗ri, oqilona boshqarish, uning
moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‗jalik
faoliyatini chuqurroq o‗rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining ―O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida‖ PF 4947-son Farmoni. 2017 yil 7 fеvral.